SINFDAN TASHQARI O’QISH DARSLARIDA PIRLS DASTURI MATERIALLARIDAN FOYDALANISH
Artikova Nargiz Shuxratovna
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 10-sonli umumta’lim maktabi boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchisi
Umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich sinflarda o’qish fani o’quvchilarni ongli, to’g’ri va ifodali o’qishga o’rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyati
shakllantiradi. O’quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi.
Boshlang’ich sinflarida o’qish fanini o’qitishning asosiy maqsadi: milliy hamda jahon аdabiyotining nodir namunalarini o’qitish orqali o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish va rivojlantirish;
o’quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni o’rgatish jarayonida olam va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali
o’quvchilarning ma’naviyatini, dunyoqarashini kengaytirib, mustahkamlab borishdan iborat [1; 86-b.]. Ushbu maqsadlarni amalaga oshirish uchun sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida PIRLS dasturidan foydalanish katta samara beradi. Dunyo davlatlari ta'lim tizimlari o'zaro uyg'un holda rivojlanishi uchun turli mamlakatlarning ta'lim tizimlarini baholashning umumiy dasturlaridan biri bu PIRLSdir.
PIRLS - (Progress in International Reading Literacy Study — xalqaro o‘qish savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) — bu turli mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning oxirgi 2016-yilgi tadqiqotlari natijalariga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Sodda tilda aytganda, PIRLS — o‘quvchilarning matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash.
PIRLS va boshqa ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi, degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:
1. Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini beradi;
2. Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi;
3. Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
4. Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi.
5. O'zbekistonda turli tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o'tkazish madaniyati rivojlanadi, ta'lim sifati xalqaro baholash standartlariga moslashadi;
6. Milliy ta'lim sifatini baholashdagi nazorat materiallarini xalqaro tadqiqotlarda qo'llaniladigan nazorat materiallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini beradi.
PIRLS tadqiqotida o'quvchilar dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida ishlatadigan o'qishning ikki turi baholanadi:
1) o'quvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida o'qish ;
2) ma'lumotni o'zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o'qish.
Tadqiqotning konseptual qoidalariga muvofiq, badiiy va informatsion (ilmiy ommabop ) matnlarni o'qiyotganda o'qish qobiliyatining to'rtta guruhi baholanadi:
aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish;
xulosalarni shakllantirish;
ma'lumotlarni talqin va sintez qilish;
mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash.
Natijalarni baholash tartibi:
PIRLS da bajarilgan ishlarni sifatli va miqdoriy baholash uchun quyidagi tizim qo'llaniladi:
- javobni tanlash usulidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi;
- mavzu ketma-ketligini belgilash borasidagi to'g'ri javoblar 1 ball bilan baholanadi;
- erkin javob berishg kerak bo'lgan topshiriqlar vazifaning murakkabligiga qarab 1 balldan 3 ballgacha baholanadi [2; 1-4-bb.].
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini baholash uchun o’tkaziladigan PIRLS xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik ko’rishda sinfdan tashqari o’qishning ahamiyati juda kattadir. Ushbu jarayonga tayyorgarlik ishlariga qanchalik erta kirishilsa, natijasi shunchalik samarali bo’ladi. Jumladan, boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida hamda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik uchun qulay imkoniyat, deb qaralishi lozim.
Sinfdan tashqari o’qish dasturining mazmuniga ko’ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo’limga ajratiladi:
- birinchi bosqichda o’qish doirasi, ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi.
- ikkinchi bosqichda shu o’quv materiallar asosida bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi [1; 87-b.].
O’quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi bilimlarni bevosita amaliy faoliyatlari, ya’ni kitob ustida ishlash jaryonida egallaydilar. Ushbu holatlar ham xalqaro tadqiqotda alohida e’tiborga olingan va sinov materiallari tarkibiga savol hamda test sifatida kiritilgan[3; 3-b.].
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib boriladi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsalar, keyinroq bolalar yozuvchilarning asarlari bilan tanishadilar, so’ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o’tadilar.
PIRLS — boshlang’ich 4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini baholash uchun o’tkaziladigan tadqiqotlarga tayyorgarlik ko’rish uchun to’rtinchi sinfda sinf va maktab kutubxonasidagi mavjud badiiy, tarixiy adabiyotlar, bolalar gazetasi va jurnalida bosilgan, o’quvchilar o’qishi uchun tavsiya etilgan maqolalarning “Nimani o’qishim kerak?” sarlavhali katalogini (mavzusi yoki muallifi bir xil kitoblar va maqolalarning ma’lum tartibda tuzilgan ro’yxatini shakllantirish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |