TA`LIM JARAYONIDA INNAVATSION YONDASHUV DARS SAMARADORLIGINING OMILI
Kozim Eshquvvatov
Sirdaryo viloyati XTXQTMOHM fizika, matematika fanlari nomzodi, dotsent
Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda xam jamiyatning muxim talabi va asosiy maqsadi bo`lib kelgan.
Ta`lim va tarbiya katta e`tibor berilishi barkamol shaxsni kamol toptirishga asoslanadi. O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da: Kadrlar tayyorlash soxasidagi davlat siyosiy insonni intelektual va ma`naviy –axloqiy jixatdan tarbiyalash bilan ilmiy uzluksiz ta`lim berish orqali xar tomonlama barkamol shaxs- fuqoroni shakllantirishni nazarda tutadi” deb takidlanadi.
Bugungi kunda innavatsiyalarni o`quv jarayoniga tatbiq etishning maqsadimizda qo`la kiritilgan ilg`or pedagogic tajribalarni, bunyodkorlik va ijodkorlik namunalarini pedagogic texnologiya talablariga mos xolda axborot texnologiya vositalari asosida ta`lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishdan iborat.
Bu jarayonda texnologik, tizimli va ijodiy yondashuv uyg`un xolda amalga oshirilib, vaqt meyori tejaladi, tinglovchi (o`quvchi) ortiqcha zo`riqmaydi, eng asosiysi mustaqil fikr, ijodiy izlanish tinglovchinin kundalik faoliyatiga aylaniib boradi.
Pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq jarayonida ta`limning shakllari jarayonida ta`limning, metodlari, usullari xamda vositalari takomillashib boradi. Bu albatta o`qituvchilarning kasbiy pedagogic maxorati bilan bog`liq bo`lib xar doim tinglovchini izlanishga o`z o`rnida izchil ishlashga va ijodkorlikka afarbar etadi.
Masalan: “Men munozarada” metodga o`quvchilar to`rtburchak dstol atrofida uyushtiriladi bu aynan baxs munozaralar o`tkazish uchun qulay, bunda o`quvchi o`z fikrini dadil aytish uchun imkoniyatni xis qiladi.
“Men – xamkorlikdaman” metodda: o`quvchilar kattaroq guruxlar tarkibida tashkil etiladi. Bunda to`rt besh kishidan bo`lib, aloxida stellar atrofida o`tirib, xar bir gurux o`z qarorini chiqaradi.
Xozirgi kunda zamonaviy darslarni tashkil etishda quyidagi interfaol metodlardan: “Video topishmoq”, “Aqliy xujum”, “Beshinchisi ortiqcha”, “Zig-zag ”, Veni diagrammasi”, “O`zaro ta`lim” foydalanilmoqda.
Bu usullarning barchasida o`quvchidan o`ylashga , izlanishga, aqliy qobiliyat va imkoniyatlarni ishga solishga moslashtirilgan muommoli savol vazifa va vaziyatlar xosil qiladi.
Bunday metodlar o`quv jarayonida kerak bo`luvchi malaka, xotira, fikrlash diqqat va tasavvur kabi qobiliyatlarni shakllantiruvchi o`qitish usullari hisoblanadi va o`quvchilarni bilim ko`nikma va malakalarini sifat jixatdan tubdan oshirishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |