BOSHLANG’ICH TA’LIMDA INTEGRATSIYALASH – TA’LIM SAMARADORLIGI OMILI SIFATIDA
Qo’ziboyeva Zulfiya Mahmudjonovna Namangan viloyati
To’raqo’rg’on tumani 53-umumiy o’rta ta’lim
maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Ta’lim amaliyoti ko‘rsatishicha, maktab ta’limida fanlararo aloqadorlikni yo‘lga qo‘yish fan va jamiyat hayotida bugungi kunda sodir bo‘layotgan integratsion jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu aloqadorlik o‘quvchilarning bilimlarni ongli o‘zlashtirishi, dunyo haqidagi yaxlit tasavvurlarini rivojlantirish amaliy va ilmiy-metodik tayyorgarligini oshirishda muhim o‘rinni egallaydi. Bunday tayyorgarlik umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilarini darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, ishlab chiqarishda va umuman har qanday faoliyatda o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini erkin qo‘llash imkoniyatini beradi.
Zamonaviy intelektual insonni tarbiyalashda integrativ ta’limning barcha jixatlari (aqliy, axloqiy, iqtisodiy, mehnat, estetik, gigiyenik, huquqiy, jismoniy tarbiya)ni qamrab oladi va ularning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydi.
Integratsiyalashgan mashg’ulotlarda didaktik va psixologik talablarni hisobga olgan holda muayyan o’quv predmeti doirasida maxsus tashkil etilgan individual hamda alohida guruhlarda jamoa bo’lib, olib boriladigan ishlar orqali hamda turlicha murakkablik darajasida bo’lgan topshiriqlarning har tomonlama o’ylab ishlab chiqilgan tizimi har bir mavzuning o’zlashtirilishi muayyan pedagogik shart-sharoitlarni talab qiladi. Bunday sharoitda ta`lim rivojlanishi nisbatan ilgarilab boradi. O’quvchi odatda mustaqil bajariladigan topshiriqni kichik guruhda o’zaro yordam, hamfikrlik natijasida tez bajaradi. Kichik guruh uchun murakkablik qiladigan mashq va masalalarni o’quvchilar jamoa bo’lib, oson va sifatli bajarishlari mumkin. Savol va topshiriqlarni tabaqalashganlik darajasidan kelib chiqqan holda hamda bir mavzu bo’yicha belgilab beriladigan topshiriqlar ularning sifati, har bir o’quvchining o’zligini namoyon qilishini talab qiladi. Shu bilan birga bunday topshiriqlarni bajarish jarayonida o’quvchi o’z rivojlanishi va bilim sifatining darajasi va individual hatti-harakatlarini ham belgilab oladi.
Ta`lim mazmunini tanlashda har bir o’quvchining o’ziga xos imkoniyat va qobiliyat darajasi, alohida hisobga olinishi kerak. Har bir bolani uzluksiz rivojlanish tamoyili o’quv materiallarini integratsiyalashni, integratsiyalashgan o’quv materiallarini qamrab olgan darsliklar yaratishni taqozo qiladi. Taqdim etiladigan bilimlarning mustahkamligi, o’quvchining umumiy rivojlantirish darajasi o’quv materialining tarkibiga (turli ranglar, ramzlar, ularning ma`nosi, hajmi bilan tanishtirilishiga) bog`liq bo`ladi. Buning natijasida o’quvchida kuzatuvchanlik faoliyati tarkib topadi. Chunki kuzatuvchanlik shaxs faoliyatining asosiy yo’nalishini tashkil qiladi. Bu esa, o’z navbatida fikrlash faoliyatini rivojlantiradi.
Boshlang‘ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini o‘qituvchining o‘zi amalga oshiradi. O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘qituvchilar tajribalarini umumlashtirib, fanlararo aloqadorlikda tashkil etiladigan darslarni uch guruhga bo‘lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |