TABIAT DARSLARIDA TA’LIMIY O`YINLAR ASOSIDA O`QUVCHILARNI IJODIY FIKRLASHGA YO`NALTIRISH
Erbutayeva Soxiba Maxamatovna Sirdaryo viloyati Bovovut tumani
34-umumta’lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi.
+998972186505
O`yinlar o`quv samaradorligini oshirishning asosiy va qulay usullaridan biri hisoblanadi. Chunki, maktabga yangi kelgan bolalarga o`yin faoliyati asosiy, yetakchi o`rinlarni egallaydi. Bola 40-45 daqiqalik dars davomida zerikadi, ko`ngli ko`proq o`yinga moyil bo`ladi. Shuning uchun harakatli o`yinlar bolaning darsga bo`lgan qiziqishini oshiradi, ongli munosabatini tarbiyalaydi.
O`yinlar ikki xil ahamiyatga egadir: ta’limiy va tarbiyaviy.
Ta’limiy ahamiyati shundan iboratki, bolalarda o`qituvchi tomonidan bilim, ko`nikma, malakalar o`yin orqali o`zlashtiriladi va o`yinda bolalarga berilayotgan bilim, ko`nikma, malakalar orqali ularda axloqiy, hamkorlik, mustaqillik, o`ziga ishonch sifatlari shakllanadi. Bu esa muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi vaqtda ijodkor, tajribali o`qituvchilar o`quv va bilish faoliyati takomillashtirishda ta’lim jarayonini didaktik o`yinlar bilan uyg`unlashtirib samarali natijalarga erishmoqdalar. Mashg`ulotlar jarayonida qo`llaniladigan didaktik o`yinlar aslida mavzularni o`zlashtirish jarayonini yengillashtirish va o`quv orqali samarali bilim berish maqsadida yuritilgan bo`lib, o`quvchi faolligini oshirishda o`ziga xos o`ringa egadir.
Quyida tabiatshunoslik faniga oid ta’limiy o`yinlaridan namunalar keltiramiz.
“Rasmda ifodala“ mashqi
Guruh a’zolari dars jarayonida tushungan tushunchalari asosida rasmlar chizadilar.
“Ob-havo” o`yini.
Barcha bolalar partalaridan turishib bir qadam yonlariga surilib turub oladilar. Bolalar ikkala kaftlarini bir-biriga ishqab shamolning shuvillashini o`xshatadilar. Barmoqlarini qisirlatib yomg`ir tomchilariga taqlid qiladilar. Bolalar ikki qo`llarini yelkalariga urib yomg`irni tezlashtiradilar. Yomg`ir quydi-bu jarayonda bolalar ikkala qo`llarini sonlariga urishib hosil qiladi. Oxirhi jarayon momaqaldiroq gumbirladi, bolalar ikkala oyoqlarini yerga urishib momaqaldiroqni hosil qiladilar.
“Meva salati” o`yini.
Sinf o`quvchilari besh turdagi mevalar nomlari asosida guruhlarga birlashtiriladilar, ya’ni “olma”, ”nok”, ”shaftoli”, ”behi”, ”anor”. Boshlovchi qaysi mevalardan salat tayyorlashini aytsa, o`quvchilar belgilangan meva nomlariga ko`ra joylarini almashadilar, boshlovchi bo`sh o`rinlardan biriga tez o`tirib olishi kerak o`tirolmay qolgan o`quvchi boshlovchi vazifasi bajaradi. O`yin shu zaylda 1-2 daqiqa davom etadi. Masalan: boshlovchi: “Men barcha mevalardan salat tayyorlamoqchiman“ deb aytsa, barcha “mevalar o`rinlarini almashtiradilar, yoki “Men olma va nokdan salat tayyorlamoqchiman” deb aytsa faqat boshlovchi aytgan mevalar o`rinlarini almashtiradilar.
“Rasmlarga umumiy nom toping” o`yini.
Javoblar: yuz, qish.
“So`z voleyboli” o`yini.
O`quvchilar davra bo`lib turadilar. O`qituvchi davra o`rtasida turib, biror o`quvchiga koptokni otib, biror narsaning nomini aytadi, koptokni olgan o`quvchi ushbu narsaga xos xususiyat yoki mansublik jihatini aytadi. Masalan: “Ayiq” deyilsa yovvoyi hayvon, “Paxta”- madaniy o`simlik........
Xulosa qilib aytganda tabiat darslarida o`quvchilarni ijodkorlikka undovchi o`yinlar orqali integratsiya jarayonini, mantiqiy fikrlash, o`rganilgan mavzular asosida kompetensiyalarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |