II. Embrional rivojlanish davri.
1. Maydalanish jarayonini tushuntiring.
2. Gastrulatsiya jarayonini tushuntiring.
3. Organogenez jarayonini tushuntiring.
4. Mezodermadan qaysi organlar rivojlanadi?
5.Rasmni izonlab bering.
3,4-guruhlarga ham shunday savollar beriladi.
Xulosa qilib aytganda modul dasturlari o‘quvchilarning individual tarzda ishlashiga mo‘ljallangan. Modul dasturlaridan darslarda foydalanilganda har bir o‘quvchining iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasini aniqlash va orttirish, darslik ustida mustaqil va ijodiy ishlash, o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini rivojlantiradi
TRIGONOMETRIYADA UCHLANGAN BURCHAK FORMULALARI YORDAMIDA SHAKL ALMASHTIRISH
Esanova Gulchehra Esanovna
Navoiy viloyati Nav DPI akademik litsey suxrob_200787@inbox.uz
matematika fani o’qituvchisi. “Shuhrat” medali sohibasi
Kalit so’zlar: Masala, burchak, ikkilangan burchak, uchlangan burchak , sinus, kosinus, tangens, kotangens, formula, tenglik,ayniyat, isbot,tengsizlik, almashtirishtenglama, funksiya.
Annotatsiya: Mazkur maqolada maktabning yuqori sinflarida va akademik litseylarda trigometrik almashtirishlar, tenglama va tengsizliklarni yechishda uchlangan burchak formulalaridan unumli foydalanish haqida, bu formulalarni keltirib chiqarish haqida, yuqori sinflarda trigonometriyadan misollar yechish orqali o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish haqida, uchlangan burchak formulalarini amalda qo’llash haqidagi tushunchalarni takomillashtirish haqida fikr yuritilgan.
Trigonometriya fani o’zining qiziqarli va jozibali formulalari bilan o’quvchini o’ziga rom qiladi. Ikkilangan burchak formulalari bilan o’quvchilar 9-sinf darsligida va akademik litsey darsliklarida tanishadilar. Ammo uchlangan burchakning trigonometrik funksiyalari formulalari haqida darsliklarda deyarli hech narsa aytilmagan. O’quvchi misol va masalalarni yechish jarayonida uchlangan burchak formulalarini qo’llashga duch keladi va bu haqda ma’lumotning kamligi muammo tug’diradi. Mazkur maqolada uchlangan burchak trigonometrik funksiyalari formulalari va ularni ba’zi masalalarning yechilishidagi tadbiqlari haqida fikr yuritamiz.
Istalgan x haqiqiy son uchun (1), (2) formulalar o’rinlidir. (1) formulani isbotlaymiz.
Demak, (1) formula to’g’ri ekan. (2) formula ham shunday isbotlanadi. (1)-(2)- formulalardan quyidagi daraja pasaytirish formulalari kelib chiqadi. (1.1) , (2.1)
Uchlangan burchak tangensi va kotangensi uchun quyidagilar o’rinli.
(3) formulani isbotlaylik. Demak, (3) formula o’rinli ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |