BOSHLANG’ICH SINFLARDA "KЕYS" TЕXNOLOGIYASIDAN SAMARALI FOYDALANISH
Qulaxmedova Mavluda SVXTXQTMOXM
katta o’qituvchisi
«Ta’limning buyuk maqsadi bilim berish emas,
balki hatti-harakatlarga o’rgatishdir» G.Spenser
Keys-stadi ta’lim metodini turli holatlarni o’rganishda qo’llash – hayotdan olingan odatdagi vaziyatlarni o’rganishni tashkil etish yoki sun’iy yaratilgan vaziyatlarga asoslangan holda ta’lim oluvchilardan tegishli muammolarning maqsadga muvofiq yechimlarini izlashni talab qilishga qaratilgan ta’lim jarayonidan iborat. Bu metod ta’lim oluvchilarga mavzuga tegishli hayotiy vaziyatni tashxis qilish, farazlarni ifodalash, muammolarni aniqlash, qo’shimcha axborotlarni yig’ish, farazlarga aniqlik kiritish va muammolarni echish hamda ularni bajarishning aniq bosqichlarini loyihalash bo’yicha amaliy faoliyatlarini modellashtirish imkonini beradi.
Muayyan hayotiy vaziyatlarga bag’ishlangan keyslardan foydalanish ta’lim jarayonini haqiqiy hayot bilan bog’laydi. Keysni ko’rib chiqishda ta’lim oluvchilar ta’lim olish jarayonini yaratadilar. Shu jarayondagi o’zaro harakatda ularning haqiqiy fikr almashish holatlari kelib chiqadi. Keys ta’lim oluvchilarga tahlil qilish, qiyoslash yo’llarini qidirish va muammoni echish erkinligini beradi.
“Keys-stadi” inglizcha “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study” – oʻrganmoq, tahlil
qilmoq, ta’lim soʻzlarining birikuvidan hosil qilingan boʻlib, aniq vaziyatlarni oʻrganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir. Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni oʻrganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u oʻquv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yoʻli sifatida qoʻllanilsa, metod xarakteriga ega boʻladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma- bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni oʻzida
aks ettiradi. Ushbu metod dastlab 1920 yilda Garvard biznes maktabida qoʻllanilgan. Garvard biznes maktabining oʻqituvchilari biznes yoʻnalishidagi aspirantura boʻlimi uchun toʻgʻri keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu masalani yechish uchun biznes maktabining oʻqituvchilari tomonidan qoʻyilgan dastlabki qadam yetakchi biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamd mana shu menedjerlarning faoliyati, unga ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil xisobot yozish boʻldi. Ma’ruza tinglovchilarga u yoki bu tashkilot toʻqnash kelgan konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil ravishda yoki jamoa boʻlib munozara tashkil etish asosida uning yechimi topish tarzida taqdim etilar edi.
Darsdan tashaqari mashg’ulotlarda keys texnologiyasidan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |