Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


O‘ZBEK TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH



Download 27,87 Mb.
bet385/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

O‘ZBEK TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH


Sulaymonova Gulnoza
Toshkent shahar Chilonzor tumani 164-maktab o‘zbek tili o‘qituvchisi

Tushunchalar tahlili” metodi


Metodning mohiyati: Fan bo‘yicha o‘tilgan(chorak, yarim yillik, o‘quv yili davomida yoki bir mavzuni takrorlash, mustahkamlash)larni o‘quvchilar tomonidan yodga olish, biron-bir mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda izohlar berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilarni baholay olishga yo‘naltirilgan.
Metodning maqsadi: O‘quvchilarni mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, o‘rtoqlari fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek, o‘z bilimlarini bir tizimga solishga o‘rgatish.
Metodning qo‘llanilishi: o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlari (dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o‘quv predmetining biror bo‘limi tugallaganda) o‘tilgan mavzuning o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazishda o‘quvchilarning bilimlarini tekshirib olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu metodni mashg‘ulot jarayonida yoki mashg‘ulotning bir qismida yakka, kichik guruh hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Bu metoddan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo‘ladi.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
O‘quvchilar sharoitga qarab guruhlarga ajratiladi.
O‘quvchilar mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab-qoidalar bilan tanishtiriladi.
Tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi.
O‘quvchilar yakka tartibda o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha tarqatma materialda berilgan tushunchalar bilan tanishadilar.
O‘quvchilar tarqatma materialdagi tushunchalar yoniga o‘z bilimlari doirasida izoh yozadilar.
O‘qituvchi tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalarni va izohlarini o‘qiydi. O‘quvchilar o‘z izohlarning to‘g‘riligini tekshiradilar.Ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd (imkoni bo‘lsa) namoyish etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Har bir o‘quvchi to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarini aniqlaydilar, kerakli tushunchaga ega bo‘ladilar, o‘z-o‘zlarini tekshiradilar,baholaydilar, shuningdek, bilimlarini yana bir bor mustahkamlaydilar.
Mozaika” metodi
“Mozaika” so’zining ma’nosi “bo’laklardan yig'ib butun hosil qilish”dir. Bu usuldan foydalanish uchun oldindan kartochkalarga so’zlar yozilishi kerak. O’quvchi so’zlar ketma-ketligini topib, joyiga qo’yib gap yasashi lozim. Har bir qoida yoki fikr yozilgan kartochkalar alohida konvertda saqlanishi lozim. Rasmlarni ham qirqib bo’laklab qo’yilsa, o’quvchi yig'ib rasm haqida gapiradi. Guruhlarni ham mozaika metodidan foydalanib tashkil etish mumkin.
Sinkveyn” metodi
“Sinkveyn” fransuzcha so’z bo’lib, "besh qator" degan ma’noni bildiradi, ya’ni “besh qatorli qofiyasiz she'r”.
1. Ot (1 so’z)
2. Sifat (2 so’z)
3. Fe'l (3 so’z)
4. Ibora, Tasviriy ifoda (gap bilan ta’rifi beriladi)
5. Sinonimi (1 so’z yoziladi,
1-qatorda yozilgan so’z bilan ma’nosi bir xil bo’lsin).
“Sinkveyn” metodiga misollar:

  1. Maqol.

  2. Ibratli, nasihatomuz.

  3. O‘rgatadi, tarbiyalaydi, nutqni bezaydi.

  4. Xalq hikmatlarining qaymog‘i hisoblanadi.

  5. Ibrat.

Zinama-zina” texnologiyasi

Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish