Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


MUHAMMAD YUSUF IJODIDA BADIIYAT



Download 27,87 Mb.
bet260/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

MUHAMMAD YUSUF IJODIDA BADIIYAT
Abdug’afforova Muborak
Guliston shahar 16-maktabning
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Biz-ku uchrashdik, biroq erta ajrashdik. Umringiz qisqa ekan, lekin bizning qalbimizda abadiy yashayverasiz. She’rlaringiz zavqidan lazzat olar ekanmiz, har lahzada, har onda sizni eslayveramiz.
Muhammad Yusuf bizning qalbimizdan ana shunday joy olgan. Uning she’rlarini o’qir ekanmiz, undagi soddalik, samimiylik, vatan madhi, yurt ishqi, inson qadri yangi-yangi o’xshatishlar bilan jilolanaveradi. Biz undan bahra olganimiz sari yana o’qigimiz, yana eshitgimiz kelaveradi. Shoir ijodiga nazar solib, uning she’rlaridan, aniqrog’i qalb kechinmalaridan bir nechtasini sinchiklab tahlil etsak, shoyad ijodkor ruhlari shod bo’lsa…
Maylida”, deb boshlanuvchi “Biz baxtli bo’lamiz” she’ridagi dastlabki so’z haqida gap ketganda, bu so’zni adabiy tilda uchratmaymiz. Chunki shoir tomonidan adabiy tilga olib kirilgan(asosan shevalarda tasdiq ma’nosida ishlatiladi) bu so’z hech ham jumlaga g’alizlik keltirmasligi bilan bir qatorda she’rga yangi samimiylikni olib kirgan. She’rdagi 10-13 misralarga e’tibor qaratar ekanmiz:
Rayhon hidlaringni
Yo’llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom…
Rayhon atalmish gulga o’xshatishlar juda ko’p uchrab tursada, yoki Rayhon atalmish qizlar ham talaygina bo’lsada, ulardagi nafislik, hushbo’ylik va chiroy ijodkor berayotgan ta’rifchalik chiqmagan. Bu erda shoir bir vaqtning o’zida ham qizga, ham rayhonga urg’u berib ikki tushunchani, bir jumla bilan, bir necha ma’noda qo’llab ketmoqda. U qizga ta’rif berar ekan undan kelayotgan iforni rayhonning hidiga o’xshatadi. Yana bir qiziq tomoni ijodkor qiz obrazi bilan xalqiga, vataniga murojaat qilayotgandek bo’ladi. Yo’llarimga sep, jumlasi bilan hidning tarovatini oshirmoqda. Ammo hid yo’lga sepiladigan jihat emas. Ijodkor ma’noni kuchaytirish maqsadida qo’llagan bunday fikr asar qadrini oshirish bilan birgalikda yangi o’xshatish topmoqda va bu o’xshatish asarga boshqacha ko’rk berib turibdi.
Misralarida mashuqaga yo’naltirilgan fikr, aslida ijodkorning kutish holatini ifodalamoqda. Chunki u o’zi shunday kutib, kechasi ko’kka ko’z tikib o’tiribdiki, oy chiqqanini ko’rmoqda va mashuqani ham bu holatdan bahramand etishga undamoqda.
Bu misralarda ajoyib o’xshatish qo’llanilgan, garchi nurning tomish holati, labning sohili bo’lmasligi har kimga ham ayon. Ijodkor bu o’xshatishlar orqali insoniyatga tanish tabiat xodisalaridan o’rinli faydalana olgan. Chunonchi, nur ko’chma ma’noda qo’llanilib kulgu, tabassum izhor etishga qaratilgan. Sohil esa daryoning chekkasi, qirg’oqqa yaqin quruqlik bilan tutash qismidir. Labdagi bu joy – labning chekka qismi bo’lib, tabassum qilganda juda chiroyli ko’rinadigan-kulgich ya’ni kulguni ifodalab turuvchi tomonidir. Bu holat – kulib turgan qizning yon tomoni orqali ifodalanadi. Demak, shoir lab sohilidagi kulgu nurini tomib turish holatini ifodalamoqda. Boshqacha qilib aytganda, har doim kulib turadigan mashuqani tariflamoqda.
Bir qarashda sezish mumkin bo’lgan holat-kokilning kiprikdan kaltaligi, ya’ni kalligi. Biroq bu bayt garchi qiz kiprigiga berilgan ta’rif bo’lsada tanqidlash holati ham yo’q emas. Sabab shundaki, zamonamiz qizlarining sochlarini qirqib yurishi – kesilgan sochlik bir jihatni belgilasa, ikkinchi tomondan uzun kiprik yopishtirib yurish holati tanqid ostiga olinmoqda. Hazilomuz tarzda ifodalangan bu jumla boshqa ta’riflarga nisbatan tashbehning go’zal namunasidir. Garchi bu tanqidiy fikrni ritorik so’roq tarzida mashuqaning o’ziga berayotgan bo’lsada, tarif orqali she’rga o’zgacha ritmiylik baxsh etib borgan. She’rning misradan-misraga o’tib borish holatida o’xshatishlar va ta’riflar kuchaytirib borilgan. Bu bilan she’rning kulminatsiyasini belgilab olish qiyin.
Inson oldidagi kishini izlamaydi, yonidagi kishini kutmaydi sababi aniq. Ijodkor mashuqani shu qadar sevadiki, yonida turgan bo’lsa ham rashk qiladi, kutadi, izlaydi. U his qilayotgan yana bir tuyg’u borki, yonida turgan holatda ham uni izlashi hazil qilib unga tegajoqlik qilish, uni ham rashk qilishga undash, go’yoki yonida tursa ham ko’rmay qolish holati aks ettirilgan. Misralardagi seni so’zlarining 4 marta ketma-ket kelish holati takrorlikni his qildirmaydi, balki kuchaytirish o’rnini bosadi. E’tibor berib qaralsa, seni, seni, seni, seni deyilishining o’zi ijodkorning faqat uni deyishligi nazarda tutilgan. Kengroq olib qaralganda 4 marta bir insonni aytish va tanlash unga bo’lgan cheksiz muhabbatni ifodalaydi.
Farishtalarga to’la qalb tasvirlangan bunday o’xshatish oqko’ngil inson qiyofasini ko’rsatayotgan bo’lsa, ijarada turmoq noziklik qiyofasini ochmoqda.
“Biz baxtli bo’lamiz” she’ridagi bunday betakror va nozik tuyg’ular ifodalangan jumlalarni ko’zdan kechirar ekanmiz, ijodkorning nechog’lik zukko va topqir ekanligini guvohi bo’lamiz.
Shoir ijodini qaysi bir jihatiga ko’z tashlamaylik, undagi xalqchillik va so’zlardagi ohangdorlik, soddalik va shu bilan birgalikda beqiyos o’xshatishlar borki, o’quvchi mehrini, e’tiborini o’ziga tortadi. Uning asarlari yillar o’tsa ham qayta-qayta nashr qilinaveradi, she’rlari qo’shiqqa aylanib ketaveradi. Ijodkorni xalq tan olsa, uning asarlarini o’qib lazzatlansa, ta’sirlansa, ijoddagi jarayonni his qila olsa, asarning ichiga kira olsa, uni o’zi aytayotgandek bo’lolsa, u haqiqiy xalq ijodkoridir. Muhammad Yusuf ana shunday ijodkor edi.


Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish