Shodmonqulova E’tibor Sirdaryo viloyati
Guliston shahar 13-umumta’lim maktabi ona tili
va adabiyot fani o’qituvchisi
Mustaqil O’zbekistonimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy - iqtisodiy islohotlar ma’naviy - axloqiy yo’nalishlarni ham keng rivojlantirishni taqozo etmoqda. Chunki bu demokratik, insonparvarlik jamiyatini qurishning muhim omillaridandir. Mamlakatimizda xalq ta’limi tizimida uzluksizlik yuzaga keldi.U zamonaviy innovatsion va integratsion texnologiyalar asosida takomillashtirilmoqda. Ayniqsa, boshlang’ich ta’limni yuqori darajaga ko’tarish muhim ahamiyat kasb etayotir. Darhaqiqat, kelajagimizning taraqqiyoti ta’limning poydevori bo’lgan boshlang’ich maktabda ilm olayotgan bolalarning ma’naviy - axloqiy jihatdan mustahkam tarbiyalanishi, barkamol avlod bo’lib yetishishiga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Maktab yoshidagi o’quvchilarni komil inson darajasiga ko’tarishga intilish, ma’naviyat sarchashmalaridan bahramand qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga sodiq qilib tarbiyalash, istiqlolning talabidir. Buning uchun o’qituvchining o’zi ham yetuk pedagogik mahoratga ega bo’lishi, yuksak insoniy fazilatlarni o’zida mujassam etmog’i lozim.
Bugungi kunda, ya’ni ta’lim - tarbiyaning hozirgi zamonaviy bosqichida o’qituvchining ishlash tizimi tubdan o’zgarmoqda va pedagogik texnologiyalar, integratsiyalar, innovatsiyalar amaliyotda keng qo’llanilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yoshlarni qo’llab - quvvatlashga doir o’ndan ortiq moddasi, «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida», «Ta’lim to’g’risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» Qonunlarining mantiqiy davomi bo’lgan «Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi», «2008-2012 yillarda Uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini modernizatsiyalash va ta’lim - tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko’tarish dasturi» hamda Prezidentimizning ta’lim sohasiga tegishli qator farmonlari va hukumat qarorlari mavjud. Ular keng miqyosda hayotga tatbiq etilib ta’limning mazmun-mohiyati tubdan o’zgarmoqda. Bu esa ta’lim - tarbiya jarayoniga yangicha mazmun olib kirishni, yangicha talqinlar, ilg’or tajribalarni amaliyotga tadbiq etishni talab qiladi. Ta’lim jarayonidagi ana shunday yangiliklardan biri bu integration ta’limdir.
Olimlar A.G’ulomov va H.Ne’matovlar ta’kidlashicha, integration ta’lim, ya’ni integration jarayonlar boshqa fanlardan olingan ma’lumotlardan foydalanib, o’quvchilarni har tamonlama bilimli qilish imkoniyatiga ega bo’lishdir. Bunda o’quvchilar badiiy uslubni adabiyot fanidan, ilmiy uslubni bialogiyadan, kimyo, fizika, matematika, ish qog’ozlari uslubini huquq fanlaridan olingan materiallar asosida o’rganishlari nazarda tutiladi.
Integratsiyaning mazmun-mohiyati Farididdin Attorning quyidagi fikrlariga hamohangdir: «Bu ro’yi zaminda mayda narsaning o’zi yo’q, hamma narsa bir-biriga bog’liq va bir-birini to’ldiradi.»
Integratsiya - lotincha integratio - tiklash, qaytadan boshlash, to ’Idirish degani bo’lib, o’zbek tilida 3 ma’noda qo’llaniladi:
Ayrim qismlarning, elementlarning bog’liqlik holatini, ularni qo’shib birlashtirishni ifodalovchi tushuncha.
Fanlarning yaqinlashishi va o’zaro bog’lanish jarayoni.
Ikki va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o’zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |