Muhammad Yusuf - tabiat kuychisi
Rahimova Sohibaxon Basirovna
Farg’ona viloyati 1-aniq va ijtimoiy
fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat
umumta’lim maktab-internati oliy toifali
ona tili va adabiyot fani o’qituvchi
Telefon: +998(99) 991 13 31
Element20_07@mail.ru
Anotatsiya: Muhammad Yusuf ijodida tabiat tasvirini o’ziga xos talqinda ifoda etilishi.Badiiy san’atning jonlantirish va qiyoslash turlariidan o’rinli foydalanish,
Kalit so’zlar: she’r; ko’klam; qizg’aldoq; Muhammad Yusuf
She’riyat - Olloh inoyati ila inson ruhiyatiga singib, uni shirin tuyg’ular sari boshlovchi ilohiy ne’mat. She’riyat katta bir bog’. Bu bog’da turli mevalar o’sadi va gullar ochiladi. Har bir mevaning mazali ta’mi, har bir gulning o’z shirin ifori bor. Bu bog’dagi har bir giyoh kun kelib azim chinorlarga aylanadi.
Shoir Muhammad Yusuf shu bog’da o’sdi va kamol topdi. O’z she’rlarini nafis ohangda , serjilo tashbehlarda kuylashga , ko’ngillarga xush yoquvchi mayin kuylar asosida yaratishga harakat qildi. “Bahorni g’o’raga yashirishni”, “yalpizga suyanib o’lib qolishini”. “ikki qalbning shirin muhabbatiga guvoh bo’lgan mayin jiyda gullarini ”,”guldan bo’sa olishga intilgan asalarini”, “ko’klamoyimdan bir chimdim ko’k so’rab” o’z she’rlarini oq qog’ozga tushirdi. Uning nihogidan ko’kdagi qushlarning parvozi , kapalak misol yorning ko’ziga termulib o’tirishni va majnuntollarning aybdor oshiqday egilib turishidan tortib , mayus lolaqizg’oldoqqacha yurak sehri bilan ashyor bitishga intildi.
Qizg’aldog’im, qirdan bo’lak koshonang yo’q,
Kokil yoysang, yerdan bo’lak toshoynang yo’q,
O’ksib-o’ksib turganingda o’zim borib,
Peshonangdan o’pay desam, peshonang yo’q.
U hokisor, oshiqlar dardini tez ilg’ab oluvchi, qalbidagi mehrni insonlarga ulashishni xush ko’rardi. Umr osmonida chaqmoqday porladi. Sheriyat osmonida esa yulduzga aylangan betakror , benazir, har bir narsadan go’zallik, yaxsgilik , mehr – oqibat izlovchi shoir edi.
Shoir Muhammad Yusuf ijodiga mansub bo’lgan barcha she’rlariga avlodning eng olijanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, oʻzbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror tuygʻu hamda kechinmalari oʻzining yorqin ifodasini topgan. Soʻzning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuygʻular tiniqligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini loʻnda va yakdil ifodalay bilish Muhammad Yusuf sheʼriy uslubining yetakchi xususiyatlaridir. Ilk sheʼrlar kitobi — „Tanish teraklar“ (1985). „Bulbulga bir gapim bor“ (1987), „Iltijo“ (1988), „Uyqudagi qiz“, „Halima enam allalari“ (1989), „Ishq kemasi“ (1990), „Koʻnglimda bir yor“ (1991), „Bevafo koʻp ekan“, „Yolgʻonchi yor“ (1993), „Erka kiyik“ (1995) va „Osmonimga olib ketaman“ (1998) sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Shoir ijodiga nazar solar ekanmiz ,uning nigohida tabiat tasviri alohida o’rin tutadi.
Ko`nglimga ko`k binafshalar sochilsin,
Kokiliga tolpopukdan soch ilsin,
Boychechakka borar yo`llar ochilsin,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.
Xulosa qilib aytganda , shoir hayot bilan hamnafas yashadi. Hayot bilan yondi va uning go’zalligidan bahra olib ijod qildi. Shoir tabiat kiychisi. Inson ko’zi kormagan go’zallikni shoir ko’zi ila ko’rib she’r ahliga doston qildi, Ha, Muhammad Yusuf nozik go’zallikni qalban his qiluvchi nozik didli shoir. Bunday insonlar Yaratganning huzuriga tez oshiqadi deyishadi. Lekin bosgan izi va yozgan ashorlari bilan uzoq yillar mangulikka dahldor bo’lib ketadi. Shoir ijodiga nazar slogan sari yangi bir ma’no kasb qilasan kishi. Bu ham she’r deb atalmish buyuk ne’matning kuchi, Ollohning inoyati…
Muhammad Yusuf – har bir ezgulikka, go’zalikka oshno qalblar bilan mangu hamnafasdir. Zero, shoir o’zi aytganidek:
O'lsa o'zi o'lar
So'zi o'lmaydi,
Hamisha barhayot nasl shoirlar.
Haqiqiy shoirning qabri bo'lmaydi,
Yurakka ko'milar asl shoirlar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Muhammad Yusufning “Erka kiyik” she’riy to’plami
2. Muhammad Yusufning “Uyqudagi qiz”she’riy to’plami
3. 8 sinf adabiyot darsligi 2019 yil
4. Ziyo.net
5. O'zbek tilining izohli lug'ati 1-2 tom
Do'stlaringiz bilan baham: |