[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Maktabgacha ta’lim]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahridagi davlat ixtisostashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga muvofiq,
shuningdek, rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarining tabaqalashtirilgan tarmog‘ini optimallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil oktyabr oyidan boshlab, Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini optimallashtirish va keyinchalik bolalar kontingentini
hisobga olgan holda, ularni davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan oqilona, samarali va maqsadli foydalanish maqsadida Toshkent shahridagi 49 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, xususan:
18 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim
tashkilotlari etib;
31 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari etib qayta tashkil etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qayta tashkil etilayotgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tadbirlari rejasini bir oy muddatda tasdiqlasin va amalga oshirsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlar amaldagi shtat bo‘yicha xodimlar soni va davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlash uchun budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ining optimallashtirilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik
bazasini rivojlantirish, shu jumladan ularni tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash,
korreksiya vositalari, dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash tadbirlarini amalga oshirishga yo‘llantiriladi;
umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘zgartiriladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qarori bilan belgilangan tartibda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasi tomonidan berilgan xulosa asosida qabul qilingan tarbiyalanuvchilar o‘tkazilgan korreksiya-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlarining natijalariga ko‘ra, tegishli davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘tkaziladi yoki ushbu muassasada qoladi;
keyinchalik bolalar umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlarini ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlashni 2020 — 2022-yillarga va kelgusi yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga belgilangani tartibda kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A.
Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
826-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 826-son
qaroriga
1-ILOVA
Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘zgartirilayotgan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
RO‘YXATI