Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


XXI ASRDA ILM-FAN TARAQQIYOTINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI VA ULARDA INNOVATSIYALARNING TUTGAN O’RNI



Download 27,87 Mb.
bet249/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

XXI ASRDA ILM-FAN TARAQQIYOTINING RIVOJLANISH
ISTIQBOLLARI VA ULARDA INNOVATSIYALARNING
TUTGAN O’RNI.

Jamalova Shahnoza, Sirdaryo viloyti, Guliston shahar 10- maktab ingliz tili fani o’qituvchisi

Bugungi kunda yoshlarni yuksak ma’naviyatli, ijtimoiy-siyosiy hayotda doimo o’z mustaqil fikriga ega, kasb-hunar mahoratini egallagan shaxs sifatida shakllantirish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Yurtimizning bugungi va ertangi hayotini belgilab beruvchi barkamol yoshlarga kata e’tibor qaratilmoqda. Shaxsni shakllantirish keng qamrovli tushuncha hisoblanib, unda bevosita ta’lim va tarbiya masalalari ham o’rin olgan. Respublikamizda yetuk malakali mutaxassislar tayyorlashga yo’naltirilgan ta’lim tizimi ana shunday barkamol shaxsni tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, "Ta’lim to’g’risida"gi qonun ta’limda olib borilayotgan ishlarning bosh mezoni hisoblanadi. Bu mezon asosida takomillashtirilgan, zamon talablariga javob bera oladigan dasturlar, o’quv darsliklari yaratilmoqda. Ta’lim tizimini zamon talablariga javob beradigan darajaga keltirishni o’z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo’yganmiz. Shu vazifalarni amalga oshirishdagi ishlarda chet tili o’qitishning yangicha yo’l-usullarini ishlab chiqishni ham taqozo etadi. Negaki, butun jahon sivilizatsiyasi bilan tanishish, ular bilan hamkor hamnafas bo’lish uchun eng asosiy aloqa vositasi - chet tillarini mukammal o’rganishimiz talab etiladi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini o’qitish va o’rganish ijtimoiy ehtiyojga aylandi va davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan, axborot oqimlari kengayib borayotgan bu davrda chet tillarini o’qitish tizimini qayta ko’rib chiqish va uni takomillashtirishga ehtiyoj tug’ildi. Chet tillarini mukammal egallash va axborot kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.


Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’grisidagi " PQ-1875-sonli qarorida chet tillari, xususan, ingliz tilini o’qitishning sifatini oshirish va yanada samarali usullarini ta’lim jarayoniga tatbiq qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligiga alohida urg’u berilgan. Respublikamizda chet tillarini o’rganish tizimini yangicha va samarali dastur asosida tashkil etish maqsadida Umumyevropa kompetensiyalari (CEFR ) asosida yangida Davlat Ta’lim Standard ishlab chiqildi va ta’lim jarayonida foydalanishga tatbiq etildi. CEFR (Common European Framework of Reference for Languages - Umumiy Yevropa Til Ko’nikmasi Qolipi) tizimi butun Yevropa bo’ylab ishlatiladigan tillarni o’rganish, o’rgatish va baholashga doir masalalarni o’z ichiga oladi. Bugungi kundagi globallashuv va zamonaviy texnologik vositalar yordamida odamlarning bir-birlari bilan oson aloqa o’rnatishlari natijasida CEFR tizimi nafaqat Yevropada, balki KolumbiyavaFilippin kabi davlatlarda ham keng tadbiq etilyapti. CEFR tizimiga asoslangan imtihonlar dastlab Yevropada amal qiladigan barcha tillar bo’yicha olingan bo’lsa-da, bugungi kunda CEFR tizimidan asosan ingliz tilini o’qitish, o’rganish va baholashda foydalanilyapti. CEFR tizimi Yevropa Konsulligi tomonidan 1989- 1996-yillarda amal qilgan "Language Learning for European Citizenship" ("YevropaFuqaroligi uchun Til O’rganish") dasturining tarkibiy qismi sifatida to’liq mukammallashtirilgan. 2001- yilning noyabr oyidan boshlab esa CEFR Yevropa tilllarini bilish darajasini baholashda asosiy me’zon sifatida qabul qilingan.
Ingliz tilini CEFR mezoniga ko’ra bilish darajalari quyidagicha tavsiflanadi: A darajasi tilni elementar darajada o’zlashtirish darajasi hisoblanib bunda: A1 daraja - nomzod aniq vazifalarni bajarish uchun lozim bo’lgan tanish iboralarni tushunish va o’z nutqida ishlata olish, ya’ni, o’zini tanishtira olish, boshqalarni tanishtira olish, yashash manzili, tanishlari, mulki haqida savollarni bera olish va shunday savollarga javob bera olish, agarda suhbatdoshi sekinroq gapirsa va yordam berishga tayyor bo’lsa qiyin bo’lmagan suhbatda ishtirok eta olish darjasidir. A2 daraja - nomzod hayotning asosiy jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan ayrim gaplarni va ko’p uchraydigan iboralarni tushunish (masalan, o’zi va oila a’zolari haqidagi asosiy ma’lumotlar, xaridlar, ishga joylashish va h.k.); tanish va kundalik mavzularda ma’lumot almashinuvi bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni bajara olish; o’zi, yaqinlari va qarindoshlari, kundalik hayot jarayonlari haqida sodda iboralar bilan gapirib bera olish darajasi hisoblanadi. B daraja - tilni mustaqil o’zlashtirish va erkin qo’llay olish bo’lib, bunda: B1 daraja - nomzod ishda, o’qishda va boshqa holatlarda kelib chiqadigan mavzular bo’yicha adabiy tilda berilgan ma’lumotlarning asosiy fikrlarini tushunadi; o’rganayotgan til mamlakatida bo’lganida ro’y berishi mumkin bo’lgan vaziyatlarning aksariyatida muloqot qila oladi; tanish bo’lgan yoki o’zini qiziqtirgan mavzularda matn tuza olish; taasurotlarini, voqealarni, umidlarini, intilishlarini ta’riflab bera olish, o’z fikrini va kelajakdagi rejalarini bayon qila olish darajasidir. B2 daraja - nomzod abstrakt yoki aniq mavzularda yozilgan matnlarning umumiy mazmunini tushunish, shu jumladan, mutaxassislikka oid mavzularda matnlarni; chet tili ona tilisi bo’lgan shaxs bilan muloqotlarda ikkala tomon uchun ham qiyinchilik tug’dirmaydigan darajada tez gaplasha olish; turli mavzularga aniq, atroflicha ma’ruza qila olish, asosiy muammoga bo’lgan o’z fikrini bayon eta olish, turli fikrlarning afzalliklari va kamchiliklarini ko’rsata olish darajasidir. C daraja tilni mukammal o’zlashtirish darajasi hisoblanib, bunda: C1 daraja - nomzod turlicha mavzularga bo’lgan katta hajmdagi matnlarni tushunish, yashirin ma’nosini aniqlay olish; tez gapira olish; o’zining ilmiy va mutaxassislik faoliyatida xorijiy tildan muloqot uchun samarali foydalanish; murakkab mavzularga aniq, yaxshi tuzilgan ma’lumotni yetkazib bera olish, matnni tuzish modellaridan, bog’lanish va birlashtirish elementlaridan foydalanish qobiliyatlarini namoyon qila olish darajasidir. C2 daraja - nomzod tilni mukammal darajada biladi deyarli barcha og’zaki yoki yozma ma’lumotlarni tushunish; bir nechta og’zaki va yozma manbalarga asoslangan holda matn tuza olish, yuqori tempda va aniqlikda gapira olish, hattoki eng murakkab vaziyatlarda ham ma’no tuslarini ko’rsata olish darajasidir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda chet tilini o’rganishda CEFR ning o’rni muhimdir. Til o’rganuvchini 4 yo’nalish ya’ni o’qish, yozish, tinglash va gapirish qobiliyatlarini rivojlantirib, chet tilini o’rganishda o’ziga xos yo’nalishda bilim va ko’nikma beradi.

O'QUVCHILAR TAFAKKURINI O’STIRISHDA MANTIQIY MASALALARDAN FOYDALANISH YO’LLARI



Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish