Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


O’ZBEK TILI - MILLATNING BEBAHO BOYLIGI



Download 27,87 Mb.
bet251/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

O’ZBEK TILI - MILLATNING BEBAHO BOYLIGI.
Mustafaqulova Zulxumor Tajiqulovna
Mirzaobod tumani 5-umumta’lim maktabi ona tili
va adabiyoti fani o’qituvchisi
YuNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, bugun dunyoda 6 ming 909 til mavjud bo‘lib, ulardan atigi 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Ular qatorida ona tilimiz – o‘zbek tilining borligi har birimizning qalbimizni faxr-iftixorga to‘ldiradi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – millatning ruhidir.
 Tilimizning sofligi haqida qayg‘urish shu millatga mansublikdan, shu muqaddas timsolga daxldorlikdan iftixor qiladigan har bir kishining burchi bo‘lmog‘i lozim. Nafaqat mutaxassis, balki kasbu koridan qat’i nazar, yurtning har bir fidoyi farzandi tilga e’tiborni yoddan chiqarmasligi zarur.
Bugungi globallashuv jarayonlari tufayli dunyo tillarining aytarli barchasida boshqa tildan so‘z olish kuzatiladi. Hozirgi kunda o‘zbek tilidagi bakalavr, bankomat, barter, birja, brifing, broker, diler, investitsiya, investor, internet, komputer, konsalting, kollej, kredit, marketing, menejer, monitoring, multimedia, parlament, reyting, referendum, sertifikat, forum kabi o‘zlashmalar yuzlab emas, balki minglab degan o‘lchovlar bilan o‘lchanadi, ular keng omma nutqidan deyarli joy olib bo‘ldi. Bu kabi o‘zlashmalarni o‘zbekchalashtiraman deb, qosh qo‘yish o‘rniga ko‘z chiqarishlar tilimizning sofligi uchun qayg‘urish emas, balki mantiqsiz yumushdir. Masalan, familiya so‘zi o‘zbek tiliga o‘zlashib ulgurganiga ancha bo‘lgan. Ammo qaysi bir “mutaxassis”ning tavsiyasi bilan unga sharif degan muqobil topilibdi. U bechora “mutaxassis” eski tilimizdagi ismi sharifi (“sharafli, muborak ismi”) tarzidagi izofali birikma tarkibidagi sharifi so‘z shaklini “familiyasi” deb tushungan, chog‘i. Bu mutlaqo yanglish muqobil. Yoki oliygoh (institut), o‘yingoh (stadion), ro‘znoma (gazeta) kabi yanglish muqobillarni hali hamon ayrim “til sofligi tarafdorlari” qo‘llab yuribdi.
O‘zbek tili ta’limini yanada takomillashtirish, bu jarayonlarda zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish kabi bir qancha muammolar borki, bular ustida tegishli mutaxassislar izlanishlar olib bormoqda. Masalan, maktablar uchun turli hajm va mazmundagi o‘quv qo‘llanmalarini ko‘paytirish ham muhim. Aytaylik, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bola tasavvurini zo‘riqtirmaydigan izohli lug‘atlar tuzish tajribasi dunyo lug‘atchiligida anchayin keng tarqalgan. Bizda bu ish endi-endi boshlanmoqda. Yaqinda “So‘z sandiqchasi” degan ana shunday lug‘at nashr qildirdik.
O‘zbek tilining nufuzi bugungi kunda xalqaro maydonda ham ortib bormoqda. Bir qator xorij mamlakatlaridan kelib, yurtimizda o‘zbek tilini o‘rganib ketayotganlar ham ko‘payib bormoqda. Turli mamlakatlardagi o‘quv yurtlarida o‘zbek tili o‘rganilmoqda. Keyingi yildan boshlab universitetimizda xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rganish, tadqiq qilish yo‘nalishlarida xalqaro markazlar tashkil qilishni ham rejalashtirganmiz.
O‘zbek tilining rivoji, taraqqiyoti, teran tadqiqi va tashviqi borasida hali ko‘p ishlarni qilishimiz zarur. Borligimiz, davlatimiz ramzi bo‘lgan bebaho boyligimizga mas’ullik hissi hech birimizni hech qachon tark etmasin.
Yangi alifbo, u asosda yangi imloning qabul qilinishi, tilshunoslikdagi yangilik va kashfiyotlarning ta’limga joriy etilishi samarali natijalar bermoqda. Oddiygina 1 soatlik dars reja-konspekti (ishlanmasi) uchun qo‘yilgan talabga ko‘ra, har bir mavzuning avval ta’limiy, keyin tarbiyaviy, qolaversa, rivojlantiruvchi maqsadlari yoritilishi kerakligi o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi zarurligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, o‘qituvchi o‘quvchi psixologiyasini, yosh xususiyatini hisobga olgan holda mavzuni singdira olish qobiliyatiga ega bo‘lishi ham zarur. Demak, o‘qituvchi ona tili, adabiyot darslarida yangi DTS talablariga ko‘ra olingan bilim, ko‘nikma, malakalarni kompetensiyaga aylantirishi uchun vositachi bo‘lishi kerak. O‘quvchi ona tili va adabiyotdan egallagan bilimlarini kelajakda zarur o‘rinda qo‘llay olsin. Ta’limga har xil yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsion usullar joriy etilmoqda. Natijada, o‘quvchi mavzuni tushunib, anglab, o‘zi va guruhdoshlarining xatolarini tuzatib bormoqda.

Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish