Foydalanilgan adabiyotlar:
Ismoilov T.J. O’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish texnalogiyasi //. “Uzluksiz ta’lim” jurnali. № 1 son.
Qo’shinova R. O’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini o’stirishida mustaqil fikrlashning o’rni. // “Xalq ta’limi” jurnali № 3 son.
Rajabboyeva I. Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol metodlarning o’rni. // “Til va adabiyot ta’limi” jurnali. № 1 son.
Turg’unov S. O’quvchilarning mustaqil fikrlash tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish vositalari //. “Uzluksiz ta’lim” jurnali. № 2 son.
Qilichiyev E. Yozma ishlardagi hatolarni aniqlash va ularning tasnifi haqida. // “Til va adabiyot ta’limi” jurnali, № 4 son.
Internet ma’lumotlari:
WWW.referet.uz
WWW.pedagog.uz
WWW.ziyoNET.uz
BOSHLANG`ICH SINF O`QISH DARSLARIDA ADABIY NUTQIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDA ILG`OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Mamatkulova Nigora Sherbekovna
Sirdaryo VXTHQTMOHM katta o`qituvchisi
Erbekova Gulchehra Sherbekovna
Boyovut tuman 46-umumta’lim maktabining
boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Darslarda ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘qituvchi nazariy ma’lumotlarni berish bilan bir qatorda, o‘quv materiallarini zamonaviy texnika vositasida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. llg‘or pedagogik texnologiyalar individual ta’sir etadigan usul sifatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining har tomonlama rivojlanishi, ma’naviy-axloqiy sifatlarining shakllanishi, mustaqil fikr yuritish, ijodkorlik faoliyatining rivojlanishi va o‘zlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishini belgilab beradi.
«Sinkveyn» so‘zi beshlik degan ma’noni anglatadi, ba’zan «oq she’r» - qofiyasiz she’r deb ham nomlanadi.Biror so‘zning beshta sifat xususiyati tavsiflanishi zarur.O‘quvchilarga mavzuning kalit so‘zlari beriladi. Har bir o‘quvchi alohida qog‘oz varag‘iga ushbu so‘zning xususiyatlarini yozadi. Ular shaxs va narsa nomi, belgisi, harakatini bildirgan so‘zlar ham bo‘lishi, shuningdek, ijobiy yoki salbiy jihatini aks ettirishi mumkin. Har bir qatorga yozilgan so‘zlar bitta gap hisoblanib, u keng ma’noni o‘ziga qamrab oladi.
“Tinchlik” so`ziga sinkveyn tuzish.
Tinchlik
Farovon,barhayot.
Rivojlanadi,o`sadi,taniladi.
Tinchlik uchun kurashish kerak.
Osoyishtalik.
Natija: berilgan so‘zning ma’nosi 5 qatorda ochib beriladi va o‘quvchilar to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladilar, ma’nodosh so‘zlar o‘rganiladi hamda «Ona tili» fani bilan o‘zaro bog‘liqliligi ta’minlanadi.
Venn diagrammasi grafik ko‘rinishda bo‘lib, ikki va undan ortiq aylananing kesishmasidan hosil bo‘ladi. Ikki va undan ortiq predmet (ko‘rinish, fakt, tushuncha) tahlil qilinadi va o‘rganiladi. Olingan natijalarni umumlashtirib, ulardan bir butun xulosa chiqariladi.
Natija: bilimlarni mustahkamlashda qo‘llaniladi. Doiralarda ikkita xususiyat yoki farqlarni taqqoslash orqali o‘quvchilarning bilimlari shakllanadi va aniq ma’lumotga ega bo‘ladilar.
Yozuv taxtasi uch ustunga ajratiladi.Birinchi ustunga - «Bilaman», ikkinchisiga - «Bilib oldim», uchinchi ustunga esa «Bilishni xohlayman» degan so‘zlar yoziladi.So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilardan mavzu yuzasidan qanday ma’lumotlarga ega ekanliklarini so‘raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman» nomli ustunga yozib qo‘yiladi.Keyingi bosqichda o‘quvchilar mavzuga oid matn bilan tanishib chiqqandan so‘ng, fikr yuritishadi hamda mavzuga oid yana qanday ma’lumotlami o‘zlashtirganliklarini «Bilib oldim» nomli ustunga yozib boriladi. So‘nggi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilardan yangi mavzu bo‘yicha qanday ma’lumotlarni o‘zlashtirish istagida ekanliklarini so‘raydi va bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman» ustuniga yoziladi.
Natija: o‘quvchilarning o‘tilgan mavzularm yodga olishiga,mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishiga va o‘z-o‘zini baholashiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |