Фойдаланилган адабиёт:
Ҳ.Санақулов ва бошқалар. Меҳнат ва уни ўқитиш методикаси. Ўқув қўлланма. ТДПУ. –Т.: 2015 йил.
GEOGRAFIYA FANINI O’QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH AVFZALLIKLARI
S.Xo’janazarova- Surxondaryo viloyati XTXQT va UMOHM “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedra kata o’qituvchisi
Har bir qo’llanilgan texnalogiya o’quv jarayonining samarali va o’tilayotgan mashg’ulot bilan mos kelishligi ta’lim metodikasining diqqat markazida bo’lishi lozim. Hozirgi kunda zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning qo’llanilish turlari bir nechta bo’lib, hammasi ham mashg’ulotlar(ma’ruza, seminar, amaliy, laboratoriya)ga mos kelishi, yoki moslashtirilganda qanday natijaga erishish mumkinligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy o’qituvchi qanday bo’lishi kerak? Hozirgi kundagi global o’zgarishlar,fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr o’qituvchisidan pedagogik mahoratni, o’tkir irodani, pedagogikpsixologik bilimlarni, o’z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkurni, siyosiysavodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali bo’lishni talab qiladi.
Bugungi kun o’qituvchisi ko’rgazmali qurollar, turli o’yin, mashg’ulotlari,
zamonaviy interfaol usullardan, texnik vositalar va kompyuterdan faoliyati davomida o’rinli foydalana turib, mul‘timedia darslarini qo’llash orqali sifat va samaradorlikka erishishi mumkin. Demak, zamonaviy o’qituvchi hozirgi kunda zamonaviy axborotkommunikatsion texnologiyalar va interfaol usullarni dars jarayoniga tatbiq eta olishibilan ajralib turadi.
Ayniqsa, tabiiy fanlar ya’ni geografiya fanining ma’ruza, amaliy, laboratoriya mashg’ulotlarida zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning qo’llanilishi izlanuvchan pedagoglarga qay darajada qulaylik keltirayotganligi, katta sinf xonalarlarga (o’quvchilar soni 30 tadan ortiq) ham moslashtirilganda o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish mumkin ekanligini keltirib o’tmoqchimiz. Gap yutuqlar haqida ketganda mashg’ulotga interfaol usullarni kiritish orqali erishiladigan muvoffaqiyotlarni ko’rib chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Masalan: AQSh Milliy trenning markazining ma’lumotiga ko’ra;
Birinchidan, interfaol usul o’quvchining ongiga, tuyg’usiga, irodasiga ta’sir ko’rsatib, tafakkurini oshiradi.
Ikkinchidan, dars usullarida o’zlashtirish quydagicha: Ma’ruza usulida 5%, o’zicha o’qish 10%, audio-video orqali o’qish 20%, ko’rgazma-namoyishlar orqali o’qish 30%, bahs-munozara orqali o’qish 50%, Kichik guruhlarga bo’lib o’qish 60%, o’quv jarayonini amaliyot bilan bog’lash 75%, bir-biri, bola-bolani yakka tartibda o’qitish 90% ekanligini bilgan holda pedagogik texnologiyalarning avfzalik jihatlarini keltirib o’tmoqchimiz.
Har-bir mashg’ulotlarida axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlari, didaktik materiallarnini qo’llash bilan birga mavzularga mos holda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan: Aqliy hujum, Bir-biridan so’rash, B/BХ/B jadvali - Bilaman/ Bilishni hoxlayman/ Bilib oldim, Venn diagrammasi, Insert va boshqa pedagogik texnologiyalarni qo’llash ta’lim samaradorligini oshirishga hizmat qilmoqda. O’qituvchiga, yuqoridagi texnalogiyalarning darslarda qo’llanilishi, katta auditoriyalarda o’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lib faoliyat ko’rsatishlarini nazorat qilish imkonini bersa, o’quvchilarga esa kichik guruhlarda ishlash jarayonida muloqot madaniyatini rivojlanishi, o’zaro fikr almashinish, bir-birini tinglash ko’nikmasini shakllantirmoqda.
Biz quyida umumta’lim maktablarida geografiya darsida foydalanish mumkin bo’lgan zamonaviy interfaol usullarning tatbig’i bilan tanishamiz.
“Blits-so’rov” usuli. Mashg’ulotni o’tkazish tartibi. Ushbu usul bir necha bosqichda o’tkaziladi:
- o’qituvchi hamma o’quvchilarga alohida-alohida tarqatma material beradi vaulardan ushbu materialni sinchiklab o’rganishlarini so’raydi;
- o’qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifa (tarqatma
materialda berilgan harakatlar ketma-ketligini to’g’ri belgilash, belgini qog’ozda
alohida ajratilgan bo’limga raqamlar bilan qo’yish kerakligi)ni tushuntiradi;
- tarqatma materialda berilgan vazifa dastlab yakka tartibda bajarilishini
ta‘kidlaydi;
- har bir o’quvchi o’zining shaxsiy fikri asosida tarqatma materialdagi - yakka
baho bo’limiga berilgan harakatlarning mantiqiy ketma-ketligini raqamlar bilan
belgilab chiqadi;
- barcha kichik guruhlar o’z ishlarini tugatgach, o’qituvchi harakatlar ketmaketligi bo’yicha to’g’ri javobni beradi, ya‘ni o’quvchilardan ularga tarqatilgan qog’ozlardagi - to’g’ri javob bo’limiga u tomonidan aytilgan harakatlar ketmaketligi raqamlarini yozishni so’raydi;
- o’qiyuvchi - to’g’ri javob bo’limida raqamlar bilan - yakka baho hamda-guruh bahosi bo’limidagi raqamlarni solishtirish va kattasidan kichigini ayirish, ayirmalarni mos holda - yakka xato va - guruh xatosi bo’limlariga yozishlarini so’raydi;
- o’qituvchi -to’g’ri javob bo’limida berilgan raqamlar bilan -yakka baho hamda -guruh bahosi bo’limidagi raqamlarni solishtirish va kattasidan kichigini ayirish, ayirmalarni mos holda - yakka xato va - guruh xatosi bo’limlariga yozishlarini so’raydi;
- o’qituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy soni bo’yicha tushuncha
beradi va ularni har birini alohida-alohida sharhlab beradi;
- o’qituvchi mashg’ulotni yakunlab, ba‘zi guruhlarning mashg’ulot mobaynidagi ish faoliyatlariga o’z fikrini bildiradi va o’quvchilarning bilimini ilovadagi mezonlar asosida baholaydi yoki mos kelgan to’g’ri javoblar soniga qarab har bir o’quvchi o’z bahosini ilovada ko’rsatilgandek aniqlaydi.
- Zilzilalar mavzusini mustahkamlash uchun Blits-so’rov
(Ekspert varag’i)
Do'stlaringiz bilan baham: |