Respublika ichki olimpiadasining I bosqichi I bosqich o’quvchilari uchun “Huquqshunoslik” fanidan test savollari
1. Respublika so’zining ma’nosi nima? A) lotincha- umumiy ish degan ma’noni anglatadi. B) yunoncha – umumiy ish degani. C) lotincha- mustaqil degani. D) yunoncha mustaqil degani.
2. Huquqni tashqi rivojlanish, taassurot asosida vujudga keladi degan huquq nazariyasini aniqlang.
A) Realistik huquq nazariyasi b) tarixiy huquq nazariyasi c) psixologik huquq nazariyasi ) materialistik huquqiy nazariya.
3. Xalqaro huquqning ikki yoki bir necha subyekti tomonidan qabul qilingan, huquq va majburiyatlarni belgilovchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjat?. A) Huquqiy odat B) Sud pretsedenti C) Normativ huquqiy akt D) Xalqaro shartnoma
4. Jismoniy shaxslar necha yoshdan to’la muomila layoqatiga ega bo’lishadi? A)14 B)16 C)18 D) Tug’ilishi bilan.
5. Mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasining loyihasini yaratish qachondan boshlandi? A) 1990 yil iyundan. B) 1990 yil noyabrdan C) 1991 yil fevraldan D) 1992 yil dekabrdan
6. Ma’muriy qamoqqa olish jazosi qancha muddatga qo’llaniladi? A) 3-15 sutka B) 3- 30 sutka C) 1-15 sutka d) 1 hafta
7. Fuqarolik huquqi necha qismdan iborat? A) 2 B) 3 C)4 D)5
8. Olti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar qanday ishlarni mustaqil ravishda amalga
oshirishga haqlidirlar? A) Mayda maishiy bitimlar. B) Tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni talab qilmaydigan bitimlar. C) O‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish D) A va B
9. Kimlar yuridik shaxs bo‘la oladi? a) o‘z mulkiga ega, majburiyatlarni bajara oladigan, javobgar bo‘la oladigan tashkilotlar; b) sud, prokuratura, adliya xodimlari; c) sud, prokuror, mulk egalari; d) o‘z mulkiga ega bo‘lgan tashkilotlar;
10. Mehnat qonunlarining amal qilish doirasini aniqlang. a) O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston hududlarida amal qiladi;
b) O‘zbekiston Respublikasining butun hududlarida amal qiladi; c) qonun bilan belgilangan hududlarda amal qiladi; d) a,b, c,
11. O’zbekistonda normal ish vaqti haftasiga qanchani tashkil etadi? A) 32 soat B) 36 soat C) 40 soat D) 45 soat
12. Sinov muddati kim tomonidan belgilanadi? A) Xodim B) Ish beruvchi C) Kasaba uyushmasi D) to’g’ri javob yo’q
13. Xayfsan e’lon qilingan xodimga 1 yil davomida davlat yoki ish beruvchi rag’bat berishi mumkinmi? A) ha B) yo’q C) faqat davlat mukofotlari beriladi D) 6 oydan keyin xayfsan xodimdan olib tashlanadi
14. Er-xotinning birgalikdagi umumiy mulkini aniqlang: a) nikohdan o‘tgan kundan boshlab hamma mulk umumiy; b) uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritishdagi mulklar; c) er-xotinning nikoh davomida orttirilgan mulklari; d) turar joy, mashina va shularga teng keladigan mulklar
15. Ota -onaning bitta voyaga Etmagan bolalariga tо‘laydigan aliment miqdori... A) Har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromqadining uchdan bir qism. B) Har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromqadining ikkidan bir qismi C) Har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromqadining tо‘rtdan bir qismi D) Eng kam ish haqining ikkidan bir qismi
16. Jinoyatlar o‘z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra nechta guruhga bo’linadi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
17. Jinoyatning subyekti bu…. A) bu jinoyat qonuni bilan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlardir B) jismoniy aqli raso, jinoiy qonunda belgilangan muayyan yoshga yetgan shaxs C) Jinoyat sodir etilgan qurollar. D) hamma javoblar to’g’ri
18. O‘zga shaxsni jinoyatni sodir etishgaundash yoki jinoiy faoliyatda qatnashishga qiziqtiruvchi shaxs jinoyatda nima deb ataladi? A) dalolatchi B) tashkilotchi C) bajaruvchi D) yordamchi
19. Qamoq jazosi qanday muddatga belgilanadi? A) 3-15 sutka B) 1-6 oy C) 1oy-1 yil D) 3 oy- 3 yilgacha
20. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari uchun qanday asosiy jazolarni qo‘llash mumkin? A) jarima; axloq tuzatish ishlari; qamoq; ozodlikdan mahrum qilish. B) jarima; axloq tuzatish ishlari; qamoq; ozodlikdan mahrum qilish, muayyan huquqlardan mahrum qilish. C) jarima; axloq tuzatish ishlari; qamoq; muayyan huquqlardan mahrum qilish. D) to’g’ri javob yo’q
21. Ma’muriy huquq nima?
22. Shaxslarga ta’rif bering.
23. Intellitual mulk huquqi deganda nimani tushinasiz?
24. Mehnat huquqi manbalarini sanab bering.
25. Dam olish vaqti nima, turlarini sanab bering.
26. Nikoh nima?
27. Oilada tug’ilgan bolaga qanday tartibda ism beriladi?
28. Jinoyat huquqi qanday qismlardan iborat?
29. Jinoyatda ishtirokchilik deganda nimani tushinasiz?
30. Jinoyatning tarkibiy elementlarini sanab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |