Respublika bolalar kutubxonasi
Ilmiy-uslubiyot va maktab ARMlari
mutaxassislarini malakasini oshirish bo‘limi
“YURTIMIZDA NAVRO‘Z SHUURI”
21-mart – “Navro‘z” umumxalq
bayramiga bag‘ishlangan
uslubiy tavsiyanoma
Toshkent – 2016
Ushbu uslubiy tavsiyanoma ilmiy-uslubiyot va maktab ARMlari mutaxassislarini malakasini oshirish bo‘limi tomonidan tayyorlandi.
Respublika bolalar kutubxonasi ilmiy-uslubiyot kengashining yig‘ilishida 2016-yil ___-martdagi ____-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlandi.
Nashr uchun mas’ul:
M.Mamatxanova – Ilmiy-uslubiyot va maktab ARMlari mutaxassislarini malakasini oshirish bo‘limining yetakchi kutubxonachisi.
Ushbu tavsiyanomada yurtimizda Navro‘z bayramining keng nishonlanishi va ushbu bayramning ahamiyati shuningdek, “Navro‘z nashidasi” deb nomlangan tadbir ssenariysi taqdim etilgan.
Navro‘z barchamiz uchun azal-azaldan,
avvalo, tabiat uyg‘onichi, sharqona yangi
yil debochasi, ma’naviyatimizning uzviy
qismiga aylanib ketgan eng qadimiy, asl
milliy bayram sifatida aziz va mo‘tabardir.
Islom Karimov
Navro‘z xalqimizning eng sevimli, orziqib kutadigan bayramlaridan biri. 21-mart – bu sana tarix zarvaraqlaridan “yangi kun”, “yangi yil” – “Navro‘z” deb nom olgan kun. Navro‘z – bu bahor bayrami, tabiat uygo‘nishi, dehqonchilik mavsumi boshlanishi, shod-u hurramlik bilan kutib olinadigan va shu bilan bir qatorda u tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlantiruvshi ayom. Navro‘zi olamni barcha Sharq xalqlari azal-azaldan, ming yillar davomida, “Avesto” zamonlaridan buyon saqlanib va e’zozlanib kelinayotganligi, bizning milliy tabiatimiz va odatlarimizdan ajratib bo‘lmaydigan eng qadimgi xalq bayrami sifatida qadrlanadi. Navro‘zi olamning umuminsoniy sivilizatsiya rivojiga qo‘shgan buyuk hissasini inobatga olib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2010-yildan boshlab bu ayyom Xalqaro Navro‘z kuni deb tan olindi. Navro‘zning umumxalq bayramiga aylantirilishi odamlarni tabiat bilan uyg‘un bo‘lib yashashga undaydi. Bu esa har kimning o‘z yurtini tabiatiga mehri va muhabbatini yanada mustahkamlaydi.
Bu buyuk va betakror ayomning yana bir noyob xislati shundaki, bahor kelishi, gul-chechaklar ochilishi bilan har qaysi inson o‘z oila a’zolari, qadrdonlarini bag‘riga bosib, nafaqat tanish, balki notanish odamlarni ham qutlab, sog‘liq-omonlik, baxt va omad tilaydi va osmonimiz musaffo bo‘lishini tilab, yaxshi niyatlar qiladilar. Ayni shu munavvar kunlarda inson tabiatdan bahra olib, sumalak va halim, go‘ja va ko‘k somsa kabi bahoriy ne’matlar tortilgan dasturxonlar atrofida Navro‘z quvonchini o‘z yaqinlari, do‘st-u birodarlari bilan baham ko‘rishga intiladi. Navro‘z tantanalari bir oy davomida nishonlanadi. Bayram xalq milliy o‘yinlari va tomoshalarida, dalada, bog‘ sayillarida, anjumanlarda she’rxonlik, askiyabozlik qilinadi, turli bellashuvlar, qo‘shiqlar-u laparlar kuylanadi, katta hasharlar uyushtiriladi, hovli va bog‘lar, ariq-anhorlar tozalanadi, daraxt va gul ko‘chatlari ekiladi, ko‘kalamlashtirish ishlari keng ko‘lamda olib boriladi va Navro‘z ko‘tarinki ruhda katta xursandchilik bilan kutib olanadi .
Navro‘z – orzularni ro‘yobga chiqaradigan, tilaklar ijobat bo‘ladigan mo‘jizaviy bayram.
Navro‘z
Navro‘zda navro‘zni ko‘ming, deyishadi,
Ko‘ming va sukutga cho‘ming, deyishadi.
Eskilik sarqiti asli bu sayil,
Ey Bandai mo‘min deyishadi.
Mo‘minlarning boshi egildi erga,
G‘alat qirg‘inbarot boshlandi, do‘stim.
Go‘daklar jang qildi, oqsoqollar jim,
Shahsan men bir yilda o‘n yilga o‘sdim.
Birov demadiki, ey gulira’no,
Navro‘zlarsiz axir senda ne ma’no?
Xushomad yog‘ildi iblis iziga,
Shaytonga o‘qildi ming hamdu sano.
Xo‘sh, keyin ne bo‘ldi, dersiz, keyin-chi?
Mo‘tabar sahnadan tushdi “o‘yinchi”.
Qayga g‘oyib bo‘ldi, xudo biladi,
O‘sha xudosizni izlab ko‘ring-chi…
Joningdan aylanay, Navro‘z, kel endi,
Qirq yil qirg‘indan ham omon qolganim.
Men seni hech kimga bermayman endi,
Yalmog‘iz qo‘ynidan tortib olganim.
(Muhammad Yusuf)
“NAVRO‘Z NASHIDASI”
Do'stlaringiz bilan baham: |