Respublihasi



Download 4,76 Mb.
bet8/63
Sana06.06.2022
Hajmi4,76 Mb.
#641130
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Bog'liq
UhSjTECHMPdkbEel414

Nayzali kexixh


Nayzali kesish 800—1200 mm qalinlikdagi po‘lat detallarni hamda temir-betonlarni kesishda qo‘llaniladi. Kislorodli nayza — po‘lat quvurcha orqali kislorod o‘tadi. Nayzaning ishchi qismi oldindan 1350—1400˚C haroratgacha qizdirilgandan so‘ng kis- lorod uzatilsa, asta-sekin oksidlanishni (yonishni) boshlaydi, shu tariqa yonish harorati 2000˚C gacha oshirib boriladi. Nay- zani yoqishdan oldin kislorod bosimi uncha katta olinmaydi. Nayzaning ishchi qismi alangalanishidan so‘ng uni kesiladigan metall yuzasiga yaqinlashtiriladi va alangani metallga to‘liq botirgandan so‘ng kislorod bosimini talab etilgan ishchi qiy- matigacha ko‘tariladi. Shu tariqa davriy ravishda qaytma-ilga- rilanma (100—200 mm amplituda bilan) va aylanma (ikki tomonga 10—15˚ burchakka) harakat bajariladi. Metallda teshik ochish jarayonida nayzaning yon tomonini doimo ishlov berilayotgan metallga bosib turish kerak, faqat qaytma-ilgarilanma harakatda qisqa vaqtga ajratib turiladi. Yonish jarayonida nayza borgan sari kaltalashib boradi.
Teshik ochish jarayonida hosil bo‘lgan shlaklar kislorod va gaz bosimi bilan nayza quvurchasi va ochilayotgan teshik devori orasidan tirqishga chiqariladi (1.1.7-rasm). Hosil bo‘lgan teshik taxminan dumaloq shaklga ega bo‘ladi.
13


1.1.7-raxm. Nayzali kesish jarayoni chizmasi:
1 — ishlov berilayotgan material; 2 — nayzaning quvurchasi;
S — himoya ekrani; 4 — nayza ushlagich.


      1. Gaz bilan changlatixh


Gaz bilan changlatish jarayoni quyidagicha kechadi. Metal- lashgan apparatning changlatish kallagiga changlatuvchi metall- ning metall simi to‘xtovsiz uzatilib turiladi, ular asetilen-kislo- rod yoki propan-kislorod alangasi yordamida eritiladi (1.1.8- rasm).
Erigan metall katta tezlik bilan kallak soplosidan chiqayotgan havo va yonuvchi mahsulotlar sharrasi ta'sirida mayda zarrachalar sifatida detal yuzasiga changlatiladi. Gaz sharrasida zarrachalar tezligi 200 m/sek gacha yetadi. Zarrachalar o‘lchami 10—150 mkm ni tashkil etadi. Katta tezlik oqibatida zarrachalar detal
1 2 S 4



1.1.8-raxm. Gaz bilan changlatish sxemasi:
1 — havo yetkazib berish uchun tashqi soplo; 2 — gaz uzatish uchun mundshtuk; S — sim; 4 — sim uzatish uchun soplo; 5 — detal.
14
yuzasiga suyuq yoki plastik holatda yetib kelib kirishib ketib metallizatsiyalashgan (changlatilgan) qatlam hosil qiladi. Shu bilan bir qatorda, zarrachalar zarb ta'sirida deformatsiyalanadi, tangachalar sifatida shakllanib bir-biriga yopishib qoplamaning qatlamli tuzilishini tashkil etadi. Changlatiladigan detal metalli- zatsion apparatning soplosidan 75 — 250 mm masofada joylash- gan bo‘ladi.
Gaz bilan changlatish detal yuzalarini korroziyadan saqlash, ishqalanishga chidamli qatlam yotqizish, detal yuzasini mustah- kamlash, oksidlanishdan himoya qilish, abraziv yeyilish, ero- ziya, yeyilgan detallarni qayta tiklash, detallar issiqbardoshlik darajasini oshirish uchun dekorativ qoplam sifatida va boshqa maqsadlar uchun qo‘llaniladi. Metallizatsiyalashni gidroma- shinalar vallarini tayyorlash, rezina aralashtiruvchi mashina- larning rotorlarini ta'mirlash, nasos plunjerlari, sim uzatuvchi valiklar, yo‘naltiruvchi roliklarni tiklash, bandaj, shpindellar, turli xil ishlarga mo‘ljallangan valiklar, podshipniklar, vtulkalar, yurgizgichlar silindrlari va boshqalar uchun ishlatiladi.

      1. Download 4,76 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish