Saqlagich tambalar
Agar payvandlash vaqtida biror sabab bilan yonilg‘i aralashmasining oqib chiqish tezligi uning alangalanish tez- ligidan kam bo‘lib qolsa, o‘ta qizib ketsa yoki gorelka «mund- shtugi» ning kanali ifloslanib tiqilib qolsa, u holda teskari zarb yuz berishi — gorelka kanallarida yonilg‘i aralashmasi alan- galanishi va alanganing yonilg‘i gaz shlanglari bo‘yicha tarqalishi sodir bo‘lishi mumkin, bu alanganing asetilen generatori yoki gaz magistraliga o‘tishiga olib keladi. U holda portlash sodir bo‘ladi. Bu hodisaning oldini olish uchun saqlagich tamba- lardan foydalaniladi.
82
Vazifasiga qarab saqlagich tambalar muqim asetilen generatorlarining magistrallariga o‘rnatiladigan markaziy va har qaysi payvandlash postida yoki bir postli generatorlarda bo‘- ladigan post tambalari bo‘lishi mumkin. Chegaraviy bosimi bo‘yicha past bosimli (0,01 MPa gacha) va o‘rta bosimli (0,01— 0,15 MPa gacha) tambalar bo‘ladi. Konstruksiyasi bo‘yicha gidravlik (suv) tambalar va quruq tambalar farqlanadi.
Hamma tambalar oq rangga bo‘yaladi.
Suv tambasi hamma vaqt ishga yaroqli bo‘lishi hamda kerakli sathgacha suv bilan to‘lg‘izib qo‘yilishi kerak. Asetilenning ish bosimiga qarab past va o‘rta bosimli suv tambalari qo‘llaniladi.
d e f
k.k.13-raxm. Past bosimli suv tambasining sxemasi va konstruksiyasi:
a — suvga to‘lg‘azish; b — normal ishlashi; d — alanganing tamba ichiga kirishi;
e — gaz yetishmaganida havoni so‘rib olish;
f — ochiq turdagi past bosim tambasining konstruksiyasi.
83
Past bosimli suv tambasining normal sharoitlarda va gorelka ichiga alanga kirgan hollardagi ish sxemasi 2.2.13-rasm, b va d larda ko‘rsatilgan. 2.2.13-rasm, e da ochiq turdagi past bosimli tamba konstruksiyasi aks ettirilgan. Asetilen tambaga markaziy quvur 1 dan kiradi va suvni tashqi quvur 2 ga siqib chiqaradi. Alanga gorelka ichiga urilganida markaziy quvurda suv tiqini hosil bo‘lib, portlaydigan to‘lqinning tambadan asetilen shlangiga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘rtacha bosimli suv tambasiga yonuvchi gaz naycha 1 orqali klapan 2 ning zoldirini siqib ochib kiradi, nazorat jo‘mragi 6 ning sathi qadar suv bilan to‘ldirilgan korpus S ga kiradi, nippel 5 orqali gorelkaga boradi (2.2.14-rasm). Teskari zarbda tambadagi bosim keskin oshadi, suv klapan 2 ni bosadi va uni yopadi — gaz berilishi to‘xtaydi. Portlash to‘lqinini korpus S devorchasi va disk 4 o‘rtasidagi tor tirqish so‘ndiradi. Bu — yopiq turdagi tambadir.
1
a b
k.k.14-raxm. Yopiq turdagi o‘rtacha bosimli suv tambasining sxemasi:
a — normal ishlashi; b — teskari zarb holatida; 1 — naycha;
2 — klapan zoldir; S — korpus; 4 — disk; 5 — nippel;
6 — nazorat jo‘mragi.
84
Ochiq turdagi tambalarda portlash to‘lqini atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Suv tambalari asetilen generatorlariga va payvandlash postlarida ularni asetilen bilan umumiy magistraldan berilganida o‘rnatiladi. Postni asetilen ballonidan ta'minlanganda tamba qo‘yilmasa ham bo‘ladi, chunki ballonga o‘rnatilgan reduktor va ballonni to‘ldiruvchi g‘ovak massa teskari zarbdan ishonchli saqlanadi.
Gaz
Post asetilen o‘rniga boshqa gazlar bilan ta'minlanganida yopiq turdagi suv tambalari yoki quruq saqlagich tambalar (olov- to‘skichlar) qo‘llanadi. Ularda alangani so‘ndirish va uning gaz magistraliga kirishining oldini olish uchun g‘ovak keramik massalar, egiluvchan membranalar (2.2.15-rasm) yoki shar- simon teskari klapanlar qo‘llanadi. Tambalar teskari klapanlari reduktordan keyin gaz balloni yaqinida o‘rnatiladi yoki gazni quvur uzatmalar vositasida payvandlash postlariga yetkazib berishda gorelkadan oldin bevosita tarmoqda o‘rnatiladi.
Gaz
Gaz
k.k.15-raxm. Quruq tambalarning sxemalari:
a — g‘ovak keramik massali tamba: 1 — korpus; 2 — g‘ovak keramikali silindr; S — sharsimon teskari klapan; 4 va 5 — shlanglar uchun shtutserli qalpoqlar; 6 — uziladigan saqlagich klapan; b — membranali tamba: 1 — korpus;
— prujina; S — portlash kamerasi; 4 — egiluvchan membrana; 5 — mem- branali tambalash (berkitish) klapani; 6 — gaz keladigan qisqa quvur;
7 — o‘rindiq; 8 — halqasimon o‘tkazgich quvur.
85
k.k.16-raxm. Shlangli teskari klapan.
Konstruksiyasi jihatidan turlicha bo‘lgan uchta turdagi tes- kari klapanlar ishlatiladi: yonuvchi aralashmani atmosferaga chiqarib yuborishda yoriladigan membranali; yonuvchi ara- lashma chiqarib yuboriladigan (membranasiz); alanga orqa tomonga urilganda alanga o‘chiruvchi gaz (havo yoki azot) uzatilishini va bir yo‘la gorelkaga uzatilayotgan gazning to‘sib qo‘yilishini ta'minlaydigan. 2.2.16-rasmda yonuvchi aralashma atmosferaga chiqarib yuboriladigan shlangli teskari klapan ko‘rsatilgan.
Klapan gorelkaning gaz keltiruvchi shtutseri yoniga o‘r- natiladi. Korpus 1 da g‘ovak metall filtr 4 va yonmaydigan zichlama 6 li chiqarib yuborish klapani 5 joylashgan. Klapan gorelka shtutseriga tashlama gayka 8 va nippel 7 yordamida biriktiriladi. Normal ishlaganda gaz A strelka yo‘nalishida keladi. Gaz aralashmasi orqa tomonga urilganda u B strelka yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi, uning bir qismi klapan 5 orqali chiqarib yuboriladi, alanga filtr 4 da o‘chiriladi, diskli klapan 2 esa diskli klapan bilan g‘ovak metall filtr orasidagi shlangga gazlar kiradigan yo‘lni to‘sib qo‘yadi; bikir bo‘lishi uchun mis to‘r S qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |