ResearchGate
See discussions, stats, and author profiles for this publication at: https://www.researchgate.net/publication/339211233
Numerical methods for solving the main problems of hydrodynamics - Gidrodinamikaning asosiy masalalarini sonli yechish usullari (A.Abdirashidov)
Book ■ April 2014
CITATION READS
1 4,061
1 author:
Ablakul Abdirashidov •- . Samarkand State University
109 PUBLICATIONS 60 CITATIONS SEE PROFILE
S
Informatika View project
approximate solution evolution equations of mathematical physics View project
All content following this page was uploaded by Ablakul Abdirashidov on 12 February 2020.
ome of the authors of this publication are also working on these related projects:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
GIDRODINAMIKANING ASOSIY
MASALALARINI SONLI YECHISH
USULLARI
Uslubiy qo‘llanma
Samarqand davlat universiteti o‘quv-uslubiy Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan (2013-yil 25-may, 7-bayonnoma)
SAMARQAND - 2014
UDK: 518.1 BBK: 22.19 A-14
Gidrodinamikaning asosiy masalalarini sonli yechish usullari. Uslubiy qo‘llanma. - Samarqand: SamDU nashri, 2014. - 92 bet.
Ushbu uslubiy qo ‘llanma Gidrodinamikaning asosiy masalalarini sonli yechish usullari tanlov fani bo‘yicha 5130200 - Amaliy matematika va informatika ta’lim yo ‘nalishi bakalavr talabalari uchun mo ‘Ijallangan bo ‘lib, unda shu fanning namunaviy o ‘quv dasturidan kelib chiqib, chekli ayirmalar usulini o ‘rganishga asos bo ‘luvchi gidrodinamika va chekli ayirmalar usulining qisqacha nazariy ma’lumotlari, bu usulning taqbiqiga oidnamunaviy misollaryechimlari, mustaqil ish topshiriqlari, sinov savollari, mustaqil o‘zlashtirishga oid adabiyotlar va boshqa tarqatma materiallar keltirilgan. Bunda gidrodinamikaning kopgina masalalari Byurgers tenglamasiga olib kelinishini e’tiborga olgan holda shu tenglamani chekli ayirmalar usuli yordamida yechishni o ‘rganish uchun uslubiy tavsiyalar keltirilgan. Bular talabalarga shu fanni va Hisoblash matematikasi va Hisoblash usullari fanlarini yanada chuqurroq o‘zlashtirishga yaqindan yordam beradi.
Mazkur uslubiy qo‘llanmadan 5140300 - Mexanika va 5130100 - Matematika ta’lim yo‘nalishi bakalavr talabalari, 5A130201 - Sonli metodlar va matematik modellashtirish, 5A140202 - Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi, 5A140203 - Suyuqlik, gaz va plazmalar mexanikasi mutaxassisliklari magistrantlari, yosh ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchilar:
fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.ABDIRASHIDOV, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent M.M.SUYARSHAYEV.
Mas‘ul muharrir
fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent SH.S.MAMATOV. Taqrizchilar:
texnika fanlari doktori, professor X.X.XUDOYNAZAROV, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent S.A.AMRIDINOV.
ISBN 978-9943-4077-7-0
CD Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, 2014.
KIRISH
Gidodinamika tenglamalari nochiziqli. Bu shuni bildiradiki, juda kamdan kam holdagina ularning analitik yechimlarini topish mumkin. Shuning uchun gidrodinamikada sonli usullarni qo‘llash mutloq zarurligi ayon bo‘ladi. Hozirgi zamon hisoblash texnikasining tezligi va operativ xotirasi fantastik tusda o‘sib bormoqda. Yildan yilga «aqlli» algoritmlarning yaratilayotganligi hisoblash gidrodinamikasining juda tez takomillashishiga olib kelmoqda va o‘z navbatida yaqin yillarda kompyuter hisoblari juda qimmat turadigan eksperimental tadqiqotlarni almashtiradi. Hozirgi kunda suyuqlik va gazlarning gidrodinamik harakatini hisoblash dasturlari ham mahsulot hisoblanadi, ular sanoat va ishlab chiqarishning turli tarmoqlariga samarali qo‘llanilmoqda.
Hozirgi kunda gidrodinamika masalalarini yechishning bir qator hisoblash usullari mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha klassifikatsiya qilishimiz mumkin: chekli ayirmalar usuli; chekli hajmlar usuli; chekli elementlar usuli; chegaraviy elementlar usuli; spektral usul va hokazo.
Bu usullarning amaliyotda keng qo‘llanilib kelinayotgan har xil modifikatsiya- lari ham mavjud. Bulardan tashqari bu klassifikatsiyaga kirmaydigan ba’zi usullar ham mavjud, masalan, yacheykalarda zarrachalar usuli; gibrid usullar; diskret uyurmalar usuli; to‘g‘ridan to‘g‘ri statik modellashtirish; kletkali avtomatlar va hokazo.
Mazkur uslubiy qo‘llanmadan foydalanuvchi bakalavr talabalar va magistrantlar «Hisoblash matematikasi» yoki «Hisoblash usullari» fanidan boshlang‘ich tushunchalarga ega, deb faraz qilingan holda, ularda gidrodinamikaning bir qator masalalarini hozircha chekli ayirmalar usuli (keyingi qismlarda boshqa usullar bilan ham tanishtiriladi) bilan yechishida ko‘nikmalar hosil qilishiga ko‘maklashadi, degan umiddamiz.
BOB.
GIDRODINAMIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI
Dastlabki tushunchalar
Fan: «Gidrodinamikaning asosiy masalalarini sonli yechish usullari».
O‘quv-mashg‘ulot soati: 2 s. (ma’ruza); 4 s. (mustaqil ish).
O‘quv-mashg‘ulot turi: kirish - ma’ruza.
O‘quv-mashg‘ulot maqsadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |