MUAMMOLI O‟QITISH
Xalimova Sohibaxob Abdurahimovna
Farg‘ona shahar 29-umumiy o`rta
ta`lim maktabi o‘qituvchisi.
Tel:+998
90-634-31-70
Abdumalikova Muborakxon Abduborik qizi
Farg‘ona davlat universiteti talabasi
Tel:+998
93-970-55-95
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ta‘lim jarayonida muammoli o‘qitish
texnologiyasiga asoslangan o‘qitish metodlari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Muammoli
o‘qitish tarixi,o‘qitish usullari, maqsad va vazifa, natijalari tahlil etilgan.
Kalit so‟zlar:
,innovatsion, kommunikatsiya, tadqiqot, suqrotona, repraduktiv,
ob‘yekt, intellektual
―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonun, ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖da ta‘lim
muassasalarida ta‘lim sifati va samaradorligini ta‘minlashda zamonaviy pedagogik,
innovatsion va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq
qilish ustuvor vazifa sifatida e‘tirof etilgan. Bu hujjatlarda ko‘rsatilgan yo‘l-yo‘riqlar
yosh avlodni har tomonlama barkamol, ma‘naviyatli, har qanday kasb egalarini ijodiy
va ijtimoiy faollik, ijtimoiy siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish qobiliyatlariga ega
qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Bunday vazifalarni bajarishga zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning ahamiyati ham o‘ta salmoqlidir. Ijtimoiy hayotdagi mafkuraviy
jarayonlar pedagogik voqelikni aks ettiradigan ta‘limiy faoliyat loyihalarini
asoslaydigan fan sohasi, tasavvurlarini qamrab olmasdan iloji yo‘q. Yangi pedagogik
bilimlar ko‘lami ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ talablari asosida kengayib
336
bormoqda, tadqiqot yo‘nalishlari erkin shaxsni shakllantirish muammolariga
qaratilyapti.
Bugungi kunda ta‘lim-tarbiya jarayonida ta‘limning turli o‘qitish metodlaridan
unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham biz ta‘lim jarayonida
muammoli o‘qitish texnologiyasiga asoslangan o‘qitish metodlari to‘g‘risida baholi
qudrat fikr bildirmoqchimiz. Muammoli ta‘limni amerikalik pisixolog D.Dyui 1894 -
yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo‘llagan.XX asrning 60-yillarida bu
yo‘nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80- yillarga kelib,amaliyotga keng joriy etild.
O‘zbekistonda muammoli ta‘limni qo‘llash bo‘yicha bir necha asrlar davomida
maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foudalanish asosida
o‘quvchilarda ziyraklik,hozirjavoblik sifatlari hamda go‘zal nutq tarkib toptirilgan.
Muammoli vaziyatlarni hal qilish asosida hosil qilingan dars jarayono muammoli
ta‘lim deyiladi. Ayni paytda har qanday o‘quv maskanlarida muammoli o‘qitish
texnologiyasi samarador hisoblanadi. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va
tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirish bo‘lib, u ijodiy, faol shaxs tarbiyasi
maqsadlariga mos keladi. Bundan tashqari o‘quvchining mustaqilligi o‘qitishning
repraduktiv shakllariga nisbatan tobora o‘sib boradi. Muammoli o‘qitishning
mohiyatini o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘quv ishlarida muammoli vaziyatini
vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini, muammolarini hamda savollarini hal qilish
orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish
tashkil etadi. Muammoli ta‘lim texnologiyalari-o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va
jadallashtirishga asoslangan. O‘qitishning har qanday harakati asosida inson faoliyatini
muayyan qonuniyatlari, shaxs rivoji va ular negizida shakllangan barcha fanlarning
tamoyillari va qoidalari yotadi. Insonning bilish faoliyati jarayoni mantiqiy bilish
337
ziddiyatlarini hal qilishda obyektiv qonuniyatlari, didaktik tamoyil-muammolilikka
tayanadi.
Muammoli vaziyatni yechishda qo‘llaniladigan usullar:
-
Muammoni turli nuqtai nazardan o‘rganish, tahlil qilish;
-
Solishtirish, umumlashtirish;
-
Dalillarni aniqlash va qo‘llash;
-
Vaziyatga bog‘liq xulosalar chiqarish;
-
O‘quvchilarning o‘zlari aniq savollar qo‘yishi va boshqalar.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil
etiladigan o‘ziga xos o‘qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o‘rganilgan
mavzular xususiyatlardan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus
usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o‘qitishda muammoli vaziyat shunchaki
―fikr yo‘lidagi kutilmagan to‘siq‖ bilan bog‘langan aqliy mashaqqat holati emas. U
bilish maqsadlari uchun maxsus taqozo qilingan aqliy taranglik holatidir. Bunday
vaziyat negizida avval o‘zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal
qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat
muammoli vaziyat bilan bog‘liq bo‘lavermasligini ta‘kidlash o‘rinli bo‘lardi. Yangi
bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog‘lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo‘lmaydi.
Bunday mashaqqat aqliy izlanishni kafolatlaydi. Muammoli vaziyat har qanday
fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda o‘quvchi mashaqqat talab qilgan ob‘yekt
(tushuncha, fakt) ning unga avval va ayni vaqtda ma‘lum bo‘lgan vazifa, masala
bo‘yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi. Muammoli vaziyatning mohiyati
shundaki, u o‘quvchiga tanish bo‘lgan ma‘lumotlar va yangi faktlar hodisalar (ularni
tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o‘rtasidagi ziddiyatdir.
338
Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilardir:
- o‘quvchida notanish faktning mavjud bo‘lishi;
-vazifalarni bajarish uchun o‘quvchiga beriladigan ko‘rsatmalar, yuzaga kelgan bilish
mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi.
Muammoli vaziyatdan chiqa olish hamma vaqt muammoni, ya‘ni – nima
noma‘lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anlash bilan bog‘langan.
Muammoli vaziyatni fikriy tahlil qiladigan bo‘lsak, u avvalambor, o‘quvchilarning
mustaqil aqliy faoliyatidir. U o‘quvchini intellektual mashaqqat keltirib chiqargan
sabablarini tushunishga unga kirish, muammoni so‘z bilan ifodalash, ya‘ni- faol fikr
yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o‘rinda izchillik yorqin ko‘rinadi; avvalo,
muammoli vaziyat yuzaga keladi, so‘ng o‘quv muammosi shakllanadi. O‘qitish
jarayonida o‘quv muammosining muhim belgilari ham mavjud. O‘quv muammosining
muhim belgilari quyidagilar:
-yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma‘lumning qo‘yilishi;
-o‘quvchilarda noma‘lumni topish yo‘lida izlanishni amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan muayyan bilim zaxirasining bo‘lishi.
O‘quv muammosini yechish jarayonida o‘quvchilar aqliy faoliyatning muhim
bosqichi uning yechilishi usulini o‘ylab topishga oid farazlar, g‘oyalar qo‘yish hamda
uni asoslashdir. O‘quv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boradi
va bunda har bir savol uning hal qilinishida bir bosqich bo‘lib xizmat qiladi.
Muammoning tarkibiy qismlari, ma‘lum va noma‘lumning o‘zaro munosabati
xarakteri bilimga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi va faol bilishga bo‘lgan
339
izlanishga undaydi. Ta‘kidlash joizki, muammoli o‘qitishning zaruriy sharti
o‘quvchilarda haqiqatni va uning natijasini izlash jarayoniga bo‘lgan ijodiy
munosabatni vujudga keltirish hisoblanadi. Muammoli o‘qitish bilimlarni ongli va
mustahkam o‘zlashtirish, atrof-muhitga o‘zining faol munosabatini belgilab olishda
o‘quvchilar bilish faoliyatini jonlantirishda katta imkoniyatlarga ega. Muammoli
o‘qitishda o‘qituvchi o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi, shundagina
o‘quvchilar fanlarni tahlil qilish asosida mustaqil ravishda intellektual mashaqqatlarni
hal qilish, xulosa chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni shakllantirish, qo‘lga
kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi. Muammoli o‘qitish
natijasida o‘quvchilarda bilimlarga mustaqil erishish qobilyati shakllanadi hamda
mavzu bo‘yicha turli g‘oyalar topish va uni isbotlash orqali yangi aqliy harakat
usullarini topadi, bilimlarni bir muammodan boshqasiga ko‘chirish ko‘nikmasi hosil
bo‘ladi. O‘quvchilarda diqqat va tasavvurlari rivojlanadi, o‘quv materialllarini idrok
qilish orqali ularning bilish faolligi oshadi. Shunday qilib, muammoli o‘qitishning
vazifasi o‘quvchilar tomonidan bilimlarni puxta o‘zlashtirish va aqliy hamda amaliy,
mustaqil faoliyatlarini samarali bo‘lishiga hamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda
olingan bilimlarni ijodiy qo‘llash malakasini xosil qilishdir.Dars jarayonlarida
o‘qituvchining muammoli topshiriqlardan foydalangan holda darslarni tashkil etish-
o‘quvchilarning mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini oshirish bilan birga tashabbuskorlik
tuyg‘ulari ortib, o‘quvchilar oz‘o‘zini boshqaruvi amalga oshadi, yaratuvchanlikka
undaydi, yaratuvchanlikni o‘qgangan bola boshqa har qanday sohaga hech
qiyinchiliklarsiz erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |