Research and publications


BOBURNOMA”DA UMARSHAYX MIRZO TASVIRI



Download 10,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/217
Sana23.07.2022
Hajmi10,45 Mb.
#841807
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   217
Bog'liq
“TA’LIM FIDOYILARI” JURNALI. 4-SON

BOBURNOMA”DA UMARSHAYX MIRZO TASVIRI
Maftuna NORQULOVA, 
ToshDO„TAU magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada Bobur o‗zining ―Boburnoma‖ asarida otasi tasviri orqali 
tarixiy haqiqatni haqqoniy bayon qilib bergani, unga xolis, odil inson sifatida baho 
bergani haqidagi firlar keltirilgan.
Kalit so‗zlar: tasvir, uslub, portret, personaj, tarixiy, salbiy, nasr, arbob, mutasavvif, 
pir, badmaosh, xarakter. 
Zahiriddin Muhammad Boburning ―Boburnoma‖ asari hayotni haqqoniy aks ettirgani, 
o‗ziga xos uslubi va tilining go‗zalligi bilan mumtoz nasrimizning eng nodir namunasi 
hisoblanadi. ―Boburnoma‖ turkiy tilda yaratilgan badiiy va ilmiy asar sifatida butun 
dunyo olimlari-yu, tadqiqotchilar diqqatini o‗ziga tortib kelmoqda. 
Ma‘lumki, ―Boburnoma‖da mingdan ortiq turli toifadagi kishilar haqida so‗z 
yuritiladi. Asarda tasvirlangan har bir obraz, personaj, shaxs o‗zining tashqi ko‗rinishi,
xulq-atvori bilan alohida ajralib turadi. E‘tiborlisi, muallif kim haqida so‗z yuritmasin, 
uni ham ijobiy, ham salbiy jihatlarini boricha kitobxonga ko‗rsatib o‗tadi. Bobur 
asarning boshdan oxirigacha voqeliklarni, shaxslarni tasvirlashda, shaxsiy 
munosabatidan qat‘i nazar xolis baho berishga harakat qiladi. Asarda yorqin tasvir 
etilgan personajlardan biri – otasi Umarshayx mirzodir.
U otasi Umarshayx mirzoni tasvirlar ekan, ―past bo‗yluq, tegirma saqolliq, qo‗ba 
yuzluq tanbal kishi edi. To‗nni bisyor tor kiyar edi, tortib bog‗latur edi, andog‗kim, 
bog‗ bog‗laturda qornini ichiga tortib bog‗latur edi, bog‗ bog‗lag‗ondin so‗ o‗zini 
qo‗ya bersa, bisyor bo‗lur edikim, bog‗lari uzulur edi. Dastorni dastor pech chirmar 
edi. Ul zamonda dastorlar tamom chorpech edi, bechin chirmab, aloqa qo‗yar edilar. 
Yozlar g‗ayri devonda aksar mo‗g‗uliy bo‗rk kiyar edi‖ der ekan, hatto otasi haqida 
fikr yuritganda ham xolis baho berganini ko‗rishimiz mumkin. 


317 
―Past bo‗yluq‖ iborasi orqali Bobur otasining daroz emas, o‗rta bo‗ylik ham emas 
balki past bo‗ylik inson ekanligini ko‗rsatadi. Ustidagi libos, to‗nga berilgan 
ta‘riflardan esa Umarshayx mirzo keng yelkali inson bo‗lganini anglaymiz. ―Tegirma 
saqolliq‖ va ―qo‗ba yuzluk‖ iboralari orqali esa qalin soqollik, keng yuzli kishi 
bo‗lganidan dalolat beradi. ―Dastorni dastor pech chirmar edi‖ iborasida Umarshayx 
mirzoning sallasini maxsus salla o‗raydigan kishi o‗rab qo‗yishi nazarda tutilmoqda.
Otasining xarakteri va xulqi haqida so‗z yuritar ekan: ―hanafiy mazhabliq, pokiza 
e‘tiqodliq kishi edi, besh vaqt namozini tark qilmas edi, umriy qazolarini tamom qilib 
edi, aksar tilovat qilur edi (―Boburnoma‖. – Toshkent, ―Yangi asr avlodi‖, 2015, 16-
bet)‖ deb, uning pok, e‘tiqodli shaxs bo‗lganini alohida ta‘kidlab, shu xislatlarini 
Umarshayxning ijobiy fazilatlariga kiritadi. Demak, Umarshayx mirzo iymonli, 
e‘tiqodli shaxs bo‗lgan. Namoz islomning shartlaridan biri va islom dinida har bir 
musulmonga farz qilingan. Umarshayx mirzo ham besh mahal namozlarini to‗liq ado 
etgan, hattoki, butun umrlik qazolarini ham tugatib bo‗lgan. 
―Hazrat Xoja Ubaydullog‗a irodati bor erdi, suhbatlarig‗a bisyor Musharraf bo‗lub 
edi. Hazrat Xoja ham farzand deb erdilar‖. ―Boburnoma‖ da Xoja Ahror Vali haqida 
so‗z ketar ekan, muallif o‗z davrining ma‘naviy, siyosiy arbobi bo‗lgan shaxsni piri va 
haloskori sifatida qadrlaydi. Xoja Ahror Vali ham otasi Umarshayxni farzand sifatida 
qadrlagan. Haqiqatdadan ham Xoja Ahror Vali musulmon olamining ulug‗ mutasavvif 
donishmandlari orasida o‗ziga xos o‗rniga ega. Xoja Ahrorning buyukligi shundaki, 
uning siymosida islomiy fidoiylik, adolatpeshalik, insofu tavfiq, g‗aribparvarlik, 
faqirlik va davlatmandlik mujassam edi. Agar Sharq va G‗arb olimlarining asarlarini 
ko‗zdan kechirilsa, ularda Xoja Ahror haqida samimiy fikrlar yozilganini ko‗rishimiz 
mumkin.
Bobur otasi haqida ―Ravon savodi bor edi. ―Xamsatayn‖ va masnaviy kitoblarni o‗qur 
edi. Aksar Shohnoma o‗qur edi‖ der ekan, otasining fors adabiyoti ayniqsa,
Abulqosim Firdavsiy ijodiga mehri borligini aytadi. ―Tab‘i nazmi bor edi, vale 
she‘rg‘a parvo qilmas edi‖ der ekan, Uning tab‘i nazmi borligini, lekin she‘r 
aytmaganligini tasvirlaydi.
Muallif otasining adolatli, omonatga xiyonat qilmaydigan inson sifatida tasvirlar ekan, 
shunday deydi: ―Adolati bu martabada ediki, Xitoy korvoni keladurganda, 
Andijonning sharqiy tarafidag‗i tog‗larning tubida ming o‗yluk korvonni andog‗ qor 


318 
bostikim, ikki kishi qutuldi. Xabar topib muhasillar yiborib, korvonning jami‘ jihotini 
zabt qildi. Har chandikim vorisi hozir yo‗q erdi, bovujudi ehtiyoj saxlab, bir ikki yildin 
so‗ngra Samarqand va Xurosondin vorislarini tilab kelturub, mollarni solim topshirdi‖. 
Birovning omonatiga bunday munosabat, Umarshayx mirzoning ibrat olsa arziydigan 
xislatlari, bugun uchun ham ahamiyatlidir.
Muallif otasining saxovatli, xushxulq, hazilkash, gapga chechan va shirinso‗zli kishi 
ekanini aytib, shunday so‗z yuritadi: ―Bisyor saxovati bor erdi. Xulqi dag‗i 
saxovaticha bor erdi, xushxulq va harrof va fasih va shirin zabon kishi eri, shujo‘ va 
mardona kishi edi‖.
Bobur hatto otasi bo‗lsa ham Umarshayx mirzoning jangavorlik qobiliyatini ham 
ijobiy, ham salbiy tomonlarini ko‗rsatadi: ―Ikki martaba o‗zi jami‘ yigitlardin o‗zub 
qilich tegurdi: Bir martaba Axsi eshigida, yana bir martaba Shoxruxiya eshigida. O‗qni 
o‗rta chog‗liq otar edi, bisyor zarb mushti bor edi, aning mushtidin yigit yiqilmog‗on 
yo‗qtur, Mulkgirlik dag‗dag‗asi jihatidin xeyli yarashlar urushqa va do‗stluqlar, 
dushmanliqqa mubaddal bo‗lur edi‖. 
―Boburnoma‖da Umarshayxning salbiy jihatlariga ham o‗rin berilgan. Bobur 
Umarshayx bek-amirlari haqida fikr yuritar ekan, uning o‗z odamlarini tanimasligi va 
shuning uchun ko‗p shikast topganini aytadi. U otasini ―badmaosh‖, ya‘ni odamlar 
bilan til topisha olmasligini, odamlarning tabiatini yaxshi bilmasligini va shu jihati 
sababli ko‗p pand yeganini aytadi: ―Necha navbat qoyin otasi Yunusxonnikim, 
Chingizxonning ikkinchi o‗g‗li Chig‗atoyxon naslidindur, Chig‗atoyxonning yurtida 
mo‗g‗ul ulusining xoni ul fursatta ul erdikim, mening ulug‗ otam bo‗lg‗ay, istid‘o 
qilib kelturdi. Har qatla kelturganda viloyatlar berur erdi. Chun Umarshayx mirzoning 
muddaosidek bo‗lmas erdi, gohi Umarshayx mirzoning badmaoshlig‗idin, gohi 
mo‗g‗ul ulusining muxolafatidin viloyatga turolmay yana Mo‗g‗ulistonga chiqar erdi‖.
―Boburnoma‖ni o‗qigan kitobxon ilm – fanning juda ko‗p sohalari bo‗yicha qimmatli 
ma‘lumotlar olishi bilan birga, Zahiriddin Muhammad Boburning nihoyatda 
murakkab, ayni paytda sarkarda sifatida mard – jasur, inson sifatida jozibador, ota 
sifatida farzandlari uchun mehribon – fidoiy qalbning porloq siymosini yaqqol 
tasavvur qiladi. Shu jihatdan Hindistonning atoqli jamoat arbobi Javoharlal Neruning 
―Hindistonning kashf etilishi‖ asarida Bobur haqida aytgan quyidagi so‗zlarini 
keltirish o‗rinlidir: ―Bobur dilbar shaxs uyg‗onish davrining tipik hukmdori, mard va 


319 
tadbirkor odam bo‗lgan. U san‘atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi 
ko‗rardi‖. 
Xulosa qilib aytganda, Bobur o‗z asarida otasi tasviri orqali tarixiy haqiqatni haqqoniy 
bayon qilib bergan. Ayniqsa, personajlar xulq-atvori borasidagi tasvirlar e‘tiborga 
molik. ―Boburnoma‖da ko‗plab shaxslar, personajlar tasviri berilganki, ular 
Umarshayx mirzoning ana shunday salbiy xususiyatlarini yanada to‗ldiradi.
Bobur shunchalik sinchkov shaxs bo‗lganki, hech narsani e‘tiboridan chetda 
qoldirmagan va har bir shaxsga xos bo‗lgan eng nozik jihatlarini ilg‗agan, uni munosib 
so‗z, ibora orqali o‗quvchiga mahorat bilan yetkazib bergan.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
Zahiriddin Muhammad Bobur . Boburnoma.: – Toshkent.: ―Yangi asr avlodi‖, 
2015. -704-b. 
2. 
Bobur.Z.M. Boburnoma (V.Rahmonov, K.Mullaxo`jayeva tabdili). – Toshkent: 
"O`qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017. – 366 bet. 
3. 
Qudratullayev H. Bobur armoni. – Toshkent: ―Sharq‖, 2009. – 384-b.
4. 
Qudratullayev H. Boburning adabiy-estetik olami. – Toshkent: ―Ma‘naviyat‖,
2018. – 272-b. 
5. 
Saviya.uz 
6. 
Ziyonet.uz


320 
TALABALAR TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI 
Boymatov Nuriddinjon Mirzaqulovich 
Guliston davlat universiteti, nuriddinjon.boymatov.83@mail.ru 
Annotatsiya
Ushbu maqolada bo`lajak texnologiya ta`limi o`qituvchilari tafakkurini va ilm-fanga 
ijodiy munosabatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharotida fan texnika 
taraqqiyotini jahon standarti darajasiga chiqishini, mahsulot sifatini tubdan 
yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta'minlay oladigan yosh 
avlodni tarbiyalash masalasi ko‘tariladi. 
Kalit so‗zlar: texnik qurilma, sodda mexanizmlar, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 
odamlar, ijod qilish, murakkab masala, texnik yechim, ―Amal va xato‖ metodi, «Aqliy 
xujum» metodi, Ekspertlar, ijodkorlik 
Birinchi texnik qurilmalar va sodda mexanizmlar paydo bo‘lishi bilan insoniyat o‘z 
oldiga xar xil qiyinchiliklarda va ahamiyatga ega bo‘lgan texnik vazifalarni yechishga 
harakat qiladi. Insoniyat o‘sib kelayotgan ehtiyojini ko‘niktirish va mehnatini 
yengillashtirish maqsadida yangi texnikani va mashinalarni yaratishga, ularning ish 
unumdorligini oshirishga va foydali ish koyeffitciyentini ko‘paytirishga harakat qiladi. 
Ko‘p vaqtlar ijod bilan faqat qobiliyatli odamlargina shugullanadi deb tushunilgan. 
Ilm, fan va texnikaning o‘sib borishi shguni ko‘rsatadiki ko‘p sonli maxsus 
tayyorgarlikdan o‘tgan odamlarning tayyorgarligi tufayligina ilmiy texnik 
taraqqiyotining rivojlanishini ta‘minlay oladi. 
Asrimizning 40-yillarida texnik yechimlarini tadqiq qilishning faol usullariga yehtiyoj 
kuchayadi. Bu boradagi metodlarning yetishmasligi atom energetikasi, raketasozlik, 
elektron-hisoblash mashinalarini takomillashtirish ishlarining rivojiga salbiy ta‘sir 


321 
ko‘rsatmoqda edi. Bu davrda turli yo‘nalishlarda izlanishlar olib borilishi natijasida 
quyidagi holatlar aniqlanadi: 
1. Murakkab masalalarni xatto daho insonlar ham yakka o‘zlari yecha olmasligi, ijod 
qilishning jamoa usuliga zaruriyati asoslandi; 
2. Texnik yechimlarni ishlab chiqishga ajratilgan vaqtning qisqaligini e‘tiborga olib 
ilmiy izlanishlar uzluksiz ravishda yangi g‘oyalarning ishlab chiqishi bilan birgalikda 
olib borilishi lozim. 
3. Mavjud bo‘lgan ko‘plab g‘oyalar orasidan asosli va samarali bo‘lganligini ajratib 
olish yo‘llarini belgilash. 
Ijod qilishni o‘rganish uchun uning qobiliyatini bilish kerak. Oldingi vaqtlarda ya‘ni 
qurollanish davrlarida ixtirochilik bilan shugullanishda faqat bitta «Amal va xato» 
metodidan foydalanilgan. Ular uzlarining ish jarayonlarida texnik masalalarni 
yechishda xar xil (ko‘p) amallarni bajarishda ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi va bu 
xatoliklarni minimumga keltirishga harakat kilinadi. 
Har xil texnik masalalarni yechishda ixtirochilik «Amal va xato» metodini 
qo‘llaydilar. Uning mohiyati shundan iboratki texnik masalani xal yetishda ixtirochi 
bor imkoniyatini variantlarining hammasini qo‘llagan holda qo‘yilgan talabga javob 
beradigan bittasini tanlaydi. Texnik masalani yechishda ko‘prok ixtirochilikning 
kuzatuvchanligi, intuisiya, intellekti ahamiyatga molik. 
―Amal va xato‖ metodining kamchiligi ham undan foydalanish metodikasi yaratish 
juda murakkab. Har bir yangi texnik masalani yechishda ixtirochi ishni yangidan 
boshlashga majbur. «Amal va xato» metodi juda og‘ir mehnatni talab yetadi va undan 
foydalanishda masalalarni mufaffaqiyatli yechishga kafolat bera olmaydi. Ilmiy-
texnika taraqqiyot sharoitida texnikaning gurillab rivojlanib borishida ulkan g‘oyali, 
katta yeffekt beradigan metodlarni foydalanishni takozo yetadi, lekin tajriba shuni 
ko‘rsatadiki, texnik masalani yechishda foydalaniladigan barcha metodlarda amal va 
xato metodi yelementlari ma‘lum darajada ishlatiladi. 
Olimlarning fikricha ijodiy faoliyat bu aniq qonuniyatga asoslangan xarakterda bo‘lib 
ijodiy masalani yechishning adekvat metodlarini topishga zamin yaratadi. Bu metodlar 
2 ta guruhga bulinadi. 


322 
1. «Aqliy xujum» sinektika, nazorat savollari, morfologik tahlil metodlari, bular 
asosiativ fikrlari va kutilmagan yechim xarakterli mexanizmlarga asoslanadi. Bu 
metodlardan foydalanish juda yengil, lekin qo‘llanilayotgan obektning mohiyatiga 
boglanmagan. 
2. Ixtirochilik masalalarini yechish algoritmli funksional-tannarx tahlili metodlari va 
boshqalar kiradi. Bu metodlardan foydalanish juda murakkab. Lekin obektning 
mohiyatini ochib berishga karatilgan. Ishlab chiqarish korxonalar ilmiy asoslarida 
yextiyoj paydo bular yekan, u ko‘plab ilmiy tekshirish institutlariga nisbatan ilm-fanni 
rivojlanishiga sabab buladi. 1990 yilning urtalarida atom yenergetika, raketasozlik 
yelektr hisoblash mashinalarining jadal surat bilan rivojlanib ketishi ijodiy mehnatni 
ilmiy asosda tashkil qilish yo‘llarini kidirish boshlandi. Ular xar xil yunalish bo‘yicha 
olib boriladi. Shulardan bittasi Amerikalik tadbirkor va ixtirochi A.Osbodning taklif 
yetgan «Aqliy xujum» metodi yedi. Uning fikricha kimlardir g‘oya Bera olish 
imkoniyatiga yega bulsa, kimlardir uni tanqidiy tahlil kila olish imkoniyatiga yega. 
Ularni 2 ta guruhga, ya‘ni «Generatorlar» va «ekspetrlar» ajratishni taklif yetadi. 
«Aqliy xujum» metodini qo‘llashda quyidagi tartib koidalarni ishlab chikkan: 
1. «Aqliy xujum» metodi yordamida masalalarni yechishda 12-25 kishilar ishtirok 
yetishi kerak. Ularni yarmi g‘oya beruvchilar yarmi tahlil qiluvchilar. Miyani 
generasiya qiluvchilar kuchli fantaziyaga, abstrakt tafakkuriga yega bo‘lgan kishilar 
kiritiladi. Ekspertlar guruhiga tahliliy va tanqidiy fikrlaydigan shaxslar tanlab olinadi. 
«Aqliy xujum» sessiyasiga malakali, tajribali xodimlar rahbarlik qiladi. 
2. Generatorlar qo‘yilgan masalalarni yechimini topish uchun maksimal sondagi 
g‘oyalarni beradilar. Berilgan g‘oyalar bayoni magnitafonlarga yozib olinadi. 
Ekspertlar shularni ichidan ma‘qulini tanlab olishadi. 
3. Qo‘yilgan masalani yechimining og‘irligiga qarab «Sessiya» 30-50 minut ichida 
davom yetadi. 
4. «Aqliy xujum» sessiyasida ishtirok yetilayotgan xodimlarning o‘rtasida bir-biriga 
nisbatan xurmat va yerkin munosabatni o‘rganish zarur. 


323 
5. Agarda sessiya natijasiz tugasa uning ishtirokchilarini o‘zgartirish zarur. Masalaning 
qo‘yilishi ham qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. 
Talabalar ijodkorligini rivojlantirishda quyidagilarga e`tiborni qaratish mumkin: 
1. Ijodkorlikni takomillashtirish. 
2. Innovatsiya va ilg‗or texnologiyalardan foydalanish
3. Talabaning yangi nazariy bilimlar bilan boyitish. 
4. Talabaning tabiati, qobiliyati, ehtiyoji va moyilligiga moslashish. 
5.Ijodkor shaxsga yo‗naltirilgan ta'limni yo‗lga qo‗yish.
6. Intensiv-ekistinsiv ta'limni yo‗lga qo‗yish. 
7. Ijodkorlikni modullashtirish, loyihalashtirish, algoritmlash, faollashtirish asosida 
texnologiyalashtirish. 
8. Ijodkorlik darsini takomillashtirish, yangilash. 
«Ijodkor yoshlar bilan ishlash dasturi»ni bajarish avvalo ijodkor yoshlarni qanday 
mezonlar asosida tanlab olish va uni qanday takomillashtirib, rivojlantirish kerakligini 
ilmiy asoslashni takozo etadi. Jumladan, hozirgacha ijodkor talabalarni tanlash va 
rivojlantirish har xil kasb va sohalar yo‗nalishlari bo‗yicha ilmiy asoslangan dasturga 
va mezonga ega emas. Shu ma'noda ushbu yo‗nalish bo‗yicha tadqiqotlar olib borish 
xozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Xo‗sh, ijodkor talabaning 
ijodkorlik darajasi qanday aniqlanadi va u qanday rivojlantiriladi?
Ijodkorlik belgisi avvalo har bir soha, mutaxassislik yoki fan bo‗yicha mutasaddi 
murabbiylar tomonidan aniqlab olinadi. Bunda bitta «qolip»ga tushadigan mezon yoki 
o‗lchov bo‗lishi mumkin emas. Bu yerda ijodkorlikni aniqlash individual 
imkoniyatlarni hisobga olish tamoyiliga asoslangan bo‗lishi muhim hisoblanadi. Bu 
jarayon birinchi bosqichda shaxsni ijodkor deb tan olishni belgilovchi sifatlarning eng 
muhimlari ro‗yxatini tuzib olishni talab qiladi (dastlabki mezon). 


324 
Ikkinchi boqichda esa ana shu belgilarni takomillashtirish va rivojlantirish sharoitlari 
muvofiqligini ta'minlovchi vazifalarni shakllantirish va uni hal qilish yo‗nalishini 
to‗g‗ri belgilab olish zarur. 
Uchinchi bosqichda shaxsni tavsiflovchi ijodkorlik belgilarining qay darajada 
rivojlanib, takomillashib borayotganligini baholash ishlari amalga oshiriladi. 
To‘rtinchi bosqichda talabaning ijodkorligini belgilovchi kuchli va kuchsiz (bo‗sh) 
tomonlari ro‗yxati tuzilib, qaytadan takomillashtirish rejasi ishlab chiqiladi. 
Beshinchi bosqichda belgilangan muddatda takomillashtirish zarur bo‗lgan ijodkorlik 
belgilari holati natijalari tahlil qilinadi.
Ijodkorlikning barcha belgi va sifatlarini umumiy holda ikkita guruhga bo‗lish 
mumkin (I bosqich). 
I. Har tomonlama aloqador sifatlarini belgilovchi («kommunikativ») xususiyatlari 
guruhi: 
1. O‗ziga bo‗lgan ishonchi; 
2. Tanqidga, o‗ziga bildirilgan salbiy fikrlarga munosabati;
3. Ishni batartib bajarish qobiliyati (taktikaliligi);
4. Uddaburonliligi;
5. Jonquyarligi;
6. Umuminsoniy fazilati;
7. Kishilarga yoqimliligi, yaqinligi va hokazo.
II. «Ishchi» xususiyatlari guruhi:
Maqsad sari intiluvchanligi;
1. 
Mohirligi va sifatlilikka moyilligi;
2. 
Fikrida qat'iyligi;


325 
3. 
Vaziyatni tez va chuqur anglay olishi;
4. 
Mustaqilligi; 
5. 
Harakatchanligi; 
6. 
Tashabbuskorliligi va hokazolar.
Mazkur belgilanishlar yetarli bo‗lmasa uni sharoitdan kelib chiqib, o‗zgartirish 
(kengaytirish) ham mumkin. 
Boshlang‗ich saviyadan yuqori saviyalarga takomillashtirish bosqichlari ketma-ket 
og‗ishmay amalga oshishini ta'minlash maqsadida biz tomonimizdan bir necha 
darajadagi mezon ishlab chiqiladi. (II bosqich). 
I darajada. Masala (muammo)ni rahbarning o‗zi qo‗yadi va o‗zi yechadi. Talaba uni 
o‗rganib chiqadi va yodida saqlaydi. 
II daraja. Rahbar masala yoki bironta muammoni qo‗yadi, uni hal qilish shartlarini 
tushuntiradi, mumkin bo‗lgan barcha variantlari bilan tanishtiradi va shular ichidan 
eng samaralisini tanlashni taklif qiladi. 
III daraja. Rahbar faqat muammo va topshiriqni aytadi. Talabaga uni har tomonlama 
tadqiqot qilish va hal qilish yuklatiladi. 
IV daraja. Talabaning o‗zi bironta muammoni payqaydi va uni o‗zi hal qiladi. 
Ijodkorlik xususiyati va belgilarining qay darajada muvaffaqiyatli 
takomillashayotganini baholash uchun (III bosqich) uch balli tizimdan foydalaniladi. 
Talabning to‗liq bajarilishini «2» raqami bilan, qisman bajarilishini «1» bilan, 
bajarilmaganini «0» bilan belgilaymiz.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, talabalarning ijodkorlik qobiliyatlarini 
takomillashtirish jarayonida bizga shu narsa ma'lum bo‗ldiki, ijodkorlik shaxsiy sifat 
va xususiyatlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun ma'lum tartibga tushirilgan 
uzviy va kishini har doim olg‗a yetaklab, zavq-shavq o‗yg‗otuvchi muhit yaratish talab 
qilinadi. Shu ma'noda aytish mumkinki, insonni o‗z ichki tug‗yoni bilan olg‗a 
intilishga bo‗lgan mayl va harakatini hyech narsa bilan o‘zgartirib bo‗lmaydi. 


326 
Adabiyotlar ro‘yxati 
1. 
Davletshin M.G «Zamonaviy maktab o‗qituvchisi». – T., 1998 y. 
2. 
Muslimov N. Kasb ta'limi o‗qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-
metodik asoslari: Pedagogika fanlari doktori dissertatsiyasi. – T., 2007 y. 
3. 
Umarov B.M. Muloqot va shaxslararo munosabat psixologiyasi – T., 1997 y. 
4. 
«Ijodkor talabalarni izlash, aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash nizomi» – 
JDPI, 2001 y. 


327 

Download 10,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish