179
O‘quvchilarning mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatishini ta‗minlash maqsadida darslarda
ertak, she‗r
va topishmoqlar, shu jumladan, kichik matnlardan foydalanish o‘rinlidir.
Darsga tayyorlanishda o‘qituvchi matnning hajmi, unga sarflanadigan vaqtni ham aniq
belgilab olishi, maqsadga muvofiq matnlarni tanlash lozimligini ham unutmasligi
kerak. Matn bilan ishlashga ortiqcha vaqt sarflash o‘quvchilar faoliyatini sustlashtiradi.
O‘quvchilarni matnlar bilan ustma-ust band qilib qo‘yish ta‗lim samaradorligiga salbiy
ta‗sir ko‘rsatishi mumkin.
Bundan tashqari, matnlarning sharti o‘quvchilarning yosh xususiyati va o‘quv
imkoniyatlariga to‘la mos kelishi zarur. O‘quvchi kichik hajmli matnlarni yaxshi
o‘zlashtirib olishi uchun, unda matnni yaxshilab o‘qish,
mazmunida nimaga ishora
qilinayotganini tushunish ko‘nikmasini shakllantirish lozim. Matnlar o‘quvchilarning
yozma nutq faoliyatini rivojlantirish, tushuncha va tasavvurlarini boyitishga xizmat
qiladigan mazmun kasb etishi kerak. Matn bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarga
yozma nutqni rivojlantirishga oid vazifalar qo‘yilishi o‘quvchilarning nafaqat fikrlash
qobiliyatini shakllantiradi, balki yozma nutq ko‘nikmalarini ham rivojlantirib boradi.
Xorijiy til darslarida foydalaniladigan ertak, masal, she‗r va topishmoqlar, shu
jumladan, kichik matnlar o‗quvchilarni dars jarayonida zerikishdan saqlaydi,
ularni
mustaqil ishlashini ta‗minlaydi. Buning uchun ularga matn haqida tushuncha berib, uni
yaxshilab o‘qish, mazmunida nimalar ifodalaganini farqlash kerakligi o‘rgatiladi.
O‘quvchilarning og‘zaki nutq bilan bir vaqtda yozma nutqini rivojlantirish,
savodxonligini oshirish xorijiy til darslarida muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchining bilimi
nafaqat xorijiy tilda gapira olishi, balki xorijiy tildagi so‘z, gaplarni ham orfografik,
ham grammatik jihatdan to‘g‘ri yoza bilishi bilan ham baholanadi.
Ingliz tilida yozish ko'nikmasi bilan bir qatorda gapirish ko‗nikmasini rivojlantirib
borish zarur. Buning uchun eng avval talaffuzga e‗tibor berishimiz kerak. Agar ingliz
tilidagi so‗zlarni to‗g‗ri talaffuz qila olmasak, nutqimiz boshqalar uchun tushunarsiz
bo‗lib qolishi mumkin. So‗z boyligimizda mavjud bo‗lgan barcha ingliz tilidagi so‗z
va iboralarimizning to‗g‗ri talaffuzini
birma-bir tekshirib, o‗rganib chiqishimiz kerak
bo‗ladi.
So‗zlarning to‗g‗ri talaffuzini o‗rganish uchun ingliz tili fonetikasini to‗liq
o‗zlashtirishingiz shart emas. Alohida so‗zlarning qanday talaffuz qilishinishini bilish
uchun lug‗atlarda beriladigan so‗zlarning transkripsiyasini o‗rganib chiqishimiz yetarli
bo‗lishi mumkin.
180
Bundan tashqari bugungi kunda internet orqali ingliz tilidagi barcha so‗zlarning to‗g‗ri
talaffuzini
eshitish
orqali
o‗rganib
olishimiz
mumkin.
Misol
uchun,
www.dictionary.com
saytiga kirib, istalgan ingliz tilidagi so‗zni qidirsangiz, so‗z
ma‗nosi bilan bir qatorda so‗zning to‗g‗ri talaffuzini eshitish imkonini beruvchi kichik
eshitish belgisi ham ko‗rinadi. Bu orqali biz ingliz tilidagi barcha so‗zlarning to‗g‗ri
talaffuzini o‗rganib olishimiz mumkin.
Ingliz tilida gapirish ko‗nikmasini rivojlantirish uchun zarur bo‗lgan yana bir
mashg‗ulot – bu ingliz tilidagi nutqni tinglash. Nuqt shaklining qanday bo‗lishi
ahamiyatsiz – dialog, monolog, qo‗shiq, she‗r, hikoya, kinofilmdan olingan audio
nutq… Muhimi, nutq sof ingliz tilida bo‗lishi kerak. Ko‗pchincha o‗rganuvchilar
ingliz tilida gapirishni o‗rganish uchun ko‗proq o‗qish kerakligi haqida bosh
qotirishadi.
Ingliz tilidagi matnlarni, kitob va jurnallarni o‗qish so‗z boyligingizni
oshirishda yordam berib, gapirish ko‗nikmasining rivojlanishiga ma‗lum darajada
ijobiy ta‗sir qilishi mumkin. Lekin hech bir boshqa mashg‗ulot gapirish
ko‗nikmangizni rivojlantirishga tinglashdek yaxshi ta‗sir ko‗rsata olmaydi. Shunday
ekan, gapirishni xohlasangiz kitoblarni chetga surib qo‗yib
ingliz tilidagi nutqni
ko‗proq tinglashga harakat qiling. Ingliz tilida filmlar ko‗ring, qo‗shiq, dialog va
monologlarni tinglang. Tinglash orqali so‗z boyligingizni oshirish bilan bir qatorda,
so‗zlarning to‗g‗ri talaffuzini ham o‗rganib olasiz. Bugungi kunda til o'rganishda
anchayin ommalashgan Booknomy intensiv kitobi ham ingliz tilida eshitish orqali
o'rganish uchun yaxshi samara bera oladi.
Ingliz tilida gapirishni o‗rganish jarayonida o‗zingizni erkin tuting va
hayajonlanishsiz, butun e‗tiborni gapirishga qarating. Gapirish jarayonida xatolarga
yo‗l qo‗yish tabiiy ekanligini tushuning. Hech kim xatolarsiz o‗rganmagan.
Siz ham
gapirishni o‗rganishda xatolarga yo‗l qo‗yasiz. Muhimi, bu xatolarda to‗xtab
qolmasdan, gapirishning yuqoriroq, keyingi bosqichiga ko‗tarilish va o‗z ustida
tinimsiz ishlash, ekanligini doim yodda tuting.
Do'stlaringiz bilan baham: