www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 29
shu muammodan boshlash maqsadga muvofiq bo´ladi.Chunki adabiyot o´qitishdagi
rasmiyatchilik quruqlik,hayotdan uzilish va boshqa ko´p kamchiliklar,ya´ni mustaqil
mutolaa
ko´nikmasini
shakllantirish
vazifasi
yetarli
darajada
keskin
qo´yilmaganligidan kelib chiqadi.Fan va texnikaning beqiyos taraqqiyoti,axborot
texnologiyasining turli-tuman ko´rinishlari bugungi hayotimizdan mustahkam o´rin
olgan .Ayniqsa,kino va televideniye yosh-u kattani o´ziga birdek mahliyo qilib,kitob
mutolaasiga sarf qilinadigan vaqtni ham o´z tasarrufiga olgan.Internet orqali esa
istalgan ma´lumotni hech bir qiyinchiliksiz topib olish imkoniyati berib turilgan bir
davrda bugungi o´smir haqli savol qo´yishi mumkin:kitob o´qish shartmi?
Haqiqatan ham kitob o´qish shartmi?Shundoq ham vaqt ziq.Olamda har kuni roppa-
rosa yarim million kitob chiqib turibdi,qaysi birini ham o´qiyman degan muammo
kitobxonlikka xalaqit beradi.Bu mulohazada mantiq,lekin dahshatli mantiq bor.‖Sariq
devni
minib‖,‖Shum
bola‖,‖O´tkan
kunlar‖asarlari-ning
suratga
olinishi
ularning,ya´ni kitobxonlarining kamayib ketishiga sabab bo´lmoqda.Biroq kino
romandagi barcha go´zalliklarni kitobxon ongiga singdira oladimi yoki kitobdan
olinadigan badiiy zavq va estetik tarbiya o´sha kitobxon axloqi va ma´naviy dunyosi
uchun yetarli bo´lishi mumkinligini tasavvurga sig´dira olamizmi? So´z san´ati
go´zalligi
o´zi
alohida
sehrli
olam,kitobni
qo´lga
olib,yosh
to´kib,quvonib,g´azablanib shaxsan o´qiganga hech narsa yetmaydi.Lekin,goho ekran
yoshlarni faqat tomosha san´ati bilan cheklab qo´yadi,bunday ruhda tarbiya-langan
kitobxon kitob o´qisa ham undan qiziq voqeani qidiradi;tasvirlarni o´ychan,fikrchan
sahifalarni,psixologik,lirik chekinishlarni tashlab o´qishni odat qiladi. O´qishlar ham
har xil bo´ladi.Birov ermak uchun o´qiydi,birov o´qiydigan Kitobini ilmiy tahlil
qilish uchun,ya´ni ―burch yuzasidan‖.Birov bo´lak mashg´ulot bo´lmaganidan,vaqt
o´tkazish
uchun,birov
nimanidir
bilib
olish
uchun,birov
asardagi
voqeaga,qahramonning taqdiriga qiziqib qolgani uchun o´qiydi. Shu bilan birga har
qanday kitobxon har qanday asarni birvarakayiga o´qib ketishi mumkin emas.Hozirgi
axborot va taraqqiyot davrida tanlab o´qishga to´g´ri keladi.Agar hozirgi
sharoitda,‖informatsion portlash‖davrida tanlamay o´qilsa,kitob dengizida g´arq
bo´lib,o´qish bifoyda mashg´ulotga aylanib qolishi mumkin. Masalan,men kitobni
Do'stlaringiz bilan baham: |