www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 151
ta‘sir ko‗rsatadi. Bu xildagi oilalarni bolalari taqdiriga ular qatnaydigan maktabgacha
ta‘lim muassasasi befarq qaramasligi kerak. Tarbiyachi bolalarning salomatligi, xulqi
o‗z tengdoshlari bilan munosabatini doimo kuzatib boradi va kichik insonlar qalbiga
qanday kechinmalar yuz berayotganini sezadilar .
To‗liqmas oilalar. Bu turdagi oilada ota onadan biri bo‗lmaydi. Bunday oilalarda ota-
onalardan birining yo‗qligini bildirmaslik uchun oila azolaridan har birining bolaga
ta‘sirini kuchaytirish, bola o‗zaro munosabatlarda kamchilik sezmasligi uchun bola
tarbiyasiga oiladan ketgan a‘zoni boshqa qarindoshlarini jalb qilish muhimdir.
Shunday qilib maktabgacha ta‘lim muassasalarida oila bilan ishlash o‗ziga xos
xususiyatga ega bo‗lib, oilaning turiga bog‗liq xolda o‗tqaziladi. Maktabgacha ta‘lim
muassasining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bo‗lishi kerak. Ota-
onalar bilan hamkorlik borasida avval erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini
tahlil qilib, xilma-xil va o‗zaro bog‗liq bo‗lgan shakl va usullar yordamida rejali
ishlar olib borish maqsadga muvofiq bo‗ladi .
www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 152
FRANSUZ TILIDA KO‗P UCHRAYDIGAN FE‘LLAR
Narmetova Norgul Kodirovna
Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 18- maktabning
Fransuz tili fani o'qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada
fransuz tilida ko‗p uchraydigan fe‘llar haqida
to‗xtalib o‗tilgan.
Kalit so‗zlar
: Chet tili o‗rganish, to‗rt aspect, o‗qish, yoish, tinglab tushunish va
gapirish, fransiya sanʼati va madaniyatiga, tili hamda adabiyoti, fe‘l zamonlari
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‗ng, chet tillarini o‗rgatishga qiziqish
oshdi va yoshlar uchun ko‗plab imkoniyatlar yaratib berildi. 2012 yil 10 dekabrda
qabul qilingan «Chet tillarini» o‗rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora
tadbirlari to‗g‗risida»gi Qaror chet tillarini o‗rganish imkoniyatlarini yanada
kengaytirdi. Chet tili o‗rganishga bo‗lgan talab ham kundan-kunga oshib bormoqda.
Chet tili fani to‗rt aspectga (o‗qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo‗linib,
ularning har biri bo‗yicha alohida tushuncha va ko‗nikmalar berilmoqda. Buni faqat
ingliz tili uchun emas, balki, fransuz tili uchun ham qo‗llash bugungi kun
talablaridan biridir. Chunki, BMT ish yuritadigan tillardan biri — fransuz tili bugungi
kunda 29 ta mamlakat uchun rasmiy til hisoblansa, 54 ta davlat aholisining ikkinchi
til sifatida yuritilib uni yaxshi bilishadi.
Respublikamizda ham Fransiya sanʼati va madaniyatiga, tili hamda adabiyotiga
qiziqish kuchli. Ayniqsa, soʻnggi yillarda respublikamizda fransuz tilini oʻqitishga
boʻlgan eʼtibor sezilarli darajada kuchaydi. Bugungi kunda 17 ta oliy taʼlim
muassasasida fransuz tili mutaxassislari, pedagoglar tayyorlanadi va til oʻrgatilib
Oʻzbekiston Milliy universiteti, Buxoro va Samarqand,Urganch davlat
universitetlarida lingvistika (fransuz tili) mutaxassisligi boʻyicha qabul yoʻlga
qoʻyildi. Filologiya va tillarni oʻqitish (fransuz tili) bakalavriat yoʻnalishida qabul
kvotasi 3 baravar oshirildi.Bundan tashqari, fransuz tilini ikkinchi chet tili sifatida
oʻrganish, oʻrta maktablarda fransuz tili fani oʻqitilishi, fransuz tilidan zamonaviy
darslik va oʻquv qoʻllanmalar yaratilishi jonlandi. Ayni paytda yurtimizdagi 1 ming
Do'stlaringiz bilan baham: |