www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 153
260 ta maktab va litseylarda, shuningdek, 8 ta oliy taʼlim muassasasida 280 mingdan
ziyod yoshlar fransuz tilidan saboq olmoqda. Fransuz tilini o‗qishning o‗ziga xos
muammolaridan biri, fe‘llarni to‗g‗ri va o‗rinli ishlata bilish san‘atidir. Chunki,
fe‘llar zamon va makon o‗zgarishlariga duch kelib mazkur tilning o‗rganishni
qiyinlashtiradi. Ma‘lumli,ega tomonidan bajariladigan ish –harakat yoki holatni
bildiradiradigan so‗z turkumiga fe‘l deyiladi.Dildora lit un livre –Dildora kitob
o‗qiyapdi gapini olaylik.Bu yerda ―lit‖ –o‗qiyapdi so‗zi nima qilayapdi? so‗rog‗iga
javob bo‗lib fe‘l gapda kesim vazifasini bajaradi. ―Dildora‖ degan ot so‗z
turkumiga mansub so‗z bo‗lib ―o‗qidi‖ degan harakatning bajaruvchisi
hisoblanadi. Fe‘llar harakat yoki holatni anglatishiga ko‗ra harakat va holat
fe‘llariga bo‗linadi.Shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro‗y bergan
harakatni bildiruvchi fe‘llar harakat fe‘llari hisoblanadi. Shaxslarning ichki
kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o‗tish jarayonini
ifodalovchi fe‘llar holat fe‘llari hisoblanadi. Fe‘l jarayon sifatida harakatni ifodalab u
ish-harakatning qaysi holatda qachon bajarishini bildiradi.Tilda funksiya
bajarishiga ko‗ra fe‘l sof ma‘noli va ko‗makchi fe‘llarga bo‗linadi. Ko‗makchi
fe‘llar o‗z navbatida ikki qisimga:sof ko‗makchi va yarim ko‗makchi fe‘llarga
bo‗linadi. Sof ma‘no beruvchi fe‘llar ega talab qiladi. ―Avoir‖ va ―être‖ fe‘llari sof
ma‘noga ega bo‗lishi bilan birga yordamchi fe‘l vazifasida kelib qo‗shma
zamonlarni yasashda xizmat qiladi. «Venir, aller, vouloir, pouvoir, devoir»va
shunga o‗xshagan fe‘llar yarim ko‗makchi fe‘llar turkumiga kiradi.Yarim
yordamchi fe‘llar turli darajalarni amalga keltiradi va sifatdosh bilan yordamchi
fe‘llar aloqasini o‗rnatib, o‗zining leksik ma‘nosini yo‗qotadi.Masalan:
Ils se mirent à observer la cituation –Ular holatni kuzatishga to‗plandilar.
Sa voix vint frapper mes oreilles –Uning ovozi quloqlarimni qomatga keltirdi…
Ba‘zi fe‘llar sifatlar yoki Participe(sifatdoshlar) bilan birikib qo‗shma kesim
yasaydi. Bunda sifat egani izohlaydi(sifatlaydi), fe‘l ega talab qilgan holatni
ifodalaydi. Bu fe‘llar: ―rester‖, ―paraître‖, ―devenir‖ va boshqalar…Fransuz tilni
mukammal o‗rganish jarayonida eng ko‗p ishlatiladigan fe‘llarni havola
qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |