Relyatsion model (inglizcha reletion – munosabat) o’tgan asrning 70- yillari boshida Kodd to
monidan yaratilgan. Modelning soddaligi va egiluvchanligi 22 ma’lumotlar bazalari tuzuv
chilarini e’tiborini o’ziga tortdi. 80-yillarga kelib keng taraqqiy eta boshladi va relyatsion
MBBTlar sanoat standarti darajasiga ko’tarildi.
Model relyatsion algebrasi tushunchalari tizimiga tayanadi. Bu tushunchalarning eng mu
himlari jadval, satr, ustun, munosabat va birlamchi kalitlar sanaladi, bajariladigan amallar
esa jadvallar bilan ish olib borishda aks etadi. Relyatsion modellarda axborot to’g’ri to’rt
burchakli jadvallar ko’rinishida aks ettiriladi. Har bir jadval ustun va satrlardan tashkil top
gan bo’ladi va ma’lumotlar bazalari ichida o’zining takrorlanmas nomiga ega.
Fizik modellarda obyektning tabiati va tuzilishi deyarli asl nusxasi kabi bo'ladi, lekin undan iqdor
(o'lchami, tezligi va hokazo) jihatidan farq qiladi. Misol sifatida samolyot, kema, avtomobil,
poyezd va boshqalarning modellarini olish mumkin.
Faktografik axborot qidirish tizimi (FAQT) raqmli va mantli ma’lumotlarni saqlashda
va qayta ishlashda qo’llaniladi. Tashkil qilinayotgan AATning asosiy qismi
FAQT turidagi tizimga misol bo’ladi. Faktografik axborot qidirish tizimi (FAQT) raqmli va mantli
ma’lumotlarni saqlashda va qayta ishlashda qo’llaniladi. Tashkil qilinayotgan AATning asosiy
qismi FAQT turidagi tizimga misol bo’ladi.
Tarmoqli modellarda ob’ekt (yozuv, fayl)ning tuzilmasi ko‘pincha chiziqli va kamroq hollarda esa
ierarxik bo‘ladi. Quyi pog‘onadagi ma’lumotlarning tuzilmasi ham o‘z xususiyatga va nomiga ega
bo‘lishi mumkin. Masalan, atribut bu ma’lumotlar elementining analogi. CHiziqli tuzilmaga ega
bo‘lgan ob’ekt faqat oddiy va kalit atributlardan iborat. Ierarxik modellardagi ob’ekt (yozuv,
segment) tuzilmasi ierarxik yoki chiziqli bo‘lishi mumkin.Tarmoqli modellar, ma’lumotlarning
ierarxik aloqasini ham aks ettirishga imkon beradi.
Ierarxik modellarda kalit bo‘yicha bevosita kirish odatda, faqat boshqa ob’ektlarga tobe
bo‘lmagan eng yuqori pog‘onadagi ob’ektgagina mumkin. Boshqa ob’ektlarga kirish modelning
eng yuqori pog‘onasidagi ob’ektdan aloqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.Ierarxik ma’lumotlar
bazasida - ma’lumotlar ierarxiya (daraxt) ko‘rnishida saqlanadi.
M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid
tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan)ma’lumotlarningnomlangan to‘plamidir. Ma’lumotlar
bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumotlar
bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini engillashtirish maqsadida ma’lumotlar
bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan
ajratadi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining
murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish va shu
bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud.
Ma’lumotlarning modeli - bu ma’lumotlar uzaro boglangan tuzilishlari va ular ustida
bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir. Modelning shakli va unda foydalaniladigan ma’lumotlar
tuzilishining turi dasturlash tizimi tilida foydalangan ma’lumotlarni tashkil etish va ishlov berish
konsepsiyasini aks ettiradi. Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish
uchun ma’lumotlarning turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi
birini tanlash axborotlar bazasini yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bulib, u
ko‘plab omillardan bog‘liq. Bu omillar qatoriga mavjud texnik va dasturiy ta’minotlar, hamda
avtomatlashtirilayotgan masalalarning murakkabligi va axborotning xajmi kabilar kiradi.
Ma’lumotlar modeli kuyidagi tarkibiy kismdan iborat:
1.Foydalanuvchining ma’lumotlar bazasiga munosabatini namoyish etishga muljallangan
ma’lumotlar tuzilmasi.
2.Ma’lumotlar tuzilishida bajarilish mumkin bo‘lgan operatsiyalar. Ular ko‘rib chiqilayotgan
ma’lumotlar modeli uchun ma’lumotlar tilining asosini tashkil etadi. YAxshi ma’lumotlar
tuzilmasining uzigina etarli emas. Ma’lumotlarni aniklash tili (MAT) va ma’lumotlar bilan amallar
bajarish tilining (MABT) turli operatsiyalari yordamida bu tuzilma bilan ishlash imkoniga ega
bulish zarur.
3.Yaxlitlikni nazorat qilish uchun cheklashlar. Ma’lumotlar modeli uning yaxlitligini saqlash va
himoya qilishga imkon beruvchi vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Begimqulov Azamat 322-guruh