2. Aylanma mablag’lar tarkibi.
Aylanma mablag`lar bir qator belgilariga ko`ra tasniflanadi:
Ishlatilishiga ko`ra: ishlab chiqarishdagi aylanma fondlar va muomala fondlari.
Ishlab chiqarishdagi ahamiyatiga ko`ra: ishlab chiqarish zahiralari; tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari; tayyor mahsulot; pul mablag`lari va schetlardagi mablag`lar.
Tashkil qilinish tamoyillariga ko`ra: meyyorlashtiriladigan; meyyorlashtirilmaydigan.
Shakllanish manbalariga ko`ra: o`z mablag`lari, qarzga olingan mablag`lar.
Bu tasniflanish o`z navbatida yana aylanma mablag`larning belgilariga ko`ra guruhlarga bo`lsada ular o`z navbatida ishlab chiqarish aylanma mablag`lari va muomala fondlaridangina tarkib topganligini ham ko`rsatadi. Ishlab chiqarish korxonalarida aylanma mablag`larni meyyorlashtirish eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul mablag`larining harakati bir meyyorda, to`lov muddatlariga deyarli to`la mos holda amalga oshadi bu esa hattoki pul mablag`larini ham to`la meyyorlashtirish imkoniyatini yaratadi. Bizda esa to`lovdagi mavjud barqaror emasligi, hisob-kitoblardagi uzilishlar va boshqa shu kabi bir qator holatlar evaziga hisob-kitob schetlaridagi va boshqa schetlardagi pul mablag`larini meyyorlashtirish imkonoyatlarini qiyinlashtiradi. Korxona faoliyatining bir maromdaligi, holatlarga moslashuvchanligi va yuqori samaradorligi ko`p jihatdan aylanma mablag`larning optimal hajmiga ham bog`liqdir. Shuning uchun ham korxonadagi joriy moliyaviy rejalashtirish jarayonidagi aylanma mablag`larni mayyorlashtirish jarayoni katta rol o`ynaydi.
3. Korxona aylanma mablag’larini shakllantirish manbalari.
Korxona aylanma mablag`larini me’yorlashtirish va ulardan samarali foydalanish uchun aylanma mablag`larning shakllanish manbalarini ham bilish va o`rganish katta ahamiyat kasb etadi. Korxona aylanma mablag`larini shakllantirish uchun o`z mablag`lari va unga tenglashtirilgan mablag`lar, shuningdek, chetdan jalb qilingan va qarzga olingan mablag`lardan foydalanadi. Korxona aylanma mablag`larining shakllanish manbalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
foyda;
kreditlar (bank tomonidan beriladigan va tijorat, yani to`lovlarning uzaytirilishi);
aksionerlik(ustav) kapitali;
pay vznoslari;
byudjet mablag`lari;
qayta taqsimlangan resurslar(sug`urta, boshqarishning vertical tarkibi);
kreditorlik qarzlari va boshqalar.
Kreditorlik qarzlari korxonaga tegishli bo`lmagan mablag`lardan foydalanishni bildiradi. Bular sirasiga aksaptlashtirilgan va boshqa hisob-kitob hujjatlari bo`yicha qarzlar, schet muddati bo`yicha to`lanmagan qarzlar, byudjetga to`lovlar bo`yicha qarzlar, berilgan veksellar bo`yicha qarzlar, to`lash muddati etib kelmagan to`lovlar, tijorat krediti bo`yicha qarzlar, ish haqi va unga ajratmalar bo`yicha qarzlar va boshqa shu kabilarni kiritishimiz mumkin.
Korxona ixtiyorida doimiy ravishda bo`ladigan kreditorlik qarzlari sirasiga ish haqi va unga hisoblangan ajratmalar bo`yicha davrdan davrga o`tuvchi qarzlar, kelgusi to`lovlar va xarajatlar zahiralari va shu kabilarni kiritishimiz mumkin. Masalan, korxonada faqatgina ish haqi va unga ajratmalar bo`yicha qarz bor deb hisoblaylik. Ish haqi bo`yicha minimal qarz miqdori quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
bu erda, Zm – ish haqi bo`yicha minimal qarz miqdori, so`m;
F – reja bo`yicha kvartaldagi ish haqi fondi, so`m;
D – oy boshidan ish haqi beriladigan kungacha bo`lgan kunlar soni.
Ish haqiga ajratmalar miqdori mavjud va amal qilayotgan normativlar va Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga asosan aniqlanadi. Ish haqi va unga ajratmalar bo`yicha qarzlarning hammasi ham moliya rejasiga kiritilmaydi, balki uning rejalashtirilayotgan davrdagi o`zgarishlarigina kiritiladi. Kreditorlik qarzlarining o`sgan qismi aylanma mablag`larning manbasi hisoblanadi va korxona ixtiyoriga o`tkaziladi, qolgan summa esa foyda va boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |