Рекомендательное письмо


Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati



Download 0,6 Mb.
bet30/60
Sana28.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#586826
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati:

1. Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. Toshkent. “O`zbekiston”. 1995 yil.


2. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent. “O`zbekiston”. 1998 yil.
3. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent.“O`zbekiston”. 1999 yil.
4. Volkov O.I. Ekonomika predpriyatiya. Moskva. “Infra-M”. 2001.
5. Dolan E.D. Rinok: mikroekonomicheskaya model.Sankt-Peterburg.1992.
6. Seddies Yu.,Raysh E.,Ugarov A.A. Ekonomika selskoxozyaystvennix predpriyatiy. Moskva. 2000.
7. Sharifxo`jaev M., Abdullaev Yo. Menejment. Darslik. Toshkent. 2001.
8. Hakimova M. Mikroiqtisodiyot. Toshkent. 1997.
Eslatma: Bundan tashqari har bir mavzu bo`yicha tegishli qonunlar, farmonlar,
yo`riqnomalar, ko`rsatmalar va boshqa me`yoriy hujjatlardan, shuningdek,
ilmiy jurnal va boshqa manbalardan ham foydalanish mumkin


7-MAVZU. KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIQARISH QUVVATI.
Reja.

  1. Asosiy fondlar va ularning korxona faoliyatida tutgan o`rni.

  2. Asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish ko`rsatkichlari..

  3. Korxona ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash uslubi.

Asosiy terminlar: Asosiy vositalar, asosiy fondlar, asosiy fondlar tarkibi, asosiy fondlardan foydalanish ko`rsatkichlari, ishlab chiqarish quvvati, ishlab chiqarish quvvatini hisoblash.


1. Asosiy fondlar va ularning korxona faoliyatida tutgan o`rni.

Korxona moddiy bazasi deganda uning ishlab chiqarish imkoniyatlarini shakllantiruvchi mablag`lar tushuniladi. Korxona yuridik shaxs sifatida ro`yxatdan o`tishi uchun ustav kapitaliga ega bo`lishi lozim. Ustav kapitali – korxona faoliyatida foydalanish uchun mulk egasi tomonidan beriladigan moddiy va nomoddiy boyliklarning qiymat ko`rinishidir. Ustav kapitalining hajmi va tarkibi bir qator sharoitlarga va korxona faoliyatini tashkil qilishga bog`liq bo`ladi. Bu sharoitlardan quyidagilarni ajratib ko`rsatishni lozim deb hisoblaymiz;



  • ishlab chiqarish tarmog`i;

  • korxona masshtabi;

  • korxonani kooperasiyalashtirish va ixtisoslashtirish darajasi;

  • ishlab chiqarishga va korxonaga bir butun holda xizmat ko`rsatishni tashkil qilinishiga.

Ustav kapitali korxona shakllanishi va tashkil qilinishi bilan bir vaqtda shakllantiriladi va tasdiqlanadi. Korxona mustaqil ravishda ustav kapitalining hajmi va tarkibini va undagi o`zgarishlar haqidagi masalarni hal qiladi. Kapitalning o`sishi asosan quyidagilar hisobiga amalga oshishi mumkin:

  • korxona foydasi, u asosan kapital quyilmalar uchun foydalaniladi va korxona aylanma mablag`larini to`ldiradi;

  • aksiyalar chiqarish;

  • subsidiyalar, ular davlat organlari yoki filial korxonalar uchun bosh korxonadan kelishi mumkin;

  • qo`shumcha sarmoyalarning kiritilishi, ular sirasiga huquqiy va jismoniy shaxslarning paylari va korxonaga o`z mablag`larini qo`yishni hohlavchilar kiradi.

Korxonaning ustav kapitalini shakllantiruvchi va kengaytiruvchi sarmoya qo`yuvchilar quyidagilar bo`lishi mumkin:

  • davlat organlari (mahalliy organlar va xorijiy davlatlarni ham qo`shib hisonlaganda);

  • begona korxona va tashkilotlar (banklar, xoldinglar, konsernlar va boshqalar ham);

  • jamoatchilik tashkilotlari (turli fondlar va birlashmalar);

  • xususiy shaxslar (shu jumladan xorijliklar).

Ustav kapitalining chiqib ketishi quyidagilar natijasida sodir bo`lishi mumkin:

  • fizik eskirish yoki mulkni xarajat qilish (tiklanmaydigan);

  • avariya, sinish;

  • ma`naviy eskirish;

  • noqulay bozor konuynkturasi oqibatida korxona mahsulotiga bo`lgan talabning payayishi natijasida kapitalning chiqib ketishi;

  • ishlab chiqarish xarajatlarining o`ta yuqoriligi va uning etarli darajada kompensasiyalashmaganligi oqibatida kapitalning “eyilishi”.

Kapitalning kamayishi asosan balansning passivida aks ettiriladi. Ustav kapitalining roli uning korxona quvvatini belgilashi bilan tavsiflanadi. Ustav kapitali ish faoliyatini olib borishda va hamkorlar bilan aloqalarda garantiya rolini ham bajaradi. Harakatdagi korxona uchun ustav kapitali quyidagilardan tarkib topadi:

  • korxonaning asosiy vositalari(fondlari);

  • korxonaning aylanma mablag`lari;

  • zahiralar.

Korxonaning moddiy bazasini ishlab chiqarish vositalarida birikadigan mehnat vositalari va mehnat predmetlari tashkil etadi. Mehnat vositalari asosiy fondlar shaklida hisobga olinadi. Asosiy fondlar asosiy vositalarni qiymat ko`rinishini ifodalaydi. Asosiy fondlarni tahlil qilishda shuni hisobga olish lozimki, ular ishlab chiqarishning aktiv elementlari hisoblanishadi. Asosiy vositalarning mohiyati quyidagilarda o`z ifodasini topadi:

  • ular mehnat vositalarining buyumlashgan shaklidir;

  • ularning qiymati qisman mahsulotga o`tkazib boriladi;

  • ular eskirish doirasida uzoq muddat o`z natural shaklini saqlab turadilar;

  • ular xizmat muddati tugaguncha amortizasiya ajratmalari asosida shakllantiriladi.

Asosiy fondlar ishlatilishiga ko`ra asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga bo`linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga bevosita ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan (mashinalar, uskunalar, stanoklar va boshqalar) yoki ishlab chiqarish jarayoni uchun sharoit yaratadigan (ishlab chiqarish binolari, trubao`tkazgichlar va boshqalar) kiritiladi. Asosiy noishlab chiqarish fondlari – madaniy-maishiy yo`nalishdagi medisina muassasalari, oshxonalar va shu kabi korxona ob`ektlari hisoblanadi. Asosiy fondlar milliy iqtisodiyot tarmoqlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli tarkibga ega bo`ladilar. Asosiy fondlarning tarkibi va guruhlari klassifikatorda belgilangan bo`ladi.
Ishlab chiqarish korxonalari uchun asosiy fondlar tarkibining tipik ko`rinishi quyidagicha bo`ladi:

  • binolar;

  • inshootlar;

  • ishchi va kuch beruvchi mashinalar;

  • uskunalar;

  • o`lchovchi va tartibga soluvchiskuna va qurilmalar;

  • hisoblash texnikasi;

  • transport vositalari;

  • instrumentlar;

  • ishlab chiqarish va xo`jalik inventarlari va boshqalar.

Asosiy vositalar tarkibi va tarmoq bo`yicha xususiyatlariga asosan quyidagi omillar kiritiladi:

  • mahsulot hajmi, qanchalik ko`p mahsulot ishlab chiqarilsa, shunchalik ko`p va sifatli qimmat uskunalarga ehtiyoj tug`iladi;

  • korxona joylashgan hududning iqlim va geografik sharoitlar. Masalan, mamlakatning janubiy qismi uchun uncha isitish talab qilinmaydigan binolar ham sihlab chiqarishni tashkil qilish uchun etarli bo`lsa, shimoliy qism uchun ancha isitishni talab qiladigan va baquvvat binoni qurish talab qilinadi;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tavsifi, bu asosan uskunalarning ixtisoslashuviga ta`sir ko`rsatadi.




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish