Рекомендательное письмо


Biznes-rejani korxona rivojlantirish strategiyasi bilan bog’liqligi



Download 0,6 Mb.
bet26/60
Sana28.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#586826
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

4. Biznes-rejani korxona rivojlantirish strategiyasi bilan bog’liqligi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona o`z ishlab chiqarishini rivojlantirish va sotish ishlarini yaxshilash, shu asosda esa korxonasini gullab-yashnatishga harakat qiladi. Buning uchun uzoq muddatga asoslangan strategik rejalarning tuzilishi va amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonaning strategik maqsadlarini amalga oshirish va uning faoliyatini takomillashtirib borish asosan hozirgi vaqatda quyidagilarga bog`liq bo`ladi:



  • mashina va uskunalarni qayta qurish imkoniyatlarini kengaytirish;

  • korxona faoliyatini butun holda o`zgaruvchanligini oshirish maqsadida to`ldiruvchi komponentlar va materiallarni bir normaga keltirish;

  • mahsulot sifatini oshirish, ularning assortimentini kengaytirish.

Strategik muammolarning mohiyati quyidagi savollarga javob topishdan iborat bo`ladi:

  • korxona strategik maqsadlarini qanday tanlash, u bozordagi holat bilan bog`liq holda joriy vazifalarni bajarishga noqulayliklar keltirmasligi kerak;

  • tashqi tendensiyalar va kutilmagan qarashlarga hamda strategik maqsadlarga asoslangan holda moddiy, kadrlar va moliyaviy resurslarni qanday shakllantirish.

Korxonada strategik maqsadlarni asosan strategik boshqaruv amalga oshiradi. Strategik boshqaruv o`zida ikkita bir-biridan farqlanadigan, ammo bir-birini to`ldiradigan jarayonni, yani strategik shakllantirish va strategiyani amalga oshirishni qamrab oladi. Strategiyani shakllantirish – bu strategik tartibga solish jarayonining o`zidir. U o`zida quyidagilarni qamrab oladi:

  • maqsadga erishish potensial imkoniyatlarini baholash;

  • mumkin bo`lgan alternativ maqsadlar;

  • maqsadga erishish bilan bog`liq bo`lgan ichki va tashqi omillar harakatini baholash;

  • maqsadlarni tanlash va oxirgi shakllantirish, yani, strategiyani belgilash.

Strategiyani amalga oshirish uni shakllantirishdan farqli ravishda o`zida bir qator tashkiliy-ma`muriy, birlashtiruvchi, tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi harakatlarni amalga oshiradi, ularning natijasida esa korxona asta-sekinlik bilan o`z tarkibini, resurslarini va albatta maqsadlarini tartibga solib boradi va shu asosda kelgusi hatti-harakatlar va ko`zlangan strategiya erishishga harakat qilinadi. Shunday qilib biznes-reja korxona strategiyasini belgilashning ham asosi bo`lib xizmat qiladi.
Korxonada strategiyalarni yaratish va amalga oshirishning asosiy vazifalarini quyidagilar tashkil qiladi:
1-vazifa. Strategik maqsadlarni shakllantirish va faoliyat sohalarini aniqlash.
2-vazifa. Strategik maqsadlarni qo`yilishi va ularga erishish vazifalari.
3-vazifa. Ishlab chiqarish natijalari va qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun strategiyalarni shakllantirish.
4-vazifa. Strategik rejani amalga oshirish.
5-vazifa. Strategik rejani o`zgartirish yoki uni amalga oshirish usulkini va faoliyat natijalarini baholash.
Korxonalarni strategik maqsadlariga mos holda biznes-rejalar tuziladi. Yirik korxonalarda butun faoliyat, uning ayrim bo`limlari yoki filial korxonalar faoliyatlarining ham ayrim ko`rsatkichlari bosh ofis tomonidan rejalashtirilib va ularning bajarilishi nazorat qilib boriladi. Misol tariqasida Italiyaning mashhur “Fiat” konsernida ham strategik maqsadlardan kelib chiqqan holda quyidagilar rejalashtiriladi:

  • mahsulot tannarxi;

  • sotish bahosi;

  • mahsulotga garantiyalangan xizmat ko`rsatish bilan bog`liq xarajatlar;

  • umumiy boshqaruv xarajatlari(savdo xarajatlari va reklama bilan birgalikda);

  • material zahiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish;

  • daromad;

  • tayyor mahsulot zahiralari(ehtiyot qismlar bilan birgalikda);

  • moliyaviy to`lovlar va qarzlar;

  • daromad qoldig`i;

  • raqobatchilar bilan solishtirganda bozordagi ulush;

  • mahsulot sotish hajmini nisbiy o`zgarish darajasi.

Ko`pgina korxonalarda asosiy rejalashtirish sifatida joriy rejalar tizimidan foydalaniladi. Rejalashtirish ko`rsatkichlari sifatida quyidagilardan foydalaniladi:

  • natural ko`rinishdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajmi va nomenklaturasi;

  • mahsulot sotish hajmi, qiymat ko`rinishida;

  • mahsulot birligi tannarxi;

  • foyda;

  • personalning kategoriyalar bo`yicha soni;

  • ish haqi fondi va ish haqining o`rtacha darajasi;

  • ombordagi tayyor mahsulot, tugallanmagan ishlab chiqarish va material zahiralari;

  • guruhlar bo`yicha aylanma mablag`lar miqdori va boshqalar.

Strategiyalarni amalga oshirish quyidagilardan tarkib topadi:

  • strategiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning tashkiliy imkoniyatlarini yaratish;

  • mablag`larni samarali taqsimlash maqsadidagi buydjetni boshqarish;

  • xizmatchilarni ko`proq samarali ishlar uchun motivlashtirish;

  • ko`zlangan natijalarga erishishni rag`batlantirish bilan bog`lash;

  • ko`zlangan natijalarga erishish uchun kompaniya ichida sog`lom muhitni yaratish;

  • joriy strategik qarorlarni samarali amalga oshirishni ta`minlaydigan kompaniya personali uchun ichki sharoitni yaratish;

  • ishlarni doimiy takomillashtirish uchun eng ilg`or tajribalardan muntazam foydalanib borish;

  • strategiyani bajarilishini ta`minlaydigan va nazorat qiladigan ichki boshqaruv tizimini shakllantirish.


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish