5. Aylanma mablag’lar aylanuvchanligini tezlashtirish omillari va yo`llari.
Aylanma mablag`lardan foydalanish samaradorligi korxona faoliyati moliyaviy natijalariga sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Uni tahlil qilishda bir qator bu resurslarning holati va foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
mavjud o`z aylanma mablag`lari miqdori;
o`z va qarzga olingan aylanma mablag`larning nisbati;
korxonaning to`lovga qobiliyatliligi;
korxonaning likvidligi;
aylanma mablag`larning aylanuvchanligi va boshqalar.
Mavjud o`z aylanma mablag`larining miqdori, shuningdek, o`z mablag`lari va qarzga olingan mablag`larning nisbati korxonaning moliyaviy quvvatini tavsiflaydi.
Korxonaning to`lovga qobiliyatliligi esa uning majburiyatlarini o`z vaqtida va to`la qondira olish imkoniyatlarini aniqlab beradi. To`lovga qobiliyatlilik korxonaning real va potensial moliyaviy resurslarini, uning majburiyatlari va pul tushumlari o`rtasidagi nisbatlar, shuningdek boshqa qisqa muddatli va uzoq davrga mo`ljallangan aktivlarni hisobga oluvchi maxsus alohida koeffisientlar yordamida aniqlanadi.
Korxonaning to`lovga qobiliyatliligini uning likvidligi ifodalaydi. Likvidlik – zruriy to`lovlarni istalgan vaqtda to`lay olish imkoniyatlaridir. Likvidlik qarzlar miqdori va va likvidlik mablag`larining nisbati ko`rinishida ifodalanadi, unga esa odatda kassadagi va boshqa schetlardagi pul mablag`lari, qimmatlai qog`ozlar(eng avvalo davlatniki) va tez sotiladigan aylanma mablag`larning elementlari hisobga olinadi. Masalan, joriy likvidlik koeffisienti korxona aylanma mablag`larining qisqa muddatli qarzlarga(1 yilgacha) nisbati orqali aniqlanadi.
Korxonada aylanma mablag`lardan samarali foydalanish mezoni sifatida vaqt omili olinadi. U aylanma mablag`larning aylanuvchanligi tariqasida ifodalanadi. Aylanuvchanlik aylanma mablag`lardan intensiv foydalanishni ifodalaydi. Aylanma mablag`larning aylanuvchanligining tezligi muomalasi sohasi yani, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat, vositachilik faoliyati, bamk biznesi va boshqa shu kabi tarmoqlar uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Aylanma mablag`lar aylanuvchanligining asosiy ko`rsatkichlaridan biri bo`lib aylanma mablag`larning bir aylanishining davomiyligi hisoblanadi, u kunlarda quyidagi formula asosida hisoblanadi:
-
(Aylanma mablag`larning o`rtacha summasi) (Vaqt davri)
|
Shu davrda mahsulot sotish hajmi
|
Aylanma mablag`larning aylanuvchanligini kunlarda ifodalash qancha vaqtda aylanma mablag`lar ushbu korxonaning barcha doiraviy aylanishdagi faoliyatini aylanib o`tishini bildiradi. Shuningdek, aylanma mablag`lar aylanuvchanligini ma`lum aniqlangan vaqtda necha marta aylanma mablag`lar oborotdan o`tishi orqali ham aniqlash mumkin:
-
Aniq bir davr uchun sotish hajmi
|
Shu davrda oborotdagi o`rtacha aylanma mablag`lar summasi
|
Bu ko`rsatkich aylanma mablag`lardan korxona oborotida qanday darajada foydalanilayotganligini bildiradi. Korxona aylanma mablag`lari aylanuvchanligini tezlashtirish ularning mutlaq va nisbiy hisobda oborotdan chiqarish imkoniyatlarini yaratadi. Mutlaq oborotdam chiqarish aylanma mablag`lar qiymatining oldingi yilga qaraganda kamroq ishlatib mahsulot hajmini ko`proq ishlab chiqarishni bildirsa, nisbiy tezlashtirish esa mahsulot sotish hajmining ko`payishi aylanma mablag`lar hajmining ortishidan ko`ra ko`proq qiymatni tashkil qilganligini bildiradi.
Korxona faoliyati uchun o`z mablag`lari bilan taminlahganlik darajasi ham katta ahamiyat kasb etadi. U o`z mablag`lari summasining umumiy aylanma mablag`lar summasiga nisbati tariqasida aniqlanadi. Bu ko`rsatkichning minimal miqdori ham davlat tomonidan korxona to`lov qobiliyati imkoniyatlarini doimiyligini saqlab qolish maqsadida belgilab qo`yiladi.
Korxona aylanma mablag`larini aylanuvchanligini tezlashtirish va uning samaradorligini oshirishga bir qator omillar ta`sir ko`rsatadi. Korxona moddiy-ishlab chiqarish zahiralarini baholash uchun asosiy baza sifatida tannarx namoyon bo`ladi. Ammo bu zahiralarning bozor baholari tannarxdan past bo`lsa, hisobot uchun bozor baholaridan foydalanish lozim bo`ladi. Moddiy-ishlab chiqarish zahiralarining bozor baholari – korxonani qandaydir moddiy-ishlab chiqarish zahiralari elementini almashtirish uchun kerak bo`ladigan xarajatlardir. Demak, bundan kelib chiqadiki, bozor baholari ba tannarx korxona aylanma mablag`larning aylanuvchanligi va samaradorligiga ta`sir qiluvchi asosiy omilar hisoblanadi.
Korxona aktivlarini boshqarish aylanma mablag`lar samaradorligini oshirishda muhim o`rin tutadigan tadbirlardan biridir. Korxona aktivlarini, shu jumladan, aylanma mablag`larini boshqarishning asosiy maqsadi korxona to`lov qobilyatini va va quvvatliligini saqlash va shu bilan birgalikda umumiy holatda sarflanayotgan mablag`lar hisobiga olinayotgan foyda miqdorini oshirishdir.
Korxona foydasini oshirish va to`lov qobiliyatini yuqori darajada saqlab turish ma`lum ma`noda bir-biriga zid tushunchalar hisoblanadi. Ammo korxona faoliyati uchun to`lov qobiliyatini saqlab turish muhimroq hisoblanadi.
Korxona aylanma mablag`larini aylanuvchanligini tezlashtirish va shu bilan bir qatorda ulardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun quyidagi tadbirlardan foydalanish lozim deb hisoblaymiz:
ishlab chiqarish zahiralarini tashkil qilish va ulardan oqilona foydalanish;
debitorlik qarzlarini o`z vaqtida qaytarilishini ta`minlash;
investisiya faoliyatini eng samarali yo`llarini tanlash.
Bu omillardan samarali foydalanish korxona aylanma mablag`larini optimal holatda bo`lishini ta`minlaydi deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |