5. Korxonani tugatish tartibi.
Bankrotlik (italyancha banco – asos, banc va rotta – singan) – qarzdor tomonidan kreditorlarning pul majburiyatlarini va to`lov majburiyatlarini ta`minlay olmasligi e`lon qilingan va bu xo`jalik sudi tomonidan tan olingan korxonaning to`lovga qobilyatsizligidir. Pul majburiyatlariga qarzdorning kreditorlarga to`lashlari lozim bo`lgan pul mablag`lari tushunilsa, majburiy to`lovlarga esa byudjet va shunga tenglashtirilgan boshqa to`lovlar tushuniladi.
Korxonaning moliyaviy qobilyatini baholash va bankrotlik darajasini aniqlash uchun quyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi:
Joriy likvidlik koeffisientini aniqlash, u quyidagicha aniqlanadi;
bu erda, - oborot aktivlari,
- qisqa muddatli qarzlar.
Joriy likvidlik koeffisienti – korxona qisqa muddatli majburiyatlarning umumiy oborot mablag`lari bilan qoplanishini ifodalaydigan moliyaviy ko`rsatkich hisoblanadi. Bu ko`rsatkich oborot mablag`larining (zahira ko`rinishidagi – xom-ashyo va materiallar, arzon baholi va tez eskiruvchi predmetlar, tugallanmagan ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, tayyor mahsulotlar, jo`natilgan tovarlar, kelgusi davr xarajatlari; yaratilgan boyliklarga to`g`ri keladigan qo`shimcha qiymat solig`i; qisqa muddatli moliyaviy qarzlar; debitorlik qarzlari, pul mablag`lari va boshqa aylanma mablag`lar) korxonaning bankdagi qisqa muddatli kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, kreditorlik qarzlari, dividentlar bo`yicha hisob-kitoblar, iste`mol fondi va boshqa qisqa muddatli passivlar ko`rinishidagi zaruriy majburiyatlariga nisbatidir.
O`z mablag`lari bilan ta`minlanganlik koeffisienti – korxonaning moliyaviy quvvatliligini qo`llab-quvvatlash uchun zarur bo`lgan o`z aylanma mablag`larini tafsiflaydigan moliyaviy ko`rsatkichdir. Bu ko`rsatkich quyidagicha aniqlanadi:
,
bu erda, - kapital va zahiralar,
- oborotdan tashqari aktivlar,
- oborot aktivlari.
Korxonani faoliyatini to`xtatish asosan uning bankrotlik belgilari va ulardan qutulish chora-tadbirlarining natijalariga qarab amlga oshiriladi. Bankrotlikka olib kelishi mumkin bo`lgan omillarni ikki guruhga bo`lish mumkin. Birinchi guruhga tashqi omillar deb ataladigan omillarni kiritish mumkin va ular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
demografik holat, bu odatda aholining soni va tarkibini ifodalaydi;
siyosiy barqarorlik, bu to`g`ridan-to`gri makroiqtisodiyotning umumiy holatiga ta`sir ko`rsatadi;
iqtisodiy holat, bu soliq, bojxona, kredit va moliya siyosatlari orqali ifodalanadi;
madaniyat darajasi ( iste`mol normasi va urflari, boshqalari bilan solishtirilganda bazi tovarlarning ustun va past qo`yilishi va boshqalar);
ITT, bu asosan alohida korxonalar, hududlar va tarmoqni rivojlanish yo`nalishini aniqlab beradi.
Ichki omillarga esa quyidagilar kiradi:
firma filosofiyasi (maqsadlari va rivojlanish tamoyillari );
korxonaning texnik imkoniyatlari;
tijorat aloqalari;
kadrlar salohiyati;
moliyaviy boshqarishni tashkil qilish;
innovasiyalar va investisiyalar strategiyasi;
mehnat unumdorligi darajasi.
O`z navbatida bu guruhlarni yana bir nechta aniq omillarga bo`lish mumkin. Korxona faoliyatini bankrotlikka yaqinligi va bankrotligi ma`lum bo`lsa uning faoliyati to`xtatiladi. Korxona faoliyatini to`xtatishni mulk egalari va xo`jalik sudining qarori hal qiladi. Korxona faoliyatini to`xtatishga sabablar quyidagilar bo`lishi mumkin:
ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatga bozorda talabning birdaniga pasayib ketishi;
ishlab chiqarishning surunkali zararga asoslanganligi;
aholi va atrof-muhitga ekologik xavfning yuqori darajada ekanligi;
bino, inshoot, uskuna va boshqa vositalarni istemolchilar uchun ko`proq manfaatli va mulkdor uchun ko`proq foydali tarmoqda foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi.
Korxona faoliyati uning davlat idoralari tomonidan ro`yxatdan(reeystr) o`chirilganligidan keyin to`xtatilgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |