Рекомендательное письмо


To`lov qobiliyatini yo`qotgan korxonalarda moliyaviy barqarorlikni ta`minlash yo`llari



Download 0,6 Mb.
bet12/60
Sana28.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#586826
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

4. To`lov qobiliyatini yo`qotgan korxonalarda moliyaviy barqarorlikni ta`minlash yo`llari.

Korxonalar faoliyatini hamma vaqt ham to`laqonli va samarali yuritish imkoniyatlari mavjud emas, shu jihatdan olganda to`lov qobiliyatini yo`qotgan korxonalarni bir qator tadbirlar orqali iqtisodiy faoliyati yaxshilanadi. Bu tadbirlar ichida eng asosiylaridan biri sanasiyadir.


Sanasiya (latinchada “sanatio” – davolash, sog`lomlashtirish) – bankrotlik belgilari paydo bo`lgan korxonani to`lov qobiliyatini tiklashga qaratilgan tadbirlar tizimidir. Bunda korxona mulkining egalari, kreditorlar yoki davlat va boshqa shaxslar tomonidan korxonani saqlab qolish maqsadida moliyaviy yordam, imtiyozli kreditlar, imtiyozli soliq tizimi va ko`rinishlardagi yordam qilinadi. Davlat tomonidan moliyaviy yordam eng kerakli deb hisoblangan va qisqa muddatda moliyaviy holatini yaxshilash imkoniyatlari mavjud korxonalarga beriladi.
Davlat moliyaviy yordamlarini ko`rsatishi uchun muammoli korxonalarni to`rtta guruhga bo`lib yordam ko`rsatish tashkil qilinadi va bunda quyidagi mezonlar asos qilib olinadi:

  • mazkur korxonaning asosiy vositalari eskirishi darajasi o`etacha tarmoq darajasi bilan solishtirilganda;

  • asosiy ishlab chiqariladigan mahsulot turlarining sifati va iste`mol xususiyatlaridan kelib chiqqan holda talab darajasi.

Birinchi guruh asosiy vositalar eskirishi o`rtacha tarmoq darajasidagi va mos tovar bozorlarida mahsulotiga talablar yuqori bo`lgan korxonalar kiritiladi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, bunday korxonalar o`z moliyaviy holatini sog`lomlashtirish uchun ichki imkoniyatlarni izlash imkoniyatlariga ega bo`ladilar. Ikkinchi guruhga asosiy vositalar eskirishi o`rtacha tarmoq darajasidan past bo`lgan, ammo mos bozordagi mahsulotlariga talab darajasi ancha past bo`lgan korxonalar kiritiladi. Uchinchi guruhga eskirish darajasi o`rtacha tarmoq darajasidan yuqori, hamda bozorda mos mahsulotlarga talab miqdori yuqori bo`lgan korxonalar kiritiladi. To`rtinchi guruhga, asosiy vositalar eskirishi miqdori o`rtacha tarmoq darajasidan yuqori, mos bozordagi tovarlarga talab miqdori esa past bo`lgan korxonalar kiritiladi. To`rtinchi guruh korxonalari past ishlab chiqarish va bozor salohiyati evaziga moliyaviy yordamni to`lash quvvatiga ega emasdir. Moliyaviy yordam ikkinchi va uchinchi guruh korxonalariga berilishi mumkin.
Korxonaning to`lov qobiliyatini tiklash uchun moliyaviy sog`lomlashtirish rejasi tuziladi. Bu namunaviy reja o`zida quyidagi bo`limlarni qamrab oladi;

  1. Korxonaning umumiy tavsifnomasi;

  2. Moliyaviy sog`lomlashtirish rejasining qisqacha mazmuni. Bu bo`limda rejani amalga oshirish muddati, zaruriy moliyaviy mablag` miqdori, yordamni qaytarish muddati, rejani amalga oshirishning moliyaviy natijalari;

  3. Moliyaviy holat tahlili. Korxona moliyaviy ko`rsatkichlarini yig`ish, tahlil qilish va xulosalar berish;

  4. Xo`jalik faoliyatini samarali olib borishni qo`llab-quvvatlash va to`lov qobiliyatini tiklash bo`yicha tadbirlar. Ularga quyidagilar kiradi:

    • korxona rahbariyatini almashtirish;

    • korxonani inventarizasiya qilish;

    • debitorlik qarzlarini optimallashtirish;

    • ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish;

    • korxona filiallari va boshqa korxonalardagi kapitallarni sotish;

    • tugallanmagan qurilishni sotish;

    • personal sonini optimallashtirish;

    • tovar moddiy-boyliklar va uskunalarning ortiqcha qismini sotish;

    • qisqa muddatli qarzlarni uzoq muddatli ssudalar bilan almashtirish yo`li orqali qarzlarni imkon qadar kamaytirish.

  5. Bozor va raqobat. Tarmoq, korxonaning hozirgi umumiy holati va istiqbollari haqida ma`lumotlar olish va tahlil qilish;

  6. Korxonaning marketing sohasidagi faoliyati. Korxonaning o`sishi va bozor strategiyasini ifodalaydigan, mahsulot sotish taqsimot kanallari va kommunikasiyani qamrab olgan marketing strategiyasini o`rganish;

  7. Ishlab chiqarish rejasi. Ishlab chiqarish dasturi, ishlovchilar soni, ish haqi fondi, mahsulot tannarxining kalkulasiyasi va xarajatlar smetasi kabilar ko`rib chiqiladi;

  8. Moliyaviy reja. Foyda, joriy tannarx, sof joriy tannarx, ichki rentabelilik normasi, qoplash muddati, zararsizlik nuqtasi kabilar aniqlanadi;

  9. Xulosalar.

Korxonaning moliyaviy qobiliyatini tiklash uchun bir qator tadbirlar amalga oshiriladi. Shunga qaramasdan bu holatdan chiqolmay qolgan korxonalar bankrotlikka uchraydi.
Bankrotlik belgilari paydo bo`lgan korxonalarda ma`lum muddat undan qutulish tadbirlari amalga oshirilishi mumkin. Undan keyin bankrotlikka doir tadbirlar qo`llanila boshlaydi. Bu tadbirlarning asosiy maqsadi qarzdor va kreditorlar o`rtasidagi munosabatlarga oydinlik kiritishdir. Bu tadbirlardan eng asosiylarini quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin:

  1. Kuzatish.

  2. Tashqi boshqaruv.

  3. Konkursli ishlab chiqarish.

  4. O`zaro kelishuvlar.

Kuzatish – korxonani likvidlashtirish yoki sog`lomlashtirishga qaratilgan tadbirlar yig`indisidir. Bu tadbirlar kreditorlar tomonidan nazorat qilinadi. Bu tadbirlar yig`indisini amalga oshirish uchun xo`jalik sudi tomonidan vaqtinchalik boshqaruvchi tayinlanadi va uning zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:

    • qarzdor mulkini saqlanishini ta`minlash;

    • moliyaviy holat tahlilini amalga oshirish;

    • kutilayaotgan va fiktiv bankrotlik belgilarini mavjudliginoi aniqlash;

    • barcha kreditorlarni aniqlash;

    • kreidtorlarning birinchi yig`ilishini chaqirish.

Bu tadbirlar oxirida boshqaruvchi xo`jalik sudiga o`z faoliyati haqida hisobot tayyorlaydi va ungava birinchi kreditorlar yig`ilishi tavsiyasiga asosan sud quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

  • tashqi boshqaruvchi tayinlaydi;

  • qarzdorni bankrotligini tan oladi va konkursli ishlab chiqarishni ochiq deb e`lon qiladi;

  • o`zaro kelishuvga qaror chiqaradi.

Suda qarori bilan bankrotlikka doir tadbirlarning dastlabkisi o`z nihoyasiga etadi va tashqi boshqaruv yoki boshqa biron boshqasi qabul qilinadi.
Tashqi boshqaruv – korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash va uning to`lov qobilyatini tiklashga qaratilgan korxonani bankrotlikdan saqlab qolish tadbirlari yig`indisidir. Tashqi boshqaruv muddati 6 oydan 12 oygacha, mamlakatimiz qishloq xo`jaligida olib borilayotgan sanasiya tadbirlari bo`yicha esa 2 yilgacha bo`lishi mumkin. Qarzdorning to`lov qobiliyatini tiklash uchun tashqi boshqaruvchi quyidagi tadbirlarni amalga oshirishi mumkin:

  • ishlab chiqarishni qayta yangi yo`nalishga o`tkazish;

  • norentabel ishlab chiqarishlarni yopish;

  • debitorlik qarzlarini tugatish;

  • korxona mulkini bir qismini sotish;

  • qarzdor huquqlarini ayrimlaridan voz kechish (ma`lum to`lovlar evaziga);

  • korxonani sotish.

Tashqi boshqaruvchi bu tadbirlar orqali korxonani qarzlaridan qutulishi mumkin, agar bu tadbirlar ham ish bermaydigan bo`lsa, boshqa tadbirlar haqida sud qaror qabul qiladi.
Konkursli ishlab chiqarish – bankrot korxonani likvidlashning sud orqali amalga oshadigan tadbirlari hisoblanadi, bunda konkurs asosi kreditorlar o`rtasida taqsimlanadi. Konkursli ishlab chiqarishning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

  • kreditorlar talablarini talab miqdoriga mutanosib qondirish;

  • qarzdorni qarzlardan xoli deb e`lon qilish;

  • tomonlarning bir-birlari bilan munosabatlariga noqonuniy harakatlar qilishlariga yo`l qo`ymaslik.

Xo`jalik sudi korxonaga konkursli boshqaruvchi tayinlaydi va u korxona qarzlarini qutlish tadbirlarini ishlab chiqadi. U birinchi navbatda korxonaning ma`lum mulklarini sotish va kreditorlar talablarini qondirish imkoniyatlarini qidiradi. Navbatdan tashqari holatda sud xarajatlari, kuzatish, tashqi boshqaruv uchun va konkursli ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar qoplanadi. Undan keyin kreditorlar talablari quyidagi tartibda qondiriladi:

  • birinchi navbatda qarzdor korxona hayoti vasog`lig`iga zarar etkazgan shaxslarning majburiyatlari qondiriladi;

  • ikkinchi navbatda ish haqi va mukofotlar, shunigdek, mualliflik huquqi bo`yicha bo`lgan qarzlar, mehnat shartnomalari bo`yicha ishlaganlarning ish haqlari to`lanadi;

  • uchinchi navbatda qarzdor mulkiga garov tariqasida mulki turgan kreditorlarning talablari qondiriladi;

  • to`rtinchi navbatda byudjet va boshqa nobyudjet fondlariga bo`lgan majburiy to`lovlarni to`lash amalga oshiriladi;

  • beshinchi navbatda boshqa kreditorlar bilan qarzlar bo`yicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi.

Qarzlar to`lab bo`linganidan keyin konkursli boshqaruvchi xo`jalik sudiga korxonaning konkursli ishlab chiqarishi haqida hisobot beradi va unga ko`ra sud qaror qabul qilib, korxonani bankrot deb e`lon qilishi mumkin.
O`zaro kelishuvlar (bitimlar) – bankrotlik tadbirlarining istalgan bosqichida qarzdor va alohida kreditorlar o`rtasida tuziladigan va qarzdorga o`z majburiyatlarini mulkini sotish orqali emas, balki muddatni uzaytirish, qayta uzaytirish va qarzni kamaytirsh orqali amalga oshirish uchun tuziladigan kelishuvdir. Bitimlar qonunchilikka xilof bo`lmagan holda qarzdor majburiyatlarini muddati, tartibi va miqdorini o`zgartirishdan tashkil topadi. O`zaro kelishuvlar (bitimlar) quyidagi shartlardan tarkib topadi:

  • qarzdor majburiyatini bajarishning uzaytirilishi yoki qayta uzaytirilishi;

  • qarzdor majburiyatlari miqdorini kamaytirsh;

  • uchinchi shaxslar tomonidan majburiyatlarning bajarilishi;

  • qarzlarni skidka qilish;

  • majburiyatlarni aksiyalarga ayirboshlash;

  • qonuynchilikka xilof bo`lmagan holda kreditorlar majburiyatlarini boshqa yo`llar bilan qondirish.

Bitimlarning tuzilishi birinchi va ikkinchi to`lovlar amalga oshirilgandan keyin tuzilishi mumkin. Bitimlarning tuzilishi va xo`jalik sudi tomonidan tasdiqlanishi vaqtinchalik boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi va konkursli boshqaruvchi faoliyatlarini to`xtatishga asos bo`ladi.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish