3. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo`llari.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarni kamaytiruvchi omillar – sotib olinadigan materiallar partiyasi omillar miqdorini belgilash va unga rioya qilish, mahsulot ishlab chiqarish uchun sotib olinadigan materiallar seriyasining optimal miqdori, alohida kompanentlar va budlovchi mahsulotlarni o’zimizda ishlab chiqarish yoki boshqa ishlab chiqaruvchilardan sotib olish masalasini hal qilish va boshqalar.
Ma’lumki sotib olinadigan xom ashyo partiyasi qancha katta bo’lsa, o’rta yillik zaxira miqdori shuncha katta va shu xomashyoni saqlashga doir xarajatlar ham shuncha katta (omborxonalar uchun ijara puli, uzoq saqlashdagi tabiiy kamayishlar, inqirozga asosan yo’qotish va hokazolar). Lekin katta partiyalar bilan xomashyo va materiallarni sotib olish o’zining afzalligiga ham ega. Tovarlar olish uchun buyurtmalarni joylashtirish tovarlarni qabul qilish, hisoblardan pul ko’chirishlarni nazorat qilish kabilarga xarajatlar kamayadi. Shunday qilib sotib olinadigan xomashyo va materiallarning optimal miqdorini aniqlash vazifasi borpo bo’ldi. Quyidagi sxema bilan taqribiy hisob olib borish mumkin (A-jadval)
A-Jadval
|
Seriyalar soni
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Partiya kattaligi, kg
|
20000
|
10000
|
6667
|
5000
|
4000
|
O’rtayillik zahira, kg
|
10000
|
5000
|
3333
|
2500
|
2000
|
O’rtayillik zahiraning qiymati, ming. so’m
|
100000
|
50000
|
33333
|
25000
|
20000
|
Omborga saqlash xarajatlari, ming so’m
|
20000
|
10000
|
6667
|
5000
|
4000
|
Sotib olish bo’yicha xarajatlar, ming so’m, bir yilda
|
1250
|
2500
|
3750
|
5000
|
6250
|
Omborga saqlash va sotib olshi xizmatlari hammasi jami xarajatlar, ming so’m 1 yilda
|
212500
|
12500
|
10417
|
10000
|
10250
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, bir yillik sotib olish seriyasi soni 4 (to’rt)ta bo’lsa eng optimal hisoblanar ekan, chunki omborga saqlash va sotib olishga xizmat ko’rsatish xarajatlari eng kam bo’ladi.
Ana shu qoidalar sotib olishi seriyalarining optimal miqdorini topish uchun ham qo’l keladi. Sotib olish seriyalari optimal miqdorini hisobi jadval 3 da berilgan.
Jadval 3 dan ko’rinib turibdi kim, sotib olish seriyalari ichida eng optimal 2 chi seriya 4500 donadan, bular natijasida tayyor mahsulotlarni omborxonalarda saqlashni tashkil etish bo’yicha xarajatlar minimal miqdorni tashkil etadilar – 11908 ming so’m bir yilda.
|
Seriyalar soni
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Seriyalar ko’lami, kattaligi, dona
|
3000
|
4500
|
3000
|
2250
|
1800
|
Tayyor mahsulotning o’rta yillik zaxirasi, dona
|
3375
|
1680
|
1125
|
844
|
675
|
O’rtayillik zahira qiymati, ming. so’m
|
47250
|
23632
|
15750
|
11816
|
9450
|
Tayyor mahsulotlarni omborxonada qo’yish xarajatlari, ming so’m bir yilda
|
11813
|
5908
|
3938
|
2954
|
2363
|
Ishlab chiqarishni tayyorlash bo’yicha xarajatlar, ming so’m bir yilda
|
3000
|
6000
|
9000
|
12000
|
15000
|
Tayyor mahsulotlarni omborxonada qo’yish va ishlab chiqarishni tayyorlash bo’yicha xarajatlar hammasi, ming. so’m bir yilda
|
14813
|
11908
|
12938
|
14954
|
17363
|
Albatta, bu tariqa hisoblarni yetarlicha obyektiv va to’g’ri deb qabul qilish mumkin emas, lekin ma’lum yaqinlikda qabul qilish mumkin.
Yangi paydo bo’lgan omillar xarajatlarni pasaytirishning an’anaviy yo’llari bilan birgalikda mahsulot ishlab chiqarishdagi xarajatlar miqdorini optimal darajasiga olib kelish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |