Sistema uchun Dalamber printsipining matematik ifodasi (2') tenglikdagi n ta vektor tenglamalar sistemasidan iborat bo’ladi va ular sistema harakatining differentsial tenglamalari (2) - ga ekvivalent bo’ladi. Shu sababli, Dalamber printsipidan (2) tenglamadan olingan kabi, dinamikaning barcha umumiy teoremalarini keltirib chiqarish mumkin.
Dalamber printsipining mohiyati shundan iboratki, dinamika masalalarini yechishda undan bevosita qo’llanilganda, sistema harakatining tenglamasi bizga yaxshi tanish bo’lgan statika qismidagi muvozanat tenglamalari shaklida tuziladi; bu esa masalalarni yechishni bir rusumga keltiradi va ko’p hollarda hisoblash ishlarini osonlashtiradi. Undan tashqari, keyingi mavzuda ko’rib o’tiladigan, mumkin bo’lgan printsipi bilan birgalikda, Dalamber printsipi orqali dinamika masalalarini yechishning yangi umumiy metodini yaratishga imkon beradi.
Statika kursidan maolumki, muvozanatda bo’lgan kuchlar sistemasining geometrik yig’indisi va ularning ixtiyoriy O markazga nisbatan momentlarining yig’indisi ham nolga teng bo’ladi. U holda Dalamber printsipiga asosan: