Jan Jak Russo (1712-1778) 1762 yilda o‘zining «Ijtimoiy shartnoma» asarida shunday yozadi:
«Urush – bu odamlar o‘rtasidagi emas, balki davlatlar o‘rtasidagi munosabatdir. Odamlar bir-birlari bilan tasodifan, odam zoti va hatto fuqaroligi uchun emas, balki askarligi, ya’ni o‘z mamlakatining fuqarosi emas, balki himoyachisi ekanligi uchun dushman bo‘lib qoladi.
Agar urushdan maqsad dushman davlatini yakson qilish bo‘lsa, unda toki o‘sha davlatning himoyachilari qo‘lida qurol tutib turar ekan, ikkinchi tomon ularni qirishga haqli. Biroq himoyachilar qurolni tashlab, taslim bo‘lgan zahotiyoq dushman yoki dushman qo‘lidagi vosita bo‘lishdan to‘xtaydilar va yana oddiy odamlarga aylanadilar. Ularning jonini olishga hech kimning haqqi yo‘q».
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi manba sifatida shartnomalarning ahamiyati, masalan, zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da alohida ta’kidlanadi. «Avesto»da ahdnomalarning maxsus yodga olinishi, chamasi, o‘troq chorvachilik va dehqonchilikni rivojlantirish uchun o‘sha davrdagi turli qabilalar ittifoqlarining tinch-totuv yashash-larini ta’minlash talabi bilan izohlanadi.
Zardo‘shtiylikda urush xudosi Veretragna (Varxran, Bahrom) bilan bir qatorda sulhlar xudosi Mitraga ham sajda qilingan. Urush dahshatlarini qoralar ekan, «Avesto» tinch mehnat bilan shug‘ ullanuvchi kishilarga, ya’ni tinch aholiga nisbatan ma’lum darajada insonparvarlikni o‘zida aks ettirgan.
Hindistonda Manu qonunlari g‘olibdan mag‘lubga shafqat qilishni, yarador va taslim bo‘lganlarni tirik qoldirishni hamda bo‘ysundirilgan xalqlarning qonunlarini hurmat qilishni talab qildi. Shuningdek, Manu qonunlari majmuida uchligi zaharlangan yoki yoqiladigan hamda kertik qilingan o‘qlardan foydalanish taqiqlandi. Bu qoidalar Quruqlikdagi urushning qonun va udumlari to‘g‘risida 1907 yilda qabul qilingan Gaaga konventsiyasi me’yorlarini eslatadi. Yarador bo‘lgan harbiy asirlarni ular sog‘ ayganlaridan so‘ng vatanlariga jo‘natish lozim bo‘lgan.
Urushda insonparvarlik qoidalarini bajarishga qaratilgan haqiqiy urinishlar Qizil Xoch paydo bo‘lishi va gumanitar huquq tarixida ilk bor universal xususiyatga ega bo‘lgan konventsiyalar tuzilishi bilan boshlandi. Bu insonparvarlik tashabbuslarining asosi endi iqtisod yoki tijorat bilan bog‘ liq bo‘lmay, balki rahm-shafqat, oliyjanoblik va urushning behuda dahshatlarini faol qoralash ruhi bilan sug‘ orilgan edi.
1. 1863 - Har bir mamlakatda yaradorlarni muolaja qilish maqsadlariga yo‘naltirilgan Milliy Jamiyatlar tuzilishi va tibbiyot xodimlarini farqlovchi belgi sifatida Qizil Xoch timsolining qabul qilinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |