Rejas: Sovutish qurilmalarining turlari, tuzilishi, sovutish koeffitsiyenti va unumdorligi



Download 0,61 Mb.
bet1/3
Sana14.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#801113
  1   2   3

Sovutish qurilmalarining ishchi tsikllari
Rejas:
1 . Sovutish qurilmalarining turlari , tuzilishi , sovutish koeffitsiyenti va unumdorligi .
2. Havo va bug‘-kompressorli sovutish qurilmalarining ishchi tsikllari. Karnoning teskari (sovutish) tsikli.
3 . Sovutish mashinalarining sovutish koeffitsiyenti .
4. Havoli sovutish qurilmasining p – v va T – S diagrammadagi tsikli .
5. Bug‘-kompressorli sovutish qurilmasining tsikli , uning T – S diagrammada ko‘rinishi .
6. Absorbtsiyali va bug‘-ejektorli sovutish qurilmalari .
.
1. Jismlarni atrof - muhit haroratidan past haroratgacha sovutish issiqlik tsikliga teskari bo’lgan tsikl bo‘yicha ishlaydigan sovutish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi . Siqish ishi kengayish ishidan ortiq bo‘lgan va keltirilgan ish hisobiga issiqlik past haroratli manbadan yuqori haroratli manbaga uzatiladigan tsikl teskari tsikl deb ataladi. Past haroratlar turli usullar bilan hosil qilinadi . Ba'zi moddalarda fazaviy o‘tish (erish, bug‘lanish, sublimatsiya) paytida past haroratlarda ham ko‘p miqdorda issiqlik o‘tadi . Bu esa ulardan sovuqlik olish uchun foydalanish imkonini beradi .
Muzli eritma usulidan t > 0oC haroratda sovutishda foydalaniladi . Yana ham pastroq haroratlar olish uchun muz yoki qorga tuz qo‘shiladi . Masalan, muz bilan natriy xlor aralashmasi (-21,2oC gacha) va muz bilan kaltsiy xlor aralashmasi (- 55oC gacha) sovutish uchun keng qo‘llanilmoqda. Ma'lumki, bug‘ hosil bo‘lishi jarayoni suyuqlikka issiqlik keltirilganda ro‘y beradi. Sovutish uchun atmosfera bosimida qaynash harorati past , qaynash va bug‘ hosil qilish issiqligi esa yuqori bo‘lgan suyuqliklardan foydalaniladi. Suyuqlikning bug‘lanish jarayoni bug‘li sovutish mashinalarida keng qo‘llaniladi .
Moddalarning qattiq holatdan suyuq holatga o‘tmasdan gaz holatiga o‘tishi sublimatsiya deyiladi .
Sovutish uchun sublimatsiyalanadigan qattiq CO2, ya’ni «quruq muz» qo‘llaniladi . Quruq muzning sublimatsiya harorati patm da - 78,9oC ga teng .
Ma'lumki, siqilgan gaz adiabatik kengayganda o‘zining harorati pasayadi, chunki tashqi ish ichki energiyaning kamayishi hisobiga bajariladi . Bunday past haroratlar olish usuli havoli sovutish mashinalarida qo‘llaniladi . Real gazlar drossellanganda harorati pasayadi (Joul - Tomson effekti). Ushbu usul ham past haroratlar olishda keng qo‘llanilib kelmoqda .
Yuqorida keltirilgan usullardan tashqari frantsuz muhandisi ixtiro qilgan «uyurmali ta'sir» va Palptole ixtiro qilgan termoelektrik sovutish usullari ham sovutish texnikasida qo‘llanilib kelinmoqda .
2. Havo va bug‘-kompressorli sovutish qurilmalarining ishchi tsikllari. Karnoning teskari (sovutish) tsikli.
Karno tsikli mantiqan ustuvor va mazmunan sodda bo’lib , u ikkita izoterma va ikkita adiabatadan tashkil topgan (1 va 2 - rasmlar).
1 – rasm . Teskari Karno tsiklining paydo bo’lishi asoslari
Sistemada , undagi T2 harorat isitgich (issiqlik manbai , bizning holda sovutiladigan mahsulotlar , kamera havosi) dan q1 issiqlik miqdori uzluksiz keltirilib turishi hisobiga o’zgarmas saqlanadi . Sistemadagi kechadigan jarayon o’zgarmas (T2=const) haroratda sodir bo’ladi . Qoldiq (ish bajarmagan) issiqlik miqdori q2 sistemadan uzluksiz ravishda tashqi muhit – sovitgichga (bizning holda kondensatorni sovituvchi suv yoki havoga) chiqariladi . q2 issiqlik miqdori ham
2 – rasm . Teskari Karno tsikli
T1 =const haroratda uzatiladi . Shuning uchun q1 ning ishorasi musbat , q2 niki manfiy deb qabul qilinadi .
Sistema holati keskin o’zgarganida (gaz kengayganida yoki siqilganida) , u tashqi muhitdan mutlaqo izolyatsiyalangan , ya'ni dq = 0 bo’lishi shart . Shu shart bajarilsa , sistemada kechadigan jarayon adiabatik bo’ladi .
Karno tsiklining diagrammasi 2-rasmda tasvirlangan. Frantsuz injeneri Karno Nikola Leonar Sadi 1824 yilda "Olovning harakatlantiruvchi kuchi haqida mulohazalar " asarida issiqlik va ishning o’zaro bir – biriga o’zgarishi to’g’risidagi masala yechimini to’g’ri topgan . Hozirgi kunda ham bu yechim natijasi o’z kuchini yo’qotgan emas .
Diagrammadan ma'lumki , 1 va 2 nuqtalar oralig’ida sistemaga keltirilgan issiqlik miqdori (1.1) bo’lsa-da , sistema sifatida ideal gaz olinganda, uning izotermik jarayonda ichki energiyasining o’zgarishi du = u1 – u2 = 0 bo’ladi . Shuning uchun gazning bajargan ishi
(1.2)
sistemaga kiritilgan q+ issiqlik miqdoriga teng bo’ladi. Tsikl
diagrammasining 3 va 4 nuqtalari oralig’ida sistemadan q- issiqlik miqdori tashqi muhit (sovituvchi muhitga) o’zgarmas T haroratda chiqariladi .
Bu holatda sistemaning q - issiqligi ish bajarishga sarflanadi . Bu ishning kattaligi sarflangan q - issiqlik miqdoriga teng bo’ladi.
(1.3)
Bajarilgan ish ishoralarini aniqlash maqsadida tsiklning 4 , 1 va 2 , 3 nuqtalari oralig’ida kechadigan adiabatic Δq = 0 jarayonlarni ham qarab chiqamiz .
Adiabatik jarayonda sistema tashqi muhit bilan issiqlik almashmaydi . Bu holat uchun termodinamika birinchi qonuni ifodasini quyidagicha yozish mumkin :
CV . dT + P . dV = 0 (1.4)
Ishchi modda sifatida ideal gaz olinib , shu gaz adiabatik siqilsa (2 - 3 nuqta) , uning ichki energiyasi va absolyut harorati ortadi .
Ideal gazning holat tenglamasidan T ni topamiz :
(1.5) Soddalashtirish uchun (1.4) tenglikni hadma-had CV*T ga bo’lamiz :
(1.6) Bosim qiymatini (1.5) tenglikdan topib va (1.6) ga qo’yib , ixchamlaymiz va CP / CV = k qilib belgilab , quyidagini hosil qilamiz :
(1.7)
Oxirgi tenglamani integrallab , adaiabatik jarayon tenglamasini hosil qilamiz:
T . V k – 1 = const (1.8)
Bu tenglamani tsikl uchun quyidagicha yozish mumkin :

(1.9) tenglamani hadma-had bo’lib , quyidagi tengliklarni olamiz:
Demak, tsiklning f.i.k. ni yuqoridagi tenglamalardan foydalanib quyidagicha yozish mumkin:
Termik f.i.k. formulasi hozirgi (1.12) ni (1.1) , (1.5) va (1.11) tenglamalar asosida sistemaning absolyut harorati orqali quyidagicha ifodalash mumkin:
(1.13) faqat qaytar tsikllar uchun to’gri .
Demak , Karno tsiklining termodinamik f.i.k. ishlatilayotgan issiqlikning xossasiga bog’liq bo’lmasdan , faqat issiqlik manbalari absolyut haroratlarining quyi va yuqori qiymatlariga bogliqdir .
Sovuqlik manbaining sovug’isiz issiqlik dvigateli , ya'ni issiq manbadan olingan hamma issiqlikni ishga aylantiruvchi dvigatel' ikkinchi turdagi abadiy dvigatel' deb ataladi .
Shunday qilib, termodinamikaning 2-qonuni quyidagicha ta'riflanadi: "ikkinchi turdagi abadiy dvigatel' yaratish mumkin emas".
3. Sovutish mashinalarining sovutish koeffitsiyenti . Sovutish mashinasi issiqlik mashinasidan farqli ravishda teskari tsikl bo‘yicha ishlaydi . Bu tsikl (3-rasm) quyidagi jarayonlardan iborat : 2-3 - bug‘simon sovutish agentini adiabatik siqish; 3-4 - sovutish agenti bug‘larining izotermik kondensatsiyalanishi. Bu jarayon Т haroratdan tashqi muhitga Q kondensatsiya issiqligini berish bilan boradi ; 4-1 - suyuq sovutish agentining adiabatik kengayishi (kengayishining yakuniy harorati Т0) ; 1-2 - suyuq sovutish agentining Т0 haroratidagi bug‘lanishi . Bunda sovutilayotgan muhitdan Q0 bug‘lanish issiqligi olib ketiladi .

Bunday tsiklni sistemaning entropiyasi o‘zgarishsiz qolganida amalga oshirish mumkin . Shuning uchun sovutish agentining bug‘lanishida sovutilayotgan muhit entropiyasi siqishda Q00 miqdorga kamaysa , issiqligi hamda sovutish agentini siqishda sarflangan Lк ishga ekvivalent issiqligini o‘ziga olayotgan issiqroq muhit (masalan , suv) ning entropiyasi ham shunday darajaga ortishi kerak . Natijada issiqroq muhit entropiyasining ortishi quyidagicha bo‘ladi :
(2.1)
Energetik balansga muvofiq :
(2.2)
bundan , Karno teskari tsikli bo‘yicha ishlayotgan sovutish qurilmasida sarflangan ish : (2.3)
Sovutish agenti tomonidan Т0 < Т haroratda sovutilayotgan muhitdan olib ketila –yotgan Q0 issiqligi tsiklning yoki sovutish qurilmasining sovuqlik unumdorligini belgilaydi . Т – S diagrammada (3- rasmga qarang) sovuqlik unumdorligi 1-2-6-5 yuza orqali ko‘rsatilgan , 3-4-5-6 yuza esa issiqroq muhitga berilayotgan issiqlikka ekvivalent . 3-4-5-6 va 1-2-6-5 yuzalarning ayirmasi sarf etilgan ish Lк ni beradi (1-2-3-4 yuza) .
Shunday qilib , Karno teskari tsikli misolida har qanday sovutish mashinasining energetik balansini ko‘rsatish mumkin :
(2.4)
bunda , L – haqiqiy tsiklning ishi . Sovutish tsikllarining termodinamik samaradorligini sovutish koeffitsiyenti ifo -dalaydi . Sovutish koeffitsiyenti sovuqlik unumdorligi Q0 ning sarflangan ish L ga nisbati orqali topiladi :
(2.5)
Bu koeffitsiyent sarflangan birlik ishga nisbatan sovutish agenti olgan sovuqlik unumdorligini ko‘rsatadi .

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish