5–rasm. Bug‘ - kompression sovitish qurilmasining sxemasi, tsikli va sovitish koeffitsientining o‘zgarishi a - qurilma sxemasi; b - tsiklning Ts - diagrammasi; в- bir bosqichli ammiakli qurilmada epsilon (harf) ni t1 va t2 ga bog‘liq ravishda o‘zgarishi. Sovituvchi moddaning to‘yingan bug‘I kompressor 1 da siqiladi (5 - rasm, a)
va kondensator 2 ga uzatiladi, u yerda q1 issiqlikni atrof - muhitga berib, qisman
kondensatsiyalanadi. Ushbu suyuqlik-bug‘ aralashmasi rostlovchi (drosselli)
ventil’ 3 ga yuboriladi, u yerda uning bosimi va temperaturasi pasayadi.
Quruqlik darajasi yuqori bo‘lmagan past temperaturali nam bug‘ sovitish xonasi
5 da joylashgan bug’latgich 4 ga keladi va xonaning q2 issiqligi hisobidan
bug‘lanadi.
Kompressorda ammiakning quruq to‘yingan bug‘i yoki quruqlik darajasi yuqori bo‘lgan nam bug‘i 1-2 adiabata bo‘yicha qizigan bug‘ holati 2 gacha siqiladi (5-rasm,b).
Kompressordan bug‘ kondensatorga haydaladi, u yerda bug‘ to‘liq suyuq holga keladi (2-3-4). Suyuq ammiak kondensatordan drossel ventili orqali o‘tib drossellanadi, ya'ni haroratining va bosimining pasayishi kuzatiladi. So‘ngra suyuq ammiak past harorat bilan sovitgichga keladi, u yerda issiqlik olib bug‘lanadi (5- 1 jarayon), sovitiladigan xonada (kamera) aylanib rassolni (namakob) sovitadi. Drossellash jarayoni qaytmas jarayon sifatida diagrammada 4-5 shartli egri chiziq bilan tasvirlangan. Bug‘ kompressorli qurilmada kengaytiruvchi tsilindr ishlatilmaydi, ishchi jism esa rostlovchi ventilda drossellanadi. Kengaytirish tsilindrini drossel bilan almashtirishda entropiyaning ko‘tarilishi kuzatiladi,
bu sovitish tsikli unumdorligining birmuncha yo‘qotilishiga olib keladi, biroq
qurilmani soddalashtiradi, bosimni oson sozlashga va sovitgichda past haroratni olishga imkon beradi. Kengaytirish tsilindri bo‘lganda jarayon adiabata 4-9 bo‘yicha kechar edi. Kengaytirish tsilindrini drossel ventili bilan almashtirishdagi sovitish unumdorligining yo‘qolishi 95769 yuza bilan o‘lchanadi, shuning uchun sovitiladigan jismdan 1kg ammiak oladigan q2 issiqlik miqdori kamayadi va 75187 yuza bilan tasvirlanadi (i1-i5)=(i1-i4). Kondensatordagi sovitiladigan suvdan olingan issiqlik miqdori q1 64286 yuza bilan
tasvirlanadi. Tsiklni bajarish uchun sarflangan ish li = q1 – q2 = 6412576 yuza = 1041210 = i1 – i2 . Ammiakni drossellash natijasida 5 nuqtadagi entalpiya 4 nuqtadagi entalpiyaga teng bo‘lishi sharti bilan 6412576 yuza 1041210 yuzaga teng bo‘ladi.
Ammiakli kompressor qurilmasining sovitish koeffitsienti quyidagiga
teng epsilon (harf) = q2/li = (75187 yuza) / (104121 yuza)
Bundan qurilmaning sovitish koeffitsienti
epsilon (harf) = (i1 – i4) / (i2 – i1) ga teng bo‘ladi (1) Hozirgi vaqtda bug‘ - kompression sovitish qurilmalari mo‘'tadil sovitish temperaturalari sohasida ko‘pchilik hollarda, boshqa sovitish qurilmalariga qaraganda eng samarali qurilmalar bo‘lib qoldi, ulardan sanoat va turmushda keng foydalaniladi.
6. Absorbtsiyali va bug‘-ejektorli sovutish qurilmalari .
Bug‘ ejektorli sovitish qurilmasi sikli, bug‘ - kompression qurilma
sikliga o‘xshash, nam bug‘ tarzidagi sovitish moddasi vositasida amalga
oshiriladi. Ular orasidagi asosiy farq quyidagilardan iborat: agar bug‘ -
kompression qurilma siklida sovitilayotgan hajmda chiqqan bug‘ kompressor
yordamida siqilsa, bug‘ ejektorli qurilmada bu maqsadda bug‘ ejektoridan
foydalaniladi. Ejektor - gaz, bug‘ va suyuqliklarni siquvchi va
harakatlantiruvchi qurilma. Bug‘ni ejektor yordamida siqish uchun qozonda hosil
bo‘ladigan bug‘ning kinetik energiyasidan foydalaniladi.
Kompressor o‘rniga bug‘ ejektori ishlatishining sababi nima? Sovitish
qurilmalarida uncha past bo‘lmagan, taxminan 3 dan 10oC gacha bo‘lgan
temperaturalar olish uchun sovituvchi modda sifatida suv bug‘idan foydalanish
mumkin. Lekin 0oC ga yaqin temperaturalarda bug‘ning solishtirma hajmi juda
katta bo‘ladi (masalan, t=5oC da vi = 147,2 m3/kg bo‘ladi).
Zichligi bunchalik kichik bug‘ni siquvchi porshenli kompressor juda katta
mashina bo‘ladi. xuddi shuning uchun suv bug‘i bilan ishlaydigan sovitish
qurilmasi siklida, uncha takomillashgan bo‘lmasada, ancha ixcham apparat bug‘
ejektori ishlatiladi va unda parametrlari past arzon bug‘dan foydalaniladi.
Bug‘-ejektorli qurilma sovitish mashinalarining eng eski turlaridan
biridir.
Bug‘ - ejektorli sovitish qurilmasining sxemasi va tsikli 6 va 7 - rasmda
tasvirlangan.
6 – rasm 7 - rasm
To‘yingan suv drossellash ventili 1 da r1 bosimdan r2 bosimgacha kengayganda
hosil bo‘lgan suv bug‘i sovitiladigan hajmda joylashgan bu elitgich r ga kiradi.
Quruqlik darajasi yuqori bo‘lgan bug‘ r2 bosimda bu elitgichdan bug‘ ejektorining aralashtirish kamerasi 3 ga yuboriladi.
Ejektor soplosiga qozon 4 dan rq bosimli bug‘ beriladi. Bu elitgichdan ejektorning aralashtiruvchi kamerasiga beriladigan bug‘ va qozonda ejektor
soplosiga keladigan bug‘ sarflari shunday tanlanadiki, bug‘ning ejektor diffuzoridagi chiqishdagi bosimi
ga teng bo‘ladi. To‘yingan quruq bug‘ ejektordan kondensator 5 ga yuboriladi. Bu yerda u o‘z issiqligini sovituvchi suvga berib kondensatsiyalanadi. Bosim R1 da kondensatordan chiqayotgan kondensat oqimi ikki qismga bo‘linadi. Suvning ko‘p qismi sovitish konturiga, drossellash ventili 1 ga , oz qismi esa nasos 6 ga yuboriladi, nasosda suv bosimi Rx gacha ortadi. Nasos 6 suvni qozonga yuboradi. Qozonga beriladigan issiqlik hisobiga bug‘ hosil bo‘ladi.
Bug‘ - ejektorli qurilma tsikli 7- rasmdagi Ts - diagrammada tasvirlangan.
Bu diagrammada 1-2 - chiziq to‘yingan suvning reduksion ventilda adiabatik
drossellanish jarayoni, 2-3 - chiziq esa bug’latgichdagi izotermik - izobarik
jarayonini ifodalaydi.
Shu diagrammaning o‘zida bug‘ning «qozon ejektor - kondensator - qozon»
konturida aylanayotgan qismi bajaradigan sikl tasvirlangan.
Bu siklning tasvirlanishi shartli ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. -
qurilmaning ikkala konturining har bir bug‘ sarfi turlicha bo‘ladi. Ts -
diagrammada esa ikkala sikl 1 kg bug‘ hisobidan tasvirlangan.
Bu yerda 1 - 11 nasosda suv bosimining ortish jarayoni;
II – III – IV Rl - sonst bo‘yicha qozonga issiqlik berish jarayoni, IV - V - ejektor
soplosidan bug‘ning kengaytish jarayoni. Soploda bug‘ R2 bosimgacha (V nuqta)
kengayadida, bug‘latkichdan ejektorga shu bosimning o‘zida keladigan (3 - nuqta) bug‘
bilan aralashadi. Nam bug‘ning to‘yingan quruq bug‘ bilan aralashuvi natijasida quruqlik darajasi V va 3 orasidagi bug‘ hosil bo‘ladi - A nuqta.
Qurilma siklida chetdan ish kiritilmaganligi, uning o‘rniga esa qozonga issiqlik berilishi tufayli bunday qurilma siklining samaradorligi
quyidagi formuladan aniqlanadigan issiqlikdan foydalanish koeffisienti bilan aniqlanadi .
Asosiy adabiyotlar 1.Nurmaxammedov X.S. “Sovutish texnikasi” Ma’ruza matnlari. Toshkent, 2005 yil. 2. Azizov D. “Sovutish texnikasi va sovutish tizimlariga xizmat ko‘rsatish asoslari” / O‘quv qo‘llanmasi . Toshkent, 2017 yil . Qo‘shimcha adabiyotlar 2. А.В.Бараненко, В.Е.Куцакова, Е.И.Борзенко, С.В.Фролов. Примеры и задачи по холодильной технологии пищевых продуктов . Ч.3. Теплофизические основы. – М.:КолосС, 2004.–249 с.: ил. 3.Vasiyev M.G‘., Dadayev Q.O., Isaboyev I.B., Sapayeva Z.Sh., G‘ulomova Z.J. “Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari” Darslik. Toshkent, “Voris-nashriyot”, 2012 yil