Rejas: Sovutish qurilmalarining turlari, tuzilishi, sovutish koeffitsiyenti va unumdorligi



Download 0,61 Mb.
bet2/3
Sana14.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#801113
1   2   3
Т-S diagrammaga ko’ra , Q0 = T0 ( S2 – S1 ) va Q = T ( S2 – S1 ) . Q0 va Q larni (2.5) formulaga qo‘yib , Karno tsikli uchun quyidagini olamiz :
(2.6)
Sovutish koeffitsiyenti sun'iy sovuqlik olish uchun mexanik ishdan foydalanish darajasini ko‘rsatadi va (2.6) formuladan ko‘rinib turganidek , sovutish agen -tining xususiyatlari hamda sovutish qurilmasining ishlash sxemasiga bog‘liq emas , balki Т0 va T haroratlarning funktsiyasi . Bunda Т va Т0 haroratlar farqi qanchalik kichik bo‘lsa , sovutish koeffitsiyenti shunchalik katta bo‘ladi .
Sovutish koeffitsiyentini sovutish mashinasining foydali ish koeffitsiyenti sifatida qabul qilib bo‘lmaydi . Foydali ish koeffitsiyenti issiqlikning ishga aylanishi mumkin bo‘lgan qismini tavsiflaydi , shuning uchun u doim birdan kichkina bo‘ –ladi . Yuqoridagi holatda esa sarflanayotgan ish issiqlikka aylanmaydi , balki , past haroratli muhitdan yuqori haroratli issiqlikni o‘tkazish (ko‘tarish)da vositachi vazifasini bajaradi . Shuning uchun ko‘pincha Q0 miqdor ish L dan katta , natijada   1 . (2.6) formulaga muvofiq, Т0 haroratning pasayishi sarflanayotgan ishning keskin ortishiga olib keladi , natijada olinayotgan sovuqlikning ham narxi ortadi . Undan tashqari , bu haroratning pasayishi termodinamik foydali ish koeffi -tsiyentining kamayishiga olib keladi . Bu koeffitsiyent haqiqiy tsiklning sovutish koeffitsiyenti ning Karno tsikli sovutish koeffitsiyentiк ga nisbati bilan aniqlanadi: (2.7)
 ning pasayishi haqiqiy jarayonlarda Т0 harorat kamayganda sovuqlikning qaytmas yo‘qotilishlarining ortishi bilan tushuntiriladi .
4. Havoli sovutish qurilmasining p – v va T – S diagrammadagi tsikli . Havoli sovutish qurilmasi amalda ishlaydigan gazli sovutish qurilmasi turlaridan eng birinchisi bo‘lgan. Bunday qurilmani amerikalik muhandis Garri 1845 yili ixtiro qilgan. Havoli sovutish qurilmasining sxemasi 1–rasmda ko‘rsatilgan. Havo detander 1 da p1 bosimdan p2 bosimgacha kengayib ish bajaradi; bu ishni detander tashqi iste'molchiga (masalan, elektr generatoriga) beradi. Detanderda adiabatik kengayish natijasida T3 harorati T4 haroratgacha (-60оС) sovutilgan havo sovutish xonasi 2 ga kirib, unda issiqlik berish jarayoni o‘zgarmas havo bosimida (p2=const) sodir bo‘ladi. Havo sovutiladigan xonadan chiqqanidan keyin kompressor 3 ga yuboriladi, bu yerda havo bosimi p2 dan p1 gacha oshiriladi (bunda havo harorati T3 dan T2 gacha ortadi). Kompressorda siqilgan havo sovutgich 4 ga kiradi. Sovutgich issiqlik almashtirgich bo‘lib, unda sovituvchi suvga issiqlik berilishi natijasida havoning harorati pasayadi. Sovutgichda jarayon o‘zgarmas havo bosimida (p1 = const) sodir bo‘ladi. Havoli sovutish qurilmasi tsiklining pv – va Ts – diagrammasidagi tasviri 2 va 3-rasmlarda keltirilgan. Bu yerda 1–2 – kompressorda siqish jarayoni; 2–3 – havoni sovutgichda izobarik sovutish jarayoni; 3–4 – havoning detanderda adiabatik kengayishi; 4–1 – sovutiladigan xonadan izobarik issiqlik olish jarayoni. Bu diagrammada 1–2–3 – siqish chizig‘i, 3–4–1 – kengayish chizig‘i. 3 – rasmdagi Ts – diagrammada tsiklda sarflangan l ish 1–2–3–4–1 – yuza bilan tasvirlanadi. Tsiklni amalga oshirish uchun sarflangan ish q1 va q2 issiqliklar farqiga teng.

Issiqlik sig‘imini o‘zgarmas deb hisoblab quyidagiga ega bo‘lamiz.

Shunday qilib

bunda T1 - sovitiladigan xona temperaturasi yoki kompressorga so‘rilayotgan
havo temperaturasi; T2 - siqilgan havo temperaturasi.
Tashqi ko‘rinishdan (3) tenglama Karno qaytar tsiklining sovitish
koeffitsienti tenglamasi (1) ga mos keladi. Lekin bu o‘xshashlik tashqaridan
shunday ko‘rinadi.
Temperaturaning bir xil oralig‘ining o‘zida (4-rasm) amalga
oshiriladigan qaytar Karno tsikli ( 1 - 5 - 3 - 6 - 1) uchun sovitish koeffitsientini
aniqlaymiz.

5. Bug‘-kompressorli sovutish qurilmasining tsikli , uning T – S diagrammada ko‘rinishi . Sovituvchi modda sifatida biror suyuqlikning, ya'ni atmosfera bosimida qaynash temperaturasi t <0^oC bo‘lgan suyuqlikning nam bug‘idan foydalanilsa ,
sovitish qurilmasida issiqlik berish va olishni izotermalar bo‘yicha amalga
oshirish mumkin. Bu ma'noda mazkur tsikl Karno tsikliga yaqinlashadi va shu
sababli bunday qurilmaning samaradorligi eng yuqori va ular eng ko‘p tarqalgan.
Efir bug‘lari bilan ishlaydigan bug‘ - kompression sovitish qurilmalari
dastavval 1834 yildayoq yaratilgan edi. So‘ngra bu xil qurilmalarda sovituvchi
modda sifatida metil efiri va sul’fat angidriddan foydalaniladigan bo‘ldi.
Nemis muhandisi K. Linda 1874 yilda ammiakli, 1881 yilda karbonat
angidridli bug‘-kompression qurilma yaratdi. XX asrning 30-yillarida bunday
qurilmalarda freonlar sovituvchi modda sifatida ishlata boshlandi. Shu
vaqtlargacha bunday qurilmalarda porshenli kompressorlar ishlatishdi, so‘ngra
rotatsion, vintli va turbokompressorlar ishlatish boshlandi. 5-rasmda bug‘ kompression sovitish qurilmasining sxemasi, tsikli va sovitish
koeffitsientining o‘zgarishi ko‘rsatilgan.


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish