nurlarto’lqin uzunligi rentgen nurlarning to’lqin uzunligidan kichik, chastotasi rentgen nurlarning chastotasidan katta bo’lgan elektromagnit to’lqinlardir.
nurlaryadroning uyg’ongan holatidan asosiy statsionar holatiga o’tishida hosil
bo’ladi, nurlarini uyg’ongan yadro nurlantiradi.
Nurlanishvayutilishspektrlari.Spektralanaliz
Yuqori temperaturagacha qizdirilgan moddalardan chiqadigan nurlar moddaning turiga bog’liq holda turli spektr beradi. Bunday spektrlar nurlanishspektrlarideyiladi. Bu nurlanish spektrlarini 3 turga: tutash (uzluksiz), chiziqli va polasasimon spektrlarga ajratish mumkin.
Tutash (uzluksiz) spektrlar. Bunday spektrlarni o’ta qizdirilgan qattiq yoki suyuq jismlardan chiqqan nurlar hosil qiladi. Shuningdek, yuqori bosim ostida bo’lgan gaz va bug’lar nurlanishida ham tutash spektrlar yuzaga keladi. Uzluksiz spektrda shu spektrni hosil qilayotgan nurlar uchun barcha uzunlikdagi to’lqinlarni toppish mumkin, yani spektrda birorta ham uzilish bo’lmaydi. Quyosh nuri va yuqori temperaturada bo’lgan plazmadan chiqqan nur tutash spektrni beradi.
Chiziqli spektrlar. Turli ravshanlikda ega bo’lgan va bir-biridan keng qora yo’llar bilan ajralgan rangli chiziqlardan iborat spektrlar chiziqli spektr deyiladi.Bunday spektrlarni atomlar holda bo’lgan gazsimon moddalar hosil qiladi. Har bir atom ma’lum qiymatli to’lqin uzunligiga mos nur chiqaradi. Demak, har bir kimyoviy element o’ziga xos spektrga ega.
Polasasimon spektrlar. Polasasimon spektr bir- biridan qora oralig’lar bilan ajralgan ayrim polasalar (yo’llardan) iborat. Har bir polosa bir-biriga juda yaqin joylashgan ko’pdan- ko’p zich chiziqlardan iborat ekanligini o’ta sezgir spectral apparat yordamida payqash mumkin. Polasasimon spektrlarni asosan gaz molekulalarining nurlanishi hosil qiladi.
Agar tutash spektrni hosil qiladigan nur, atom yoki molekulalari uyg’onmagan moddadan o’tsa, dastlabki tutash spektr o’zgaradi. Bunda hosil bo’ladigan spektr yutilishspektrideyiladi.
Moddaning nur chiqarishi va nur yutishi Kirxgof qonuniga asoslangan.
Kirxgof qonuni: Modda yorug’lik manbai sifatida qanday to’lqin uzunligiga ega bo’lgan nur chiqarsa, u spektrning xuddi shu qismiga mos keluvchu nurni yutadi.
Qattiq va suyuq moddadan o’tgan yorug’likning yutilish spektrida yutilgan nurlar o’rnida polasasimon qora chiziqlar paydo bo’ladi.
Turli moddalarning kimyoviy trkibini shu moddalarning nurlanish va nur yutish xususiyatiga ko’ra tekshirish usuli spectralanalizdeyiladi.
Spektrel analiz uchun chiziqli spektrni hosil qilish lozim.