Kimyoviy modda – atom va molekulalar uyushmasi
Reja:
1.Yer yuzasining foydali qazilmalari
2. Inson tanasining asosiy qismi
3.Atom va molekulalar uyushmasi
Atrofimizni o‘rab turgan butun olamning turli-tumanligini, cheksiz o‘zgaruvchanligini ko‘rib va bu olam asosan 118 ta elementdan tashkil topgan.
Yer yuzasining foydali qazilmalar olinadigan qismining 90 foizi asosan beshta element: kislorod, kremniy, aluminiy, temir va kalsiydan iborat.
Inson tanasining asosiy qismi: kislorod, vodorod, ugleroddan va yana 89 ta kimyoviy elementdan tashkil topgan. 20 dan ortiq element tabiatda juda oz miqdorda uchraydi, ayrimlari esa faqat laboratoriyalardagina olinadi.
Kimyoviy moddalar bir yoki bir necha elementdan tashkil topgan. Suvni elektr toki yordamida parchalab, alohida-alohida moddalar: vodorod va kislorodni hosil qilish mumkin.
Suv kimyoviy birikma bo‘lib, uni vodorod va kislorodga parchalash mumkin.
Vodorod va kislorod oddiy moddalar. Oddiy moddalar faqat bir xil atomlardan tashkil topgan bo‘ladi. Demak, kimyoviy modda – atom va molekulalar uyushmasidir.
Molekular va nomolekular moddalar
Molekula o‘zaro bog‘langan atomlar guruhidan iborat. Molekular tuzilishdagi moddalar bir xil molekulalardan tashkil topgan va shuning uchun bunday moddalar tarkibi o‘zgarmas bo‘ladi.
Odatda, moddalar gazsimon holatda molekular tuzilishda bo‘ladi. Moddalar suyuq yoki qattiq holatda bo‘lganda modda molekulalari orasidagi masofa nisbatan yaqin va ularni o‘zaro ta’sirlashish kuchlari katta bo‘ladi.
Nomolekular tuzilishdagi moddalarga, asosan, qattiq moddalar kiradi, ular kristall tuzilishga ega.
Gazsimon holatdan tashqari, qattiq holatdagi kristall tugunlarida molekula tutuvchi moddalar ham molekular tuzilishdagi moddalar hisoblanadi
Kristall tugunlarida ionlar (zaryadlangan zarracha) joylashsa, ular yuqori suyuqlanish haroratiga ega bo‘ladi, uchuvchan bo‘lmaydi (osh tuzi).
Kristall tugunlarida metall atomlari yoki ularning musbat ionlari joylashsa, ularning orasida erkin elektronlar bo‘ladi. Metallarning yaltiroqligi, plastikligi, elektr tokini, issiqlikni o‘tkazishi shunga bog‘liqdir.
Atom (yun. atomos – bo‘linmas) – kimyoviy elementning barcha xossalarini o‘zida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi. Dastlabki "bo‘linmas" nomini olgan bu zarraning ichki tuzi-lishi anchagina murakkab. A. musbat za-ryadlangan negiz (yadro) va yadro atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tash-kil topgan. A. markazida barcha massasi jamlangan musbat zaryadlangan negiz (yadro) joylashgan; atrofida o‘lchovlari (~ 10~8 sm) A. o‘lchovlarini ifodalay-digan elektron qobiklarini hosil qiluvchi elektronlar harakat qiladi. A. yadrosi protonlar va neytronlardan tashkil topgan. A.dagi elektronlar soni yadrodagi protonlar soniga teng (A.dagi barcha elektronlar zaryadi yadro zaryadiga teng), protonlar soni elementning dav-riy tizimidagi tartib raqamiga teng. A. elektronlarni tutib olib yoki berib, manfiy yoki musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi. A.ning kimyoviy xossalari asosan tashqi qobikdagi elektronlar soni bilan aniqlanadi; kimyoviy qo‘shilib, A.lar molekulalar hosil qiladi. A.ning ichki energiyasi uning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ichki energiya ma’lum (diskret) qiymatlarga ega bo‘lishi va u sakrashsimon kvant o‘tishlardagina o‘zgarishi mumkin. Ma’lum qiymatdagi energiyani yutib, A. qo‘zg‘algan holat (energiyaning yuqoriroq sathi)ga o‘tadi. A. foton chiqarib, qo‘zg‘algan holatdan kichik energiyali holat (energiyaning pastroq sathi)ga o‘tadi. A.ning eng kichik energiyasiga mos sathi asosiy sath, Atom markazida Ze musbat zaryadli mas-siv yadro joylashgan, yadro atrofida – Ze elektronlar aylanadi. Atomning de-761yarli hamma massasi yadroda to‘plangan. qolganlari esa qo‘zg‘algan sathlar deyi-ladi.A. tuzilishi haqidagi fan ("Atom fi-zikasi" "Yadro fizikasi", "Elementar zarralar fizikasi" va boshqa yo‘nalishlar) nazariyasi ancha murakkab bo‘lib, fizi-kaning deyarli barcha yutuqlariga va hozirgi zamon matematik apparat yutuqlariga ta-yanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |