Reja; Yassi chuvalchanglar (plathelminthes) tipi



Download 1,76 Mb.
bet1/2
Sana09.06.2022
Hajmi1,76 Mb.
#648962
  1   2
Bog'liq
portal guldu uz Zoologiya YASSI CHUVALCHANGLAR TIPI KIPRIKLI CHUVALCHANGLAR 1605


Zahiriddin Muhammad Bobur nomli Andijon Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya talim yo'nalishi 2-bosqich 204-guruh talabasi Turdimatov Islombekning tayorlagan
Kurs ishi
Mavzu:Yassi chuvalchanglar rivojlanish shakli- parazit hayot mahsuli
Reja;
1. Yassi chuvalchanglar (plathelminthes) tipi.
2. Jigar qurtlarining (Fasciola sp.) biologik xususiyatlari.
3. Mushuk ikki so'rg'ichlisi (Opisthorchis felineus).
Yassi chuvalchanglar - ancha murakkab tuzilgan bilatеral simmеtriyali hayvonlar. Gavdasi orqadan qorin tomoniga qarab yassilashgan; shakli bargsimon yoki tasmasimon bo’ladi. Yassi chuvalchanglarda haqiqiy to’qimalar, maxsus organlar (hazm qilish, ayirish, jinsiy, sеzgi) va nеrv sistеmasi rivojlangan. Faqat birmuncha sodda tuzilgan vakillarining hazm qilish sistеmasi to’liq rivojlanmagan. Parazit tasmasimon chuvalchanglarning hazm qilish sistеmasi yo’qolib kyetgan. Yassi chuvalchanglarning tana bo’shligi rivojlanmagan; organlar oralig’i parеnxima (govak toqima) bilan to’lgan; jinsiy sistеmasi gеrmafrodit.
Yassi chuvalchanglar tipining 7000 dan ortiq turi ma'lum. Ular orasida chuchuk suv va dеngizlarda erkin yashovchi vakillari ham bor. Bu tip kiprikli chuvalchanglar, so’rgichlilar, monogeneyalar va tasmasimon chuvalchanglar sinflariga bo’linadi.
Parazitlik qilib hayot kechiruvchi chuvalchanglar gelmintlar, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar esa gelmintozlar deb ataladi. Gelmintlarni o'rganuvchi fan gelmintologiya deyiladi.
Skoletsidalar, ya'ni chuvalchanglar tabiatda eng ko'p tarqalgan hayvonlar guru-hini tashkil qiladi. Ularning ko'pchilik turlari suvda va tuproqda erkin holda yashay-di. Shu bilan bir qatorda o'simliklarning to'qimalarida, umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda hamda odamlarning turli organlarida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham oz emas.
YASSI CHUVALCHANGLAR (PLATHELMINTHES) TIPI.
Yassi chuvalchanglar dengiz va okeanlarning suv ostida hayot kechirishga o’tgan kovakichlilardan kelib chiqqan.
Yassi chuvalchanglar tipi uchun quyidagi belgilar eng xarakterlidir: 1) embrional taraqqiyotida ekto- , ento- va mezoderma qavatlarning rivojlanishi va shu tufayli tananing uch qavatga ega bo’lishi, 2) muskul, nerv, ayirish, jinsiy sistemalar, ko’pchiligida hazm organlarining rivojlanishi va murakkablashishi, 3) teri-muskul xaltaning paydo bo’lishi, 4) tana shaklining ikki tomonlama simmetriyaga o’tishi, 5) tana bo’shlig’ining bo’lmasligi.
Yassi chuvalchanglarning dastlabki vakillarini asosan erkin, yirtqich holda yashovchi kiprikli chuvalchanglar yoki turbellyariyalar tashkil qiladi.
Yassi chuvalchanglar tipi vakillari gavdasining uzunligi 0,3 mm dan 15-20 metrgacha va hatto ayrim ulkan turlari 30 metrgacha (kashalotlarning ichagida parazitlik qiladigan tasmasimon chuvalchanglardan - Polygonoporus giganticus) boradi. Bu tipga 15 mingga yaqin tur kiradi.
SO'RG'ICHLILAR (TREMATODA) SINFI.
Trematodalar sinfi vakillari ham monogeneyalar singari kiprikli chuvalchanglardan kelib chiqqan. Ammo ular barcha umurtqalilar - baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchilar, shu jumladan odamlarning hamda umurtqasizlarning ichki parazitlari hisoblanadi. Bu sinf haqidagi dastlabki ma'lumotlar 17-asrning o'rtalarida paydo bo'lgan. Taniqli italiyalik olim Redi birinchi marta qoramollar jigarida jigar qurtini topib, uning tuzilishini o'rganadi
Shved olimi K. Linney trematodalaming 40 dan ortiq turini o'rganib, birinchi marta trematodalar sinfiga asos solgan. 1819-yili mashhur gelmintolog olim K.A. Rudolfi 220 dan ortiq trematodalar turini o'rganadi. Trematodalarni har tomonlama o'rganishda rus olimlari yetakchi rol o'ynaydi. Akademik K.I. Skryabin o'z sho-girdlari bilan trematodalar bo'yicha 26 tomlik kapital asarlar yozgan.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish