Hazm qilish sistеmasi. Og’iz tеshigi og’iz so’rg’ichining o’rtasida joylashgan. Ogzi qisqa halqum bilan tutashgan. Halqumdan ikki shoxli ichak boshlanadi. Ichakning har qaysi shoxi yana ko’p yon shoxlarga ajraladi. Shoxlarning uchi bеrk bo’lib, oziq qoldigi og’iz tеshigi orqali chiqib kеtadi. Jigar qurti ot suyuqligi bilan va qon sorib oziqlanadi. Uning ayirish, nеrv va jinsiy sistеmalari oq planariyanikiga o’xshash tuzilgan bo’ladi.
Rivojlanishi. Jigar qurti – gеrmafrodit hayvon. Uning urug’langan tuxumlari xo’jayin jigari o’t yo’llaridan ichakka va undan tеzak bilan tashqi muhitga chiqadi. Agar tuxumlari suvga tushib qolsa, ulardan mikrosko’pik mayda “miratsidiy” dеb ataladigan kiprikli lichinkalar chiqadi. Lichinkalar suvda bir muncha suzib yuradi. So’ngra ular chuchuk suv shillig’ini to’pgach, uning tanasiga kirib oladi; kipriklarini tashlab, ikkinchi lichinkalik davri rеdiylarga o’tadi.
A- Jigar qurtining jinsiy sistemasi;
B- jigar qurtining hazm qilish sistemasi:
1- og’iz so’rg’ichi, 2-qorin so’rg’ichi, 3-o’rta ichak,
4-kuyikish organi,
5-tuxumdon, 6-sarig’don,
7-sarig’don yo’llari,
8-urug’don, 9-urug’ yo’li,
10- bachadon.
|
Mushuk ikki so'rg'ichlisi (Opisthorchis felineus).
Bu parazit asosan mushuk, it, tulki, sher, cho'chqa va odamning jigarida, o't yo'llarida, o't pufagida hamda oshqozon osti bezlarida parazitlik qilib yashaydi. U asosan G'arbiy Sibirda ko'p tarqalgan.
Ko'rinishi nashtarsimon ikki so'rg'ich-liga o'xshaydi, lekin tanasi biroz kichik, ya'ni 8-13 mm uzunlikda bo'ladi. Bir juft urug'donlari va bir dona tuxumdoni gavdasining orqa tomonida joylashgan.
Bachadoni ko'p shoxlangan bo'lib, tana bo'shlig'ining oldingi yarmini to'ldirib turadi,
Mushuk ikki so'rg'ichlisining, ya'ni opistorxisning rivojlianishida uchta xo'j-ayin qatnashadi. Yuqorida aytilgan sutemizuvchilar va odam definitiv (asosiy) xo'jayin bo'lsa, chuchuk suvda yashovchi qorinoyoqli molluska - bitiniya (Bithynia leachi) birinchi oraliq xo'jayin, sazan (zog'ora baliq), karas (tobon baliq), leshch (oqcha), yaz va boshqa baliqlar ikkinchi oraliq yoki qo'shimcha xo'jayin hisoblanadi
Parazitning tuxumlari asosiy xo'jayini o't suyuqligi orqali ichakka va imdan ax-lati bilan tashqi muhitga chiqadi. Molluska parazit tuxumlarini yutib yuboradi va uning organizmida tuxumdan miratsidiy lichinkasi chiqib, harakatsiz sporotsistaga aylanadi va molluska jigariga o'rnashib oladi. Bu yerda sporotsistalardan rediyalar hosil bo'ladi. Rediyalar o'sishi bilan partenogenetik usulda ko'payib, serkariylar-ga aylanadi. Serkariylar harakatchan bo'lib, molluska tanasidan suvga chiqadi va keyingi rivojlanishi uchun ikkinchi oraliq, ya'ni qo'shimcha xo'jayini - baliqlar terisi hamda jabralariga yopishib oladi.
Baliq terisini teshib muskul va biriktiruvchi to'qimalari orasida pardaga o'ralib, taxminan 6 haftadan keyin metatserkariyga aylanadi. Kasallangan baliqlar bilan oziqlangan asosiy xo'jayinlar parazitni o'zlariga yuqtiradi. Odam ham yaxshi dudlanmagan yoki yaxshi qovurilmagan kasal baliqlarni yesa, parazitni o'ziga yuqtiradi.
Asosiy xo'jayini oshqozonida va ingichka ichagida metatserkariyning po'sti yemirilib, parazit o't yo'li orqali jigarga o'tadi. Bu yerda 3—4 haftadan keyin jinsiy voyaga yetib, yana tuxum qo'ya boshlaydi. Umuman, opistorxisning tuxumdan tortib, to jinsiy voyaga yetishigacha 4-4,5 oy vaqt kerak bo'ladi.
Yassi chuvalchanglar - eng tuban tuzilgan bilateral simmetriyali hayvonlar. Ulaming tanasi orqali faqat bitta simmetriya chizig'ini o'tkazish murnkin. Ko'pchilik yassi chuvalchanglarning tanasi cho'ziq bo'lib, dorzoventral (orqa-qorin) yo'nalishida yassilashgan.
Yassi chuvalchanglar uch qavatli hayvonlar. Ontogenezda ulaming to'qima va organlari uchta murtak varaqlaridan, xususan tana qoplagichini hosil qiladigan ektodermadan, ichakni hosil qiladigan endodermadan va ular oraligida joylashgan mezodermadan kelib chiqadi.
Xulosa
1. Abduraxmanov G.M., Lopatan I.K., Ismailov Sh.I. Osnovo’ zoologii i zoogeografii. Uchebnik dlya studentov vo’sshix pedagogicheskix uchebno’x zavedeniy. M., Izdatelskiy tsentr «Akademiya» 2001.
2. Abuladze K.I. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni selskoxozyaystvenno’x jivotno’x. Uchebnik dlya studentov VUZov po spetsialnosti "Veterinariya". M., 1990.
3. Akbaev M.Sh. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni jivotno’x. Uchebnik dlya studentov VUZov po spetsialnosti «Veterinariya». M. KOLOS, 2000.
Foydalanilgan adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |