iqtisodiy о‘sish
holati rо‘y beradi.
Yalpi taklif va yalpi talab о‘rtasidagi muvozanatning buzilishi makroiqtisodiy
beqarorlikni keltirib chiqaradi. Makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifalaridan biri
makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir. Bunda yalpi talab va yalpi taklifning
dinamik muvozanatiga erishish uchun yalpi talabni rag‘batlantirish yoki cheklash siyosati,
shuningdek yalpi taklifni rag‘batlantirish siyosati qо‘llaniladi.
Yalpi talabni rag‘batlantirish siyosatining kо‘rinishlariga daromadlarni о‘stirish,
soliqlarni kamaytirish, bank kreditlarini arzonlashtirish, narxlarni cheklash tadbirlari kirsa,
yalpi taklifni rag‘batlantirish siyosatida investitsiyalarni rag‘batlantirish, ishlab
chiqaruvchilarga soliq yukini pasaytirish, eksportchilarni qо‘llab-quvvatlash va boshqa
choralar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |