Reja: XVII asrning ikkinchi yarmi XVIII asrning boshida Fransiyaning tashqi siyosati va Evropada xalqaro vaziyat



Download 98 Kb.
Sana28.01.2021
Hajmi98 Kb.
#56907
Bog'liq
Xalqaro munosabatlar


XVII asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshida

xalqaro munosabatlar.

Reja:


  1. XVII asrning ikkinchi yarmi - XVIII asrning boshida Fransiyaning tashqi siyosati va Evropada xalqaro vaziyat.

  2. Birinchi jahon urushi va xalqaro munosabatlar.

1) XVII asrning ikkinchi yarmi - XVIII asrning boshida G‘arbiy Evropada Fransiya etakchilik qilardi. Evropaning xalqaro xayotidagi yangi vaziyat Lyudovik XIV xukmronligining boshlanishiga to‘g‘ri keldi. Fransiya tomonidan Evropada ustivorlikka intilishi bir qator urushlarni keltirib chiqardi - ki, ularda Evropaning ko‘plab davlatlari qatnashdi. Ular turli, lekin albatta Fransiyaga qarshi koalitsiyalarga (ittifoqlarga) birlashishdi.

Fransiyaning Evropada tashqi siyosiy ustivorligining o‘rnatilishiga qator qulay sharoitlar yordam berdi. Angliyada Styuartlarning tiklanishidan so‘ng (1660 y.) Karl II va YAkov II muxolifat bilan kurashish uchun xorijdan, birinchi galda Lyudovik XIVdan, yordam izlashni boshladilar. Fransiya ingliz qirollariga doimiy tarzda pul subsidiyalarini berardi. SHunday “moliyaviy diplomatiya” orqali Lyudovik XIV Angliyani qit’adagi faol siyosatdan 30 yilga ( 1688 yildagi davlat to‘ntarilishigacha ) chetlatib qo‘ydi. O‘ttiz yillik urush Ispaniya va Avstriya Gabsburglarining an’anaviy yakdilligini yo‘qqa chiqardi. Gabsburglarning ikala sulolasi xam XVII asrning ikkinchi yarmida jiddiy ichki qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan edi, Avstriyaning esa Usmoniylar imperiyasi bilan munosabatlari yana keskinlashdi. XVII asrning 60 - yillarida Usmoniylar imperiyasi Evropadagi egaliklarini kengaytirishga va G‘arb tomon yanada uzoqroqqa siljishga, Bolqon ortiga o‘tishga urinishlarini qaytadan boshladi.

Fransiya dastlabki ikki yirik urushini (1667 - 1668; 1672 – 1678 yy.) boy va sanoati rivojlangan Ispan Niderlandlari uchun olib bordi. “Golland urushlari” Lyudovik XIVga to‘la g‘alabani keltirmadi (ya’ni butun Ispan Niderlandlarining bosib olinishi), ammo Aaxen (1668y. ) va Nimvegen ( 1679y. ) tinchlik shartnomalariga ko‘ra Fransiya o‘z erlariga Janubiy Niderlandlarining qator shaxarlarini ( Lill, Valansen, Kambre va boshq ), xamda Muqaddas Rim imperiyasining Fransh - Konte viloyatini qo‘shib oldi. Tinchlik imzolanganidan so‘ng Lyudovik XIV, turklarning Venaga solgan YAngi taxdididan foydalanib, 1681 yilda Elzas viloyatining markazi - Strasburg shaxrini bosib oldi. 1684 yilda imperator Leopold I ( 1658 - 1705yy. ) va Ispaniya qiroli Karl II ( 1665 - 1700yy. ) Regensburgda Lyudovik XIV bilan shartnoma imzolashdi. Unda 20 yil yarash axdi ko‘zda tutilgandi va Fransiyaning xududiy istilolari tan olindi.

Fransiyaning muvaffaqiyatlari 1686 yilda, Vilgelm III Oranskiy tashabbuskori bo‘lgan, Augsburg ligasi deb nomlangan mudofaa ittifoqining tashkil etilishiga sabab bo‘ldi. Augsburg ligasi tarkibiga Gollandiya, Ispaniya, SHvetsiya, Savoyya, Avstriya, ayrim nemis kurfyurstliklari va italyan davlatlari kirishdi. Ittifoqqa Rim papasi Innokentiy XI xomiylik qildi. Angliyada 1688 yilda ro‘y bergan “SHonli inqilob” natijasida Niderlandlar stautxauderining ingliz taxtiga o‘tirishi Angliyaning koalitsiyaga qo‘shilish uchun imkon yaratdi.

1688 yilda Lyudovik XIV deyarli butun Evropaga qarshi o‘zining uchinchi urushini boshladi. Xarbiy xarakatlar quruqlikda va dengizda olib borildi. Evropa maydonlarida g‘alabalarga erishgan Fransiya ingliz flotidan mag‘lubiyatlarga uchrardi. Urush 1697 yilda Risvik sulxining imzolanishi bilan yakunlandi. Xududiy jixatdan deyarli urushdan oldingi xolat tiklandi. Fransiya faqat Strasburgni va imperiya bilan chegaradagi ayrim erlarni o‘zida saqlab qoldi. Fransiyaning eng katta siyosiy yon berishi - Vilgelm III Oranskiyni ingliz qiroli sifatida tan olishi edi. Risvik sulxidan uch yil o‘tgandan so‘ng Lyudovik XIV o‘zining to‘rtinchi, oxirgi urushini - “ispan merosi” uchun urushni ( 1701 - 1714yy. ) boshladi. Ispaniya taxtining bo‘shab qolganligi ( ispan Gabsburglaridan bo‘lgan farzandsiz Karl II ning 1700 yilda vafotidan so‘ng ) ushbu urushga baxona bo‘ldi.

Vilgelm III Oranskiy, imperator Leopold I, german knyazlarining ko‘pchiligi, Bryunderburg kurfyursti ( 1701 yildan Prussiya qiroli ), Portugaliya, Savoyya Fransiyaga qarshi chiqishdi. Ispaniyadan tashqari, faqatgina Bavariya kurfyursti ( unga Ispan Niderlandlari va Pfals va’da qilingandi ) va Kyoln arxiepiskopi Lyudovik XIV ning ittifoqchilari bo‘lib qolishdi. Lyudovik XIV Fransiyaning an’anaviy ittifoqchisi - SHvetsiyadan katta umidlari bor edi. SHvedlar o‘sha davrda Evropadagi eng ilg‘or armiyaga ega edilar.

Ammo SHvetsiya SHimoliy urushda ( 1700 - 1721yy. ) o‘ralashib qoldi va Fransiya xech qanday yordam beraolmadi.

Xarbiy xarakatlar asosan Italiya, Ispaniya, Niderlandlar, xamda Germaniya va Fransiyaning ular bilan chegaradosh xududlarida olib borildi. Fransiyani to‘la mag‘lubiyatdan uning dushmanlari lageridagi kelishmovchiliklar va ularning ichki qiyinchiliklari saqlab qoldi.

1713 yilda Utrexda tinchlik kongressi ochildi; unda Fransiya va Ispaniya, bir tomondan va Angliya, Gollandiya, Brandenburg, Savoyya, xamda Portugaliya, ikkinchi tomondan, tinchlik shartnomalariga imzo qo‘yishdi. Ispaniyaga uning mustamlakalari qoldirildi, ammo Filipp V Burbon, o‘zida faqatgina ispan taxtini saqlab qolib, Fransiya tojiga bo‘lgan da’volaridan voz kechdi. Ersgersog Karlga ( 1711 yilda Karl VI nomi bilan Muqaddas Rim imperiyasining imperatori bo‘ldi ) ispan taxtidan voz kechganligi evaziga Ispan Niderlandlari ( Belgiya ) va Italiyadagi barcha ispan erlari ( Milan gersogligi, Neapolitan qirolligi, Sardiniya va boshq.) berildi. 1714 yilda Utrext shartnomasiga Avstriya xam qo‘shildi (1714 yildagi Rashtatt shartnomasi). Angliya Pireneydagi Gibraltar qal’asini, Menorkadagi Maon portini, fransuzlarning SHimoliy Amerikadagi sobiq xududlarini ( Nyufaundlend oroli, Kanadada avliyo Lavrentiy daryosining quyilish joyi ), xamda ispan mustamlakalarida aloxida savdo xuquqlarini, shu jumladan “asiento” ni ( qullar bilan savdo qilish xuquqi ), qo‘lga kiritdi.

Fransiya yirik tashqi siyosiy mag‘lubiyatga uchradi. Evropada Fransiyaning ustivorligi davri yakunlandi.

XVII asrning ikkinchi yarmida SHvetsiya SHimoliy va SHarqiy Evropada xukmronlik qilardi. Asrning birinchi yarmida Polsha SHarqiy Evropa masalalarida etakchilik qilgan bo‘lsa, O‘ttiz yillik urushi yillarida esa ushbu rolni SHvetsiyaga yaqqol berib qo‘ydi. Boltiq dengizida shvedlarning xukmronligi qo‘shni mamlakatlarning manfaatlariga zid kelardi. XVII asrning oxirida ( 1698 - 1699 yy. ) rus podshosi Pyotr I (1682 - 1725 yy.), Polsha qiroli va Saksoniya kurfyursti Avgust II Kuchli (1697 - 1733 yy.) va Daniya qiroli Fridrix IV (1699 - 1730 yy.) o‘rtasida SHimoliy Ittifoq tuzildi. Keyinroq Prussiya xam unga qo‘shildi. 1700 yilning 3 iyunida Rossiya va Turkiya o‘rtasida tinchlik shartnomasining imzolanishi Pyotr I-ga kuchlarni SHvetsiyaga qarshi kurash olib borish uchun mujassam etishga imkon berdi. Ittifoqchi monarxlar armiyalari shvedlar qiroli Karl XII-ga (1697 - 1718 yy.) qarshi xarakatlar olib borishdi. SHimoliy urush boshlandi.

Urush uzoqqa cho‘zildi va omad u yoki bu tomonga o‘zgarib turdi. Urushning dastlabki bosqichida Karl XII o‘zining moxirona va ildam xarakatlari bilan rus armiyasini Narva yonida (1700 y.) mag‘lub etdi va Daniya, Rech Pospolitaya va Saksoniyani urushdan chiqarib tashlashga erishdi. Rossiya yakka o‘zi urushni davom ettirishga majbur bo‘ldi. Biroq, Karl Saksoniyada yo‘qotgan vaqtdan Pyotr I rus armiyasining jangovarligini mustaxkamlash va Boltiq bo‘yida o‘rnashib olish uchun maksimal tarzda foydalandi.

Rus armiyasining Poltava jangidagi ( 1709 y. ) va yosh rus flotining Gangut burnidagi ( Xanko ) ( 1714 y. ) g‘alabalari urushning borishini batamom o‘zgartirib yubordi va SHimoliy ittifoqning tiklanishiga ko‘mak berdi. Biroq, shvedlarga qarshi koalitsiyani urushning oxirigacha saqlab qolishga imkon bo‘lmadi. Rossiyaning ittifoqchilari, SHvetsiya bilan separat bitimlarini birin - ketin tuzib, urushdan chiqib ketishdi. 1718 yilda Aland orollarida rus va shved vakillarining tinchlik kongressi ochildi. Ammo Karl XII ning vafoti sababli kongress to‘xtatildi va urush davom ettirildi. 1721 yilda Fransiyaning vositachiligida Nishtadt shartnomasi imzolandi. Rossiya va SHvetsiya o‘rtasidagi SHimoliy urush tugadi. Ingermanlyandiya, Estlyandiya, Liflyandiya, Janubi - G‘arbiy Kareliya Rossiyaning ixtiyoriga o‘tdi. Rossiya Boltiq dengizi qirg‘oqlariga chiqdi. Urush natijasida SHvetsiya buyuk davlat maqomini batamom yo‘qotdi. Rossiya qit’aning SHimolida va SHarqida ustunlik mavqeiga ega bo‘ldi.

2) 1913 yil iyun oyida Bolgariya Serbiyaga qarshi urush boshladi. Ikkinchi Bolqon urushi Bolqon ittifoqining ichki ziddiyatlari va unga qarshi amalga oshirilgan qo‘poruvchilik ishi oqibati boshlandi. Bolgariyadan Janubiy Dobrudjani tortib olishni niyat qilgan Ruminiya Serbiya va YUnonistonga qo‘shildi. Turkiya xam, Adrianopolni qaytarib qo‘lga kiritish umidida bo‘lib, Bolgariyaga qarshi urush boshladi. Bolgariya bir necha kun ichida tor - mor etildi. 1913 yilning avgust oyida Buxarestda Bolgariyaning obro‘sini to‘kadigan shartnoma imzolandi. Unga binoan Makedoniya va Frakiyaning bir qismi Serbiya va Turkiyaga o‘tdi. Ruminiya Janubiy Dobrudjani qo‘lga kiritdi, Turkiyaga esa Adrianopol qaytarildi. Bolqon ittifoqi tarqab ketdi. Biroq Buxarestda o‘rnatilgan tinchlik uzoqqa cho‘zilmadi. Bolqonda yuzaga kelgan vaziyat “o‘z uchqunini” kutib turgan “Evropa qo‘rxonasini” eslatardi. 1914 yil 28 iyunda Saraevo shaxrida Avstriya ersgersogi taxt vorisi Frans Ferdinandning “Mlada Bosna” deb nomlangan serb millatchilik tashkilotining a’zosi G. Prinsip tomonidan o‘ldirilishi aynan shunday uchqun vazifasini bajardi. Ushbu voqea Avstro - Vengriyanning Serbiyaga urush e’lon qilishiga baxona bo‘ldi. Rossiya slavyan xalqlarini yordamsiz qoldira olmasdi va 31 iyulda mamlakatda umumiy safarbarlik boshlandi. Germaniya ultimativ tarzda uni to‘xtatishni talab qildi. Xech qanday javob olmagach, 1914 yil 1 avgustda Rossiyaga urush e’lon qildi; 3 avgustda - Fransiya, 4 avgustda esa Angliya Germaniyaga urush e’lon qildilar.

Tez orada urush Evropadan tashqari mintaqalarni qamrab oldi. YAponiya, urushdan foydalanib, Xitoyni bo‘ysundirmoqchi, Tinch okeanidagi german mustamlakalarini bosib olmoqchi va Uzoq SHarqda o‘z xukmronligini o‘rnatmoqchi edi. 1914 yilning avgust oyida YAponiya Germaniyaga urush e’lon qildi.

Asta - sekin urush umumiy axolisi 1,5 mlrd kishini tashkil etgan 38 ta davlatni qamrab oldi va jaxon urushiga aylandi.

1914 - 1915 yillarda Germaniya va Avstro - Vengriya blokiga Turkiya va Bolgariya qo‘shildi. SHu tariqa To‘rtlar ittifoqi yuzaga keldi. Antanta tomonida turib Italiya, Portugaliya, Ruminiya, AQSH, YUnoniston urush olib borishdi. Urushga kirgan buyuk davlatlar qanday maqsadlarni ko‘zlagan edilar?

Germaniya Evropa va YAqin SHarqning katta qismini bosib olishga intildi, shu jumladan ittifoqchi Turkiyani xam. Angliya, Fransiya va Belgiyadan ularning mustamlakalarini, Rossiyadan esa - Ukraina va Boltiq bo‘yini olmoqchi edi.

Avstro - Vengriya Serbiya, Bolgariya va CHernogoriyani bo‘ysundirishni, Bolqon yarimorolida, xamda Qora, Adriatik va egey dengizlarida o‘z xukmronligini o‘rnatishni ko‘zlagandi.

Angliya o‘z mustamlakalarini saqlab qolish va asosiy raqibi - Germaniyani zaiflashtirish uchun kurash olib bordi. Bundan tashqari, Angliya Turkiyadan Mesopotamiyani, Falastinni tortib olishni va Misrda mustaxkam o‘rnashib olishni niyat qilgandi.

Fransiya undan 1871 yilda Germaniya tomonidan tortib olingan Elzas va Lotaringiyani qaytarib olishga, xamda Saar ko‘mir xavzasini va Reyn daryosining chap soxilidagi boshqa german viloyatlarni qo‘lga kiritishga intildi.

Rossiya Konstantinopolni, Marmar dengizining g‘arbiy soxilini va Dardanellani o‘z ta’sir doirasiga kiritmoqchi edi. Avstro - Vengriyaning tarkibiy qismi Galitsiyani bosib olish xam Rossiyaning rejalariga kiritilgandi.

German qo‘mondonligi o‘zi uchun qulay kelgan sharoitlarga asoslanib, “yashin tezligidagi urush” - “blitskrig” ga yoki “SHliffen rejasi” ga tayandi. Rejada dastavval betaraf Belgiya xududlari orqali Fransiyaga bostirib kirish ko‘zda tutilgandi. Fransiya tor - mor etilganidan so‘ng Rossiyaga yopirilmoq rejalashtirilgandi. Germaniya Avstriya - Vengriya bilan birgalikda xal qiluvchi zarbani shu erda bermoqchi edi.

Nemislar, Belgiyaliklarning qarshiligini engib o‘tib, 1914 yilda tez orada Fransiya - Belgiya chegarasiga chiqdilar. Parij xavf ostida edi. Biroq voqealarning borishi german qo‘mondonligining rejalarini o‘zgartirib yubordi. Rus qo‘shinlarining SHarqiy Prussiyadagi faolligi, nemislarning yirik kuchlari orqada qolgan qal’alarni qamal qilish bilan ipsiz bog‘lanib qolganligi, Marna daryosi yonidagi jang ( 5 – 9 sentyabr 1914 y. ), Polsha va Germaniyadagi shiddatli janglar “blitskrigning” barbod bo‘lishiga olib keldi.

Italiya xukumati Antanta tomonida turib urushga kirishga qaror qildi. Buyuk davlatlar urushdan so‘ng Bolqondagi bir qator erlarni Italiyaga beradi deb umid qilgan Italiya davlati 1915 yilning may oyida Avstro - Vengriyaga urush e’lon qildi.

1915 va 1916 yillarda urush o‘ta raxmsizlik va ulkan talafotlar bilan olib borildi. SHarqiy frontda rus qo‘shinlariga qarshi Avstro - Vengriya armiyasining katta qismi va saralangan german qo‘shinlari urushayotgan bo‘lsa, g‘arbiy frontda esa Fransiya va ingliz armiyasi nemislarga qarshi turardi. Ikki frontda urush olib borish Germaniya uchun tez orada mag‘lubiyatga uchrash bilan teng edi. SHuning uchun Germaniya raxbariyati va bosh shtab Antantaga kiruvchi mamlakatlarni bir - birovidan ajratib yuborishga qaror qabul qildi. SHarqda xarbiy g‘alabalarga erishish orqali Rossiyani separat sulx (ittifoqdoshlar bilan kelishmay tuzilgan sulx; bir tomonlama sulx ) to‘g‘risida muzokaralar olib borishga majburlash mo‘ljallangandi. SHunga asoslanib, Germaniya 1915 yilda xarbiy xarakatlar og‘irligining markazini sharqqa olib o‘tdi. 1915 yil 2 mayda nemislar Gorlitsa va Tarnovo oralig‘ida rus frontini yorib o‘tdilar. Iyul oyida ular Polsha va Litvada katta xujum boshladilar. Avgustda Varshava ishg‘ol etildi. Biroq rus qo‘shinlari nemislarning siljishini to‘xtatishdi. Rossiyani separat sulxini tuzishga majburlash imkoni bo‘lmadi.

1915 yilda G‘arbiy frontdagi xarbiy xarakatlar SHampani, Artua va Flandriyada nemislarning xujumlarini Antanta tomonidan qaytarishi bilan ifodalanardi. Germaniya “suv osti urushi” yordamida Antantani tiz cho‘ktirishga urindi. “Luzitaniya” deb nomlangan ingliz kemasining cho‘ktirlishi oqibatida ko‘plab AQSH fuqarolari xam xalok bo‘lgan edi. AQSH va boshqa mamlakatlarning qat’iy noroziligi natijasida german qo‘mondonligi passajir ( yo‘lovchi ) kemalariga faqat ogoxlantirishdan so‘ng xujum qilishni buyurdi.

1916 yilga kelib urushning cho‘zilib ketishi Germaniyani muqarrar xalokatga olib kelishi german qo‘mondonligiga mutlaqo ravshan bo‘lib qolgandi. Boshi berk ko‘chadan chiqib ketishi yo‘lini izlagan nemislar xal qiluvchi zarbani g‘arb tomon olib o‘tishga qaror qilishdi. Bunday zarba beriladigan joy sifatida fransuzlar mudofaasining muxim bo‘g‘ini sanalmish Verden tanlab olindi. 1916 yil 21 fevralda boshlangan va o‘sha yilning oxirida yakunlangan “Verden qirg‘ini” zaxiradagi ko‘plab diviziyalarni yutib yubordi va german qo‘mondonligining xisob - kitoblarini oqlamadi.

May oyida Avstro - Vengriya Trentino yo‘nalishida xujumni amalga oshirdi va italyan armiyasini mag‘lubiyatga uchratdi. Antanta Rossiyadan yordam so‘radi. 1916 yil 3 - 4 iyunda general Brusilov qo‘mondonligidagi janubi - g‘arbiy front qo‘shinlari Avstro -Vengriyaga qarshi katta xujum boshladi. Ular Lutsk, CHernovsы va boshqa shaxarlarni egallashdi. Tarixga “Brusilov yorib o‘tishi” nomi bilan kirgan bu jang I jaxon urushining eng yorqin xodisalaridan biri bo‘ldi. Ushbu yorib o‘tish ingliz - fransuz armiyalari Somma daryosida boshlagan ( 1916 y. 1 iyul ) qayta xujum uchun zamin yaratib berdi. Somma daryosidagi jang noyabrgacha davom etdi va xarbiy xarakatlarning umumiy ko‘rinishiga kam ta’sir etdi.

Ikki yarim yil davomida olib borilgan janglar biror tomonga xal qiluvchi ustunlikni keltirmadi. Kurashni davom ettirish istiqbollari Germaniya uchun qayg‘uli ko‘rinish kasb etaverdi. Angliya va uning ittifoqchilari nafaqat barcha german mustamlakalarini egallashdi, balki yanada shiddatli tarzda dengiz qamali siyosatini olib borishdi. 1916 yilning oxirida Germaniyaning axvoli “g‘oyat og‘ir va deyarli chorasiz” deb baxolanardi. Ushbu sharoitlarda 1916 yilning 12 dekabrida kansler Betman reyxstagda “sulxparvar” bayonot bilan chiqdi. SHunga o‘xshash takliflarni AQSH prezidenti Vilson xam ilgari surdi. Ammo Antant mamlkatlari Betman va Vilson bayonotlari asosida xar qanday muzokaralarni boshlashni rad etishdi.

Natijada, 1917 yilning baxoriga kelib sulx tuzish to‘g‘risidagi muzokaralar boshlanmadi, urushning ko‘lamlari esa kengayib bordi. 1917 yil 6 aprelda AQSH Germaniyaga urush e’lon qildi. German suv osti kemalarning Amerika kemalariga xujumlari bunga baxona bo‘ldi. AQSH ning Germaniya bilan ziddiyatlari Antanta bilan ziddiyatlarga nisbatan chuqurroq bo‘lganligi va nemislarning g‘alabasi Antantaning g‘alabasiga qaraganda Amerika manfaatlariga ko‘proq ziyon etkazishi urushga kirish uchun asosiy sabab edi.

AQSH dan so‘ng Kuba, Panama, Braziliya, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Peru, Urugvay, Kosta - Riko va Gaiti Germaniyaga urush e’lon qilishdi. 1917 yil 17 avgustda ittifoqchilar tomonida turib, Xitoy xam urushga kirdi.

Biroq, 1917 yilda Rossiyada ro‘y bergan inqilobiy voqealar ushbu mamlakatni urushdan chiqishiga sabab bo‘ldi. Rossiyaning sovet xukumati juda og‘ir shartlar asosida Germaniya va uning ittifoqchilari bilan Brest - Litovsk shartnomasini (1918 y.) imzoladi. Rossiyaning urushdan chiqishi bilan Germaniya oldida faqat g‘arbiy front qoldi.

1918 yilning mart oyida nemislar xujum boshlashdi. German qo‘shinlari yirik taktik muvaffaqiyatlarga erishdilar, ittifoqchilarning mudofaasini yorib o‘tishdi va iyun oyida Marna daryosi qirg‘oqlariga yana bir bor chiqishdi. Parij o‘qqa tutildi. Biroq, fransuzlar iyul oyida general Fosh qo‘mondonligi ostida qayta xujumni tashkil etishdi. Tashabbus Antanta qo‘liga o‘tdi.

Germaniyaning ittifoqchilari, ichki ziddiyatlar natijasida tang axvolga tushib qolib, urushdan chiqishdi. 29 sentyabrda - Bolgariya, 30 oktyabrda Turkiya taslim bo‘lish to‘g‘risidagi shartnomani imzolashdi. 1918 yil 3 noyabrda Gabsburglar generalitetining vakillari Antantaga taslim bo‘lishdi. Imperiya tarkibiy qismlarga bo‘linib ketdi. CHexlar, xorvatlar, serblar, slovenlar va vengrlar oktyabrda o‘z mustaqilligini e’lon qildilar. 5 oktyabrda Germaniya “Vilsonning 14 bandi” asosida muzokaralar boshlashga rozi ekanligi xaqida bayon qildi. 3 noyabrda Germaniyada inqilob sodir bo‘ldi. Kayzer Vilgelm II ag‘darilganidan so‘ng Germaniyaning yangi xukumati urushni to‘xtatishga qaratilgan muzokaralarni yakunlashga shoshildi. 1918 yil 11 noyabrda Kompen o‘rmonida, marshal Foshning shtab poezdi turgan Retond stansiyasida Germaniya delegatsiyasi yarash axdini imzoladi. Bitim 34 moddadan iborat edi: German qo‘shinlarining 15 kun ichida Fransiya, Lyuksemburg, Elzas va Lotaringiyadan chiqib ketishi; Germaniyaning Brest - Litovsk va Buxarest shartnomalaridan voz kechishi; xarbiy aslaxa - anjomlarni g‘olib mamlakatlarga topshirilishi va boshq.



Birinchi jaxon urushi ( 1914 - 1918 yy. ) yakunlandi. Germaniya va uning ittifoqchilari mag‘lubiyatga uchradi.
Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish