5. Bog‘lanishlar va bog‘lanish reaksiya kuchlari
Fazoda istalgan tomonga harakatlana oladigan jism erkin jism deb ataladi.
Harakati biror bir sabab bilan cheklangan jism bog‘lanishdagi jism deyiladi.
Jismning harakatini cheklovchi sabab bog‘lanish deb ataladi. Bog‘lanishning
ta’sirini almashtiruvchi kuch reaksiya kuchi deyiladi [8].
Mexanikada bog‘lanishlar qattiq yoki elastik jismlar vositasida bajariladi.
Bog‘lanishni jismga bergan ta’sirini ekvivalent kuch bilan almashtirish
mumkin, uni bog‘lanish reaksiyasi deb aytiladi. Jismning bog‘lanishga ta’siri bosim
deb aytiladi [9].
Nazariy mexanikada bog‘lanishdagi jismning harakatini yoki muvozanatini
erkin jismning harakati yoki muvozanatiga keltirib tekshiriladi. Bu hol quyidagi
aksioma bilan ifodalanadi [8].
Do'stlaringiz bilan baham: