sirtning o`zaro tegib turgan nuqtasi orqaliо`tkazilgan umumiуnоrmal bo‘ylab
Xususan, jism qo‘zg‘almas tayanch tekisligiga tiralib tursa va ishqalanish
kuchi hisobga olinmasa, u holda normal reaksiya kuchi jism hamda tayanch
tekisliginingurinish nuqtasi orqali o‘tkazilgan umumiy normal bo‘ylab yo‘naladi
tekislikka (jism yoki tayanch tekisligiga) normal o‘tkazish mumkin bo‘lsa, reaksiya
1.10-rasm.
1.11-rasm.
2.
Jism qayish, zanjir, ip (yoki arqon) lar vositasida bog‘langan bo‘lsa (1.12-
rasm a, b, v), shuningdek vaznsiz qattiq sterjen orqali sharnir vositasida boshqa
jismga biriktirilgan bo‘lsa (1.13-rasm a, b), mazkur bog‘lanishlarning reaksiya
kuchlari qayish, zanjir, ip yoki vaznsiz sterjen bo‘ylab yo‘naladi.
1.12-rasm.
1.13-rasm.
3.Jism silindrik sharnir yoki podshipniklar vositasida bog‘langan bo‘lsa,
bog‘lanish reaksiyasi hamisha aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘ladi (1.14-rasm,
a).
Jismga bir qancha kuchlar ta’sir etsa, sharnir reaksiyasining miqdor va
yo‘nalishi noma’lum bo‘ladi.Bu holda noma’lum reaksiya 𝑅⃗ ni koordinata oqlari
bo‘ylab yo‘nalgan R
x
va R
y
tuzuvchilarga ajratiladi (1.14-rasm b).
1.14-rasm.
Jismning muvozanat shartlaridan R
x
va R
y
ni aniqlagandan so‘ng, sharnir
reaksiyasining moduli R quyidagicha topiladi:
𝑅 = √𝑅
𝑥
2
+ 𝑅
𝑦
2
(1.13)
Sharnir reaksiyasining yo‘nalishi esa, uning kosinuslari orqali aniqlanadi, ya’ni:
(1.14)
bunda
𝑖 , 𝑗 - koordinata o‘qlarining birlik vektorlari.
Texnikada ko‘pincha balka ko‘rinishidagj sistema qo‘llaniladi. Tayanchlarga
qo‘yilgan to‘sin balka deb ataladi. Agarda to‘sin A - qo‘zg‘almas sharnir va B
qo‘zg‘aluvchi sharnir vositasida bog‘langan bo‘lsa, sharnirlar reaksiyasi 1.15-
rasmdagidek yo‘naladi.
1.15-rasm.
1.16-rasm.
4. Sferasimon sharnir. Sferasimon sharnir bilan biriktirilgan jismlar A
nuqtadan o‘tuvchi ixtiyoriy o‘q atrofida hohlagan tomonga aylanishi mumkin. U
holda jismning A nuqtasi (1.16-rasm) qo‘zg‘almas bo‘ladi. Shu sababli, sferasimon
sharnirdan iborat bog‘lanishning reaksiya kuchi 𝑅⃗ , A nuqtaga qo‘yilgan bo‘lib, u
fazoning ixtiyoriy tomoniga yo‘nalgan bo‘lishi mumkin. Bu holda ham yuqoridagi
kabi - reaktsiya kuchining na modulini va
Axyz o‘qlari bilan tashkil etgan
burchaklarni oldindan aniqlab bo‘lmaydi.
Umumiy holda bunday bog‘lanish reaksiya kuchlarining yo‘nalishi noma’lum
bo‘ladi va ularni odatda koordinata o‘qlari bo`ylab R
x
, R
y
, R
z
tuzuvchilarga
ajratamiz. Sferik sharnir reaksiyasining miqdor va yo‘nalishi quyidagicha
aniqlanadi:
𝑅 = √𝑅
𝑥
2
+ 𝑅
𝑦
2
+ 𝑅
𝑧
2
;
cos(𝑅⃗
∧
, 𝑖 ) =
𝑅
𝑥
𝑅
, cos(𝑅⃗
∧
, 𝑗 ) =
𝑅
𝑦
𝑅
, cos(𝑅⃗
∧
, 𝑘
⃗ ) =
𝑅
𝑧
𝑅
,
] (1.15)
5. Vaznsiz sterjen. Agar sterjenning sof og‘irligi, u ko‘tarib turgan yukning
og‘irligidan bir necha marta kichkina bo‘lsa, bunday sterjen vaznsiz deb ataladi.
Faraz qilaylik muvozanatda bo‘lgan jismga vaznsiz sterjenlar A va B nuqtalaridagi
sharnirlar orqali (1.17- rasm, a) mahkamlangan bo‘lsin. U holda sterjenga faqat A
va B nuqtalarga qo‘yilgan ikkita kuch ta’sir etishi mumkin, agar jism muvozanatda
bo‘lsa, bu kuchlar o‘zaro muvozanatlashuvchi kuchlar sistemasini tashkil etib,
AB to‘g‘ri chiziq bo‘ylab (1.17-rasm a,b) yo‘naladilar. U holda ta’sir va aks ta’sir
qonuniga asosan sterjen jismga ham shu AB chiziq bo‘ylab yo‘nalgan kuchlar
bilan ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli vaznsiz sterjendan iborat bog‘lanishlarning
reaksiya kuchlari - N, sterjenning o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi.
1.17-rasm.
Agar bog‘lanish egri chiziqli vaznsiz sterjendan iborat bo‘lsa (1.17-rasm,
b),
u holda ham bunday sterjenning reaktsiyasi A va B nuqtalardan o‘tuvchi o‘q
bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. (12-rasm a dagi reaksiya vaznsiz sterjenning
siqilayotganligini belgilaydi, 12-rasm b dagi reaksiya vaznsiz sterjenning
cho‘zilayotganligini belgilaydi) [23].
Statika masalalarini yechishda, reaktsiya kuchlari aniqlanishlari zarur bo‘lgan
noma’lum kattaliklar hisoblanadilar. Ularni aniqlash orqali, ta’sir va aks ta’sir
qonuniga, asosan bog‘lanishga ta’sir etayotgan kuchning miqdori aniqlanadi, ular
esa o‘z o‘rnida konstruktsiyalarning mustahkamligini ta’minlashda foydalaniladigan
asosiy parametrlar bo‘lib hisoblanadilar [23].
Do'stlaringiz bilan baham: