Reja: Umumiy tushunchalar. Fanning maqsadi va vazifalari



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana20.07.2021
Hajmi0,86 Mb.
#124130
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-maruza ca3c3e4bebbcccd7256c6876b1605b59



1-MA’RUZA: UMUMIY TUSHUNCHALAR. KUCHLAR. STATIKA 

ASOSALARI 

 

Reja: 



1. Umumiy tushunchalar. Fanning maqsadi va vazifalari. 

2. Absolyut qattiq jism uchun qabul qilingan asosiy prinsip va farazlar. 

3. Jismlarning muvozanati va kuchlar haqidagi asosiy tushunchalar 

4. Statika aksiomalari. 

5. Bog‘lanishlar va bog‘lanish reaksiya kuchlari. 

 

Tayanch tushunchalar va atamalar: nazariy maxanika, kuch, mexanik harakat, 

moddiy  nuqta,  absolyut  qattiq  jism,  statika,  kinematika,  dinamika,  erkin  jism, 

bog‘lanish, bog‘lanish reaksiyasi. 

 

1. Umumiy tushunchalar. Fanning maqsadi va vazifalari 

Hozirgi  zamon  texnikasi  jadal  sur’atlar  bilan  rivojlanib  bormoqda  va 

muhandislarning  oldiga  yechilishi  muhim  bo‘lgan  qator  masalalarni  qo‘ymoqda.  

Bular asosan mexanik harakatlar va moddiy jismlarning o‘zaro ta’sirlariga bog‘liq 

bo‘lib, nazariy mexanika faniga taalluqli hisoblanadi. Fazodagi moddiy jismlarning 

bir-birlariga  nisbatan  holatlarini  vaqt  mobaynidagi  o‘zgarishlari  mexanik  harakat  

deb  ataladi.  Jismlarning  bir-birlariga  nisbatan  ko‘rsatgan  ta’sirlari  natijasida, 

ularning  harakatlari  yoki  ularning  geometrik  shakllarining  o‘zgarishi  (ya’ni 

deformatsiyalanishi)  o‘zaro  mexanik  ta’sir  deb  tushuniladi.  Jismlarning  o‘zaro 

ta’sirlarini  o‘lchaydigan  kattalikni  kuch  deb  ataladi.  Tabiatdagi  mexanik 

harakatlarga,  osmon  jismlarining  harakatlari,  Yerning  Quyosh  atrofidagi  harakati,  

Yer sirtining tebranishi, havo va dengiz oqimlari, molekulalarning issiqlik ta’siridagi 

harakatlari  va  h.k.  misol  bo‘ladi.  Texnikadagi  mexanik  harakatlarga  esa,  Yer 

ustidagi, suvdagi va havodagi transport vositalarining harakatlari, turli xil mashina 

va mexanizmlar qismlarining harakatlari, suyuqlik va gazlarning harakatlari va h.k. 

lar  misol  bo‘ladi.  O‘zaro  mexanik  ta’sirga  esa,  butun  dunyo  tortilish  qonuniga 

asosan  moddiy  jismlarning  o‘zaro  tortilishlari,  yopishib  (yoki  to‘qnashib)  turgan 

jismlarning o‘zaro bosimlari, suyuqlik va gazlar zarrachalarining o‘zaro ta’sirlari va 

h.k. misol bo‘lishi mumkin [23]. 

Nazariy  mexanika  fani  moddiy  jismlarning  o‘zaro  ta’sirini,  mexanik 

harakatning umumiy qonunlarini va muvozanat shartlarini o‘rganadi. 

Tabiatdagi  barcha  jismlar  materiyadan  iboratdir.  Nazariy  mexanikada 

materiyaning alohida fizik-kimyoviy xossalari e’tiborga olinmaydi. Materiya doimo 

harakatda bo‘lganligidan, uni vaqt va fazodan ajratib tasvirlab bo‘lmaydi. Nazariy 

mexanikaning  vazifasi  moddiy  jismlarning  vaqt  o‘tishi  bilan  fazoda  bir-birlariga 




nisbatan  qo‘zg‘alishlarni  o‘rganish  hamda  jismlarning  muvozanatda  bo‘lish 

hollarini tekshirishdan iborat [7]. 

Vaqt  o‘tishi  bilan  fazoda  moddiy  jismlarning  bir-biriga  nisbatan  o‘rin 

almashtirishi mеxanik harakat dеb ataladi.  

Jismning  barcha  xossalarini  hisobga  olgan  holda  sodir  bo‘ladigan  mеxanik 

hodisalarni nazariy va amaliy jihatdan tеkshirish juda murakkabdir. Shuning uchun  

mеxanikada moddiy nuqta va absolyut qattiq jism tushunchalari kiritiladi[8].  

Moddiy  nuqta -  kuzatilayotgan  sharoitda  kattaligi  va  shakli  ahamiyatsiz 

bo‘lgan harakati o‘rganilayotgan jism.  

Muayyan  jismni  moddiy  nuqta  deb  qabul  qilish  mumkin  yoki  mumkin 

emasligi  jismning  o‘lchamlariga  emas,  balki  masalaning  shartlariga  bog‘liq. 

Masalan, o‘rtacha radiusi 6371 km bo‘lgan Yer shari Quyosh atrofida o‘z orbitasi 

bo‘ylab  υ  =  29,75 km/s  dan  tezlik  bilan  harakatlanib,  bir  yil  davomida  bir  marta 

aylanib  chiqadi.  Yer  sharining  kattaligi,  shakli  va  uning  ichida  sodir  bo‘layotgan 

murakkab  jarayonlar uning orbita  bo‘ylab harakati o‘rganilayotganda  ahamiyatsiz 

bo‘ladi.  

Jism harakati tеkshirilayotganda uning ikkita nuqtasi orasidagi masofa doim 

o‘zgarmasdan qolsa, uni absolyut qattiq jism dеyiladi. Tabiatda absolyut qattiq jism 

yo‘q, har qanday jism oz bo‘lsa-da dеformatsiyalanadi. Agar bu o‘zgarish jismning 

o‘lchamlariga nisbatan juda kichik bo‘lsa, mеxanik harakatni tеkshirishda mazkur 

o‘zgarish e’tiborga olinmaydi.  

Nazariy  mеxanikaning  asosiy  qonunlari  kuzatish  va  tajriba  natijalariga 

asoslanadi[8]. 

Nazariy  mexanika  qo‘yilgan  masalalarning  qanday  nuqtayi  nazaridan 

tekshirishiga qarab, uch qismga bo‘linadi: statika, kinematika va dinamika. 



 

1.1-rasm. Nazariy mexanika boʻlimlari. 




Nazariy  mexanika  qadimgi  Yunonistonda  paydo  boigan  deb  hisoblanadi. 

Aristotelning  “Mexanik  muammolar”  asari  mexanika  bo‘yicha  yozilgan  eng 

qadimgi  asardir.  Asarning  markaziy  mavzusi  -  richag.  Bu  statikaning  kinematik 

yo‘nalishiga  tegishli.  Statikaning  geometrik  yo‘nalishi  Arximed  nomi  bilan 

bog‘liqdir.  Bu  davrdagi  kuchli  mexaniklardan  yana  biri  iskandariyalik  Geron 

hisoblanadi. Mexanika fanining rivojida Sharqning yetuk olimlari bo‘lgan Sobit ibn 

Qurra,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Abdulloh  Yusuf  al-Xorazmiy  va  Abu  Ali  ibn 

Sinolar salmoqli hissa qo‘shganlar. Nazariy mexanikada moddiy obyektlar sifatida 

moddiy nuqta va mexanik sistemalarolinadi [9]. 

Biz  o‘rganadigan  nazariy  mеxanika  G.Galilеy  (1564-1642)  va  I.Nyuton 

(1643-1727)  tomonidan  ta’riflab  bеrilgan  qonunlariga  asoslangan  bo‘lib,  klassik 

mеxanika  dеb  ataladi.  Klassik  mеxanikada  vaqt  va  fazo  jismlarning  harakatiga 

bog‘liq  emas  dеb qaraladi.  Shuningdеk,  jismning  massasi  uning  tеzligiga bog‘liq 

bo‘lmagan o‘zgarmas miqdor dеb olinadi.  

Klassik  mеxanikada  moddiy  jismlarning  harakati  uch  o`lchovli  Еvklid 

fazosiga  nisbatan  tеkshiriladi  hamda  fazoni  mutlaqo  qo‘zg‘almas  dеb  qaraladi. 

Harakat o‘lchoviga oid kattaliklar Еvklid gеomеtriyasi asosida olinadi.  

Xalqaro SI sistеmasida vaqt birligi qilib sеkund (s), uzunlik birligi uchun mеtr 

(m), massa birligi qilib kilogram (kg), kuch birligi uchun Nyuton (N) qabul qilingan 

[8]. 


Absolut  fazo,  zamon  va  vaqt,  kuch  va  massa,  inersial  sanoq  sistemasi, 

o‘zgaruvchan  tutash  muhitlar  haqidagi  tushinchalar  nazariy  mexanikaninga  sosiy 

tushunchalaridir.  Galiley  -  Nyuton  inertsion  qonuni,  inersial  sanoq  sistemasiga 

nisbatan harakat tenglamasi, ta’sir va aks ta’siming tengligi haqidagi qonun nazariy 

mexanikaning  asosiy  qonunlari  hisoblanadi.  Bu  qonunlardan  mexanik  sistema 

harakatini  tekshirishda  Lagranjning  birinchi  va  ikkinchi  tur  tenglamalari, 

Gamiltonning  kanonik  tenglamalari,  dinamikaning  umumiy  tenglamalari 

chiqariladi. Harakat ustivorligi (turg'unligi) nazariyasi, osmon ballistikasi va osmon 

mexanikasi - nazariy mexanikaning tadbiqiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohalaridir. 

Tabiatda ro‘y beradigan barcha o‘zgarishlar va hodisalar harakat deb ataladi. 

Harakat, aslida falsafaga tegishli bo‘lib dastlabki ta’rifini Ibn Sino bergan:  “nima 

bo‘lsa bo‘lsinki o‘zgarish bo‘lsa, u harakatdir”. Materiya harakatining eng sodda 

turi, jism holatining o‘zgarishidir, ya’ni moddiy jismlarning vaqt o‘tishi bilan fazoda 

bir-birlariga  nisbatan  qo‘zg‘alishlaridir.  Harakatning  bu  turi  mexanik  harakat  deb 

ataladi. Nazariy mexanika moddiy jismlar harakatining umumiy qonunlari haqidagi 

fandir.  

Xususan, agar jismning fazodagi holati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, bu holda 

jism  muvozanat  holatida  turadi.  Muvozanat  mexanik  harakatning  xususiy  holidir. 

Binobarin,  nazariy  mexanika  muvozanat  qonuniyatlarini  ham  o‘rganuvchi  fandir. 




Harakat va muvozanat tushunchalaridan ulaming nisbiyligi haqida xulosa chiqarish 

mumkin [9]. 

Mexanika  fani  matematika  fani  singari  qadimiy  fan  hisoblanadi.  Nazariy 

mexanikada  izlanishning  matematik  usullari  keng  tadbiq  qilinadi.  Jismning  holati 

boshqa qo‘zg‘almas deb olingan jismga biriktirilgan koordinata sistemasiga nisbatan 

vaqt  o‘tishi  bilan  o'zgaradi.  Tabiatda  harakatsiz  mavjud  emas,  binobarin 

qo‘zg‘almas sanoq sistemasi ham mavjud emas. 

Odatda,  ko‘pgina  muhandislik  masalalarini  hal  qilishda  (kosmik  uchlar 

masalasi  bundan  mustasnodir),  yerni  qo‘zg‘almas  deb  qaraladi.Shuning  uchun, 

keyinchalik,  agar  alohida  ta’kidlanmasa,  Yerga  bog‘langan  sanoq  sistemasi 

qo‘zg‘almas deb qabul qilinadi. Hozirgi zamon “Nazariy mexanika” fanining asosiy 

qonunlarini  1687-yilda  mashhur  olim  Isaak  Nyuton  o‘zining  “Tabiiy  fanlar 



falsafasining  matematik  asoslari”  nomli  asarida  bayon  qilib  bergan.Shuni 

ta’kidlabo‘tish  kerakki,  bu  qonunlar  Arximed,  G.Galiley  hamda  boshqa  buyuk 

olimlaming kundalik kuzatishlari va izlanishlarining natijasidir. 

Nazariy  mexanika  fanining  rivojlanishi  davomida,  undan  ko‘pgina 

muhandislik  fanlari  mustaqil  fan  bo‘lib  ajralib  chiqdi.  Masalan:  materiallar 

qarshiligi, inshootlar nazariyasi, suyuq va gazsimon jismlar mexanikasi, mashina va 

mexanizmlar  nazariyasi  va  boshqalar.  Bu  fanlar  nazariy  mexanika  qonunlariga 

tayangani holda mustaqil fanlar tarzida shakllandi. 

Hozirgi  zamon  mexanikasining  tez  sur’atlar  bilan  taraqqiy  etishi,  texnikani 

rivojlantirishda ijodiy ishlashga qodir boigan yuqori malakali muhandis xodimlarga 

muhtojlikni  oshiradi.  Hozirgi  zamon  muhandislari  o‘ta  murakkab  hisob  ishlarini 

bajarishlari  darkor,  masalan:  inshoot  muvozanatlariga  oid  (ko‘p  qavatli  binolar, 

ko‘prik  va  boshqalar),  mashina  va  mexanizmlar  harakatiga  oid  hisob-kitob 

ishlari.Bunday masalalarni yechishga faqat “Nazariy mexanika” qonun-qoidalarini 

chuqur o‘rgangan muhandislargina qodirdirlar [9]. 

 


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish