Germenevtika (yun. hermeneutikos – izohlash, talqin etish) – 1) matnlarni tahlil qilish nazariyasi va amaliyoti; 2) hozirgi zamon falsafasi oqimlaridan biri bo‘lib, tarixiy-falsafiy fan doirasidagi matnlarni nazariy asoslovchi va metodologik tushuntiruvchi soha. Germenevtika fan sifatida 18 asrda paydo bo‘ldi. (G.F.Mayer, X.Volf, A.Bek, F.Net) va b. asos solgan). Germenevtika tahlil qilishning umumiy nazariyasi sifatida F.Shleyermaxer, Diltey (1823-1911) tomonidan gumanitar biliishning metodologik sosi sifatida maydoga tashlangan. Ularning fikricha, Germenevtika adabiyo yodgorliklar va yozma manbalarning hayotda namoyon bo‘lishini tahlil qiladi. Biroq ayrim tadqiqotchilar bu yo‘ldan qoniqish hosil qilmasdan, matnni lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilib, Shleyermaxer yo‘lidan bordilar. Bu yo‘nalishni bugungi kunda P.Ssioidi va b. “adabiy germenevtika” sifatida davom ettirmoqdalar. Germenevtikani bir butun tushuncha sifatida matnni immanent tushunishda qo‘llamoqdalar. Ular matnni tarixiy-genetik tushunishdan farqladilar. Germenevtika matnni o‘z-o‘zicha ma’nosini o‘zgartirmasdan tushunish, uning ijtimoiy-iqtisodiy “sababi” yoki madaniy-tarixiy “ta’sirini” tushunish lozimligini ta’kidlaydi. Biroq uning ma’nosini aniqlash “tushunish” va “m’no”ning birligini bildirmaydi. Shunga ko‘ra, ular to‘g‘risida keskin munzara ketdi. Germenevtikani tahlili qilish metodi sifatida falsafa doirasiga kiritishga qarshi chiqdilar. Falsafiy Germenevtikani an’anaviy Germenevtikadan farqlash lozim. Bugungi kunda Germenevtikani fenomenologiya falsafasi bilan o‘rganilyapti. Sub’yekt-ob’yekt dixatomiyasini maydonga tashlagan klassik gnoseologiyaga qarshi Gusserl ong predmetdan, predmet ongdan ajralgan emas, degan g‘oyayani ilgari surdi. Fenomenologiya nuqtai nazaridan birlamchi bo‘lgan ong, (tafakkur) tabiati ham, materiya ham emas, balki insonnng “hayotiy dunyosi”dir. Ong ana shu hayotiy dunyoning tarkibiy qismi, uni tahlil qiladigan, tushinib yetadigan tomoni. Biroq Gusserlikning fikricha, ong refleksiga nisbatan tahlil qilish birlamchidir. O‘z-o‘ziga e’tibor bergandagina ong o‘z mazmunini tahlil qilishga kirishadi. Xaydegger o‘zining “Borliq va zamon” asarida Gusserlning transsendental fenomenologiyasini erkinlashtirdi. Uning inson borlig‘i bilan shartlanganligini ko‘rsatib beradi. Borliqning ma’nosini (inson borlig‘ini) o‘rganishda, e’tibor uning ontologiyasini bilishga qaratilgan bo‘lishi kerak, deydi. Gusserl inson borliqning fenomenologiyasidir, deydi. U inson borlig‘ining ontologik o‘lchamidir. Bu-inson borlig‘ining fundamental ta’rifi, tushunish, tahlil qilish orqali reallashadi. Shuning uchun inson borlig‘i avval boshdan “germenevtik”dir. Tahlil qilish, tushunish asosida inson o‘z borlig‘ining tub asosini reallashtirib boradi. Germenevtika inson borltg‘ini, mohiyatini anglashning shart-sharoiti, uning ontologiyasini tushunishning metodologiyasidir. Gadamerning fikricha, matnni tushunish hech qachon ohiriga yetmaydi. Gadamerning bu fikri adabiyot sohasidagi germeniyevtikaga kuchli ta’sir o‘tkazdi. Xabermas Germenevtikaning universalligi haqidagi ta’limotini maydonga tashladi. U Germenevtikaning ratsional-tanqidiy tomonlarini tahlil qildi. Xabermasning fikricha, Germenevtika “yolg‘on ong”ni tanqid qilishda, kommunikatsiya shaklini buzishga qarshi qaratilgan quroldir. Rikker Germenevtikaning ilmiy bilishdagi rolini ko‘rsatib beradi. Tushunish va anglash bir-biriga qarama-qarshi emas, balki bir-biri bilan uzviy bog‘liq, deb hisobladi. Shu bilan Gadamer Germenevtikaning bilish tomonini ikkinchi o‘ringa surib qo‘ygani uchun tanqid qiladi. Germenevtika qo‘shimcha strukturali-semantik tahlil qilinishi kerak, deb hisobladi. Rikkertning “Germenevtik sistema” asari Yevropa va Amerkada keng yoyildi. M.M.Baxtin fikricha, tushunishda ikki ong, ya’ni, ikki sub’yekt qatnashadi. Tushuntirishda esa bir ong, ya’ni, bir talqin sub’yekti o‘zini namoyon qiladi. G‘arb olimlari uchun tarixda “Injil” matnini tushuntirishda Germenevtika qo‘l kelgan. Qur’oni karim tafsirlari hamda hadisi sharif sharhlariga o‘ziga xos Sharq Germenevtikasi Sharq xalqlari madaniyati tarixida ilmiy-falsafiy hodisa sifatida qaraladi. Zotan, metodologik jihatdan tafsirlarda nimani qanday tushuntirish aniq belgilab olingan. Shu bois, ular fiqhiy, lug‘aviy, aqliy, tarixiy, mutasavviflarning tafsirlari kabi turlarga bo‘lingan. “Tafsir” so‘zi ham lo‘g‘aviy jihatdan “tushuntirish”, “talqin etish” ma’nolpriga mos keladi.8
Do'stlaringiz bilan baham: |