Innovatsiya tushunchasi va uning tahlili. “Innovatsiya” so‘zi ingliz tilidan kelib chiqqan, uning tarjimasi yangilanish, о ‘zgartirish, yangilik kiritish degan та’noni bildiradi. Innovatsiya fenomeni o‘zining evristik asosiga ko‘ra, birinchidan, yangilikka yo‘nalgan, ya’ni madaniyat yangiliklarini ochishga qaratiladi, ikkinchidan, u ijtimoiymadaniy hodisa sifatida madaniyatning bugungi kunini ham aks ettiradi. Innovatsiya subyektning kreativ-nazariy va predmetli amaliy faoliyatining mahsuli sifatida ham talqin etiladi. I.T.Balabanov ta’kidlashicha, “Innovatsiya - yangi texnika yoki texnologiya, mehnat ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqaruv, shuningdek, nazorat, hisob-kitob, rejalashtirish uslublari, tahlil va boshqalami tashkil etishning yangi shakllariga mablag‘ kiritish orqali erishilgan moddiy lashgan natijadir”9.
Zamonaviy adabiyotlarda innovatsiya jarayonining uch komponenti mavjud. Bulardan birinchisi, subyektli, kreativ (ijod), amaliy (mehnat) komponentlar alohida o‘rganiladi. Jumladan, ma’lum bo‘ladiki, hozirgi kunda ijod madaniyatida mehnatning ahamiyati ortib, u kreativ xarakter kasb etmoqda, yangilikni obyektivlashning ijtimoiy madaniy modeli sifatida innovatsiya namoyon bo‘lmoqda. Chunki zamonaviy ijtimoiymadaniy ijodning o‘ziga xosligi kommunikativ innovatsiyalar bilan belgilanadi. Uning madaniyatda keng qo‘llanilishi esa ijtimoiy-madaniy tizimning virtuallashuvi va globallashuviga olib, keladi. Bugun innovatsiya texnikaviy-iqtisodiy chegaralardan o‘tib madaniyatning turli jabhalarida ham keng qoilanilmoqda. Bu holat ilmiy-ijodiy faoliyat mahsuli bo‘lgan fanda ham yorqin namoyon bo‘lmoqda.
Hozirda innovatsiyaga ilmiy-tadqiqot faoliyatining bosh manbai sifatida qaralmoqda. Maiumki, innovatsiya murakkab ijtimoiy-madaniy fenomen. Innovatsiya ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida madaniyatning barcha tendensiyalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shuningdek, innovatsiya yangilikka yo‘naltirilgan fenomen sifatida o‘zi bilan madaniyat kelajagini belgilab beradigan evristik g‘oyalarga asoslanadi.
Ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi innovatsiyalarga maxsus to‘xtaladigan boisak, ularsiz ilmiy tadqiqotlami tasavvur qilish mumkin emas, chunki ular takrorlanmaydigan hodisalar sifatida namoyon boiadi. Shu ma’noda, ulaming sabablari yetarli darajada aniqlanmagan boiib, biror nima uchun emas, har doim ham emas, katta qismi bo‘yicha ham emas, biror qonun bo‘yicha ham emas, faqatgina ulaming evristik xususiyatidan kelib chiqib baholash mumkin. Shuning uchun ham U.Uevell: “Oldingi haqiqatlar quvilmaydi, rad qilinmaydi, balki kengaytiriladi va har bir fan tarixi - haqiqatdan novatsion xarakterga egadir”10, deb yozadi. Biroq Dyugel taxminicha, fan bo‘sh joyda paydo boimagan ko‘p hollarda yangi ilmiy g‘oya, albatta, o‘z manbasiga ega boigan, ya’ni fandagi har bir yuksalish undagi an’anaviy ilmiy g‘oyalar bilan bir qatorda, yangidan-yangi innovatsiyalar va novatsiyalar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan. Umuman olganda, innovatsiya bilan ilmiy-ijodiy faoliyat asosida qoiga kiritilgan yutuqlami biroz o‘zgartirish mumkin. Ammo ulami mutlaqo rad qilib ham boimaydi, ya‘ni turli doiradagi innovatsiya va novatsiyalar asosida yangi gipotezalar paydo boiadi. Ammo biz fan rivojida sekin va ketma-ket o‘zgarishlar boiganligini ham inkor qilolmaymiz. Darhaqiqat, ko‘pgina fan yutuqlari ulardan oldin mavjud boigan nazariya yoki gipotezalarga tayanmagan. Bu jarayon ayniqsa, “vaqtidan ilgari” paydo boigan ilmiy kashfiyotlarga taalluqlidir.
Innovatsiya ilmiy-tadqiqot faoliyatining mavjud shakl va usullarini yangilashga, ulami amalga oshirish uchun yangi maqsad va vositalar yaratishga qaratilgan aradigmal faoliyatdir. U olimning butun salohiyati rivojlanishi, har qanday, hatto, kutilmagan holatlarga ham tayyor turishi, yangi vaziyatlarga tez moslasha olishi uchun ham muhim shart-sharoit yaratib beradi11 . Ilmiy-tadqiqot faoliyati to‘g‘risidagi zamonaviy qarashlarda ko‘proq uning innovatsion komponentlariga alohida e’tibor berilmoqda. Shuning uchun ham hozirda ijodiy faoliyat deganda, insonning yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlar yaratishga qaratilgan va ijtimoiy ahamiyatga yo‘naltirilgan innovatsion faoliyat usuli tushunilmoqda. Ayni shu ma’noda, ijodning maxsus shakli bo‘lgan ilmiy ijod ham o'ziga xos innovatsion xarakterga ega. Uning asosiy vazifasi esa hodisalaming real imkoniyatlari va predmetlariga yangilik kiritish orqali namoyon bo‘ladi.
Hozirgi davrda respublikamizda ilmiy-tadqiqot faoliyatining rivojlanish holati va undagi strukturaviy о 'zgarishlar innovatsion faoliyat bilan chambarchas bog'liq. Ayniqsa, fanning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga yangilik kiritishda innovatsiyalaming o‘mi beqiyos hisoblanadi. Bu har yil o‘tkazilayotgan innovatsion g‘oya va texnologiyalar yarmarkasida ishtirok etayotgan ishlanmalar taqdimotida o‘z ifodasini topmoqda. Sh boisdan ham mamlakatimizda fan, texnika taraqqiyotini ta’minlash maqsadida innovatsion muhitni shakllantirish hamda doimiy ravishda evristik faoliyatni rag‘batlantirib borish muhimdir.
Innovatsiya deb yangi ilmiy texnik yutuqlardan samarali foydalanishga aytiladi. Bu holatni ilmiy-ijodiy faoliyatdagi muhitga muvofiqlashtirish, uning samarasini oshirish respublikamizdagi fan imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga katta yordam beradi. Bu jarayonda asosiy e’tibor yosh avlodning eng ratsional faoliyatiga qaratiladi. Chnki innovatsion g'oyalar jamiyat taraqqiyoti uchun juda kuchli samara beradi. Bunday g‘oyaiami rivojlantirishda novatorlikning o‘mi katta. Chunki aynan novatorlik asosida ilmiy-ijodiy faoliyat olib borishning yangi tipik ko‘rinishini shakllantirish mumkin. Bu holat yangi g‘oya, nazariya yoki paradigmada biror xil yangilik ustuvor bo‘lganda sodir bo'ladi. O'z ilmiy yangiliklari asosida novator shu paytgacha mavjud bo‘lgan nazariyalami tubdan o‘zgartirib yuboradi va asosiy vazifasi esabunday yangi g‘oyalami amaliy hayotga tatbiq etishdan iborat bo‘ladi.
Bunda, u eng avvalo, o‘z ixtirolari yoki yangi g‘oyalarini amalga oshirish uchun barcha to‘siqlami yengib o‘tishga harakat qiladi. Ikkinchidan, o‘zi fanga olib kirgan yangiliklardan boshqa olimlar ham foydalanishlari uchun imkon yaratadi. Uchinchidan, samarasiz ilmiy g‘oyalardan voz kechishga undaydi. To‘rtinchidan, innovatsion g‘oyalar va shu kungacha mavjud boigan konstruktiv g‘oyalar bilan mutanosib rivojlanishi mumkinligiga undaydi.
Dastlab adabiyotlarda innovatsiya iqtisodiy tadqiqotlar tizimida o‘rganilgan. Vaqt o‘tishi bilan innovatsion o‘zgarishlar jamiyat hayoti faoliyatining hamma sohalarida sifat ko‘rsatkichlarini baholashda qoilaniladi. Shu bois bu innovatsiyalar faqatgina iqtisodiyotda qoilanilishi haqidagi fikr noto‘g‘ri ekanligi asoslandi. Ilmiy-tadqiqot faoliyatida innovatsiyalarning joriy qilinishi zamonaviy yutuqlardan foydalanishga keng imkoniyat yaratadi. Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga innovatsion yondashuv yangi kashfiyotlar mazmuni, tarkibi va tasnifini tekshirish, natijalarini tahlil qilish imkonini beradi.
Itmovatsion asosga ega boigan ilmiy-tadqiqot faoliyatda olim o‘zi tadqiq etayotgan obyektning mikrostrukturasini o'rganib olish bilan bir qatorda, unga yangilik kiritish bilan mashg‘ul boiadi. Bu holatda yangilik yaratilishi uning ijro etilishi bilan uzviy bogiiq boiadi. Mazkur jarayon fanda ilmiy-ijodiy faoliyatdagi “Yangilik bosqichi” deb ataladi. Evristik asosga ega boigan ilmiy-tadqiqot faoliyatida biron-bir yangi g‘oyaning kashf etilishi vaqti alohida ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda g‘oyalar mustahkamlanib boradi. Natijada esa, bu yangi g‘oyalaming tarqalishi tezlashib, ulaming yangi sohalarga diffiiziyalanib (qo‘shilib) ketish hodisasi yuz beradi. “Bunday faoliyatning eng e’tiborli jihati shundan iboratki, unda yangi samarali g‘oya yoki paradigmalaming paydo boiishi yoki uning yanada yangi samarasiga o'rin almashishi bilan yakunlanadi”12.
Do'stlaringiz bilan baham: |